III. Yangi mavzuni tushuntirish. Bugun biz sizlar bilan “Toshkent – O‘zbekiston poytaxti” matni bilan tanishamiz. Matn o‘qilib, mazmuniga mos video lavhalar namoyish qilinadi. Matn asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi.
Suhbat uchun savollar:
Toshkentdan qanday savdo karvon yo‘li o‘tgan?
Toshkent shahri nimasi bilan odamlarni o‘ziga jalb qiladi?
Poytaxtimiz metrosi nechta bekatdan iborat?
O‘quvchilar bilan lug‘at ustida ishlanadi.
Lug‘at ishi. buyuk ipak yo‘li – savdo karvoni yo‘li
meros – vorisga qoldiriladigan mulk
metro – yer osti temir yo‘li
Dam olish daqiqasi. “Vatan” haqidagi qo‘shiqlardan foydalanib tashkil qilinadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash “Ichda o‘qish” usuli.
Matnni o‘quvchilar ichida o‘qiydi.
-Bolajonlar, matn necha qismdan iborat ekan?
Guruh a’zolari matn qismlariga sarlavha tohib, matnni qayta hikoya qiladilar.
Darslikda berilgan maqol va topishmoqlar ustida ishlanadi.
“Davomini top”o‘yini o‘tkaziladi.
Maqollarni bir ustunga bir qismi, ikkinchi ustunga ikkinchi qismi berilgan. Mosini topib maqollarni tuzadilar va o‘qiydilar.
Guruhlarga berilgan savollarga “Klaster”
Darslikda berilgan savollarga javob berish.
1. Matndan Toshkent haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Toshkentdagi bog‘lar haqida so‘zlab bering.
Shu yerda o‘qituvchi guruhlar hududida yaratgan gulzorlarga e’tibor beradi. Qaysi gurugda gullar ko‘p. shu guruglar rag‘batlantiriladi. Gullar yanada yashnashi uchun ularga nimalar kerak? Quyosh, yo‘mg‘ir. O‘qituvchi chiroyli chizilgan quyosh rasmini doskaning bir chetiga ilib qo‘yadi.
V. Darsga yakun yasash va baholash. O‘quvchilarning yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
- Darsimizda nimalarni bilib oldingiz?
- Toshkent shahrining qayerlarida sayohatda bo‘ldik?
-Guruhingi hududini gulzorga aylantirishda qaysi guruhning gulzorida gullar ko‘p. Guruhlar ishini yakunlash. Shu o‘rinda maktabni, uyimizni, shahrimizni obodonlashtirishga qanday hissa qo‘shishimiz mumkinligi haqida ham tushuncha berish mumkin.
O‘quvchilar darsga faol ishtirok etishlariga ko‘ra baholanadi.