An’anaviylik. An’ana deganda, uzoq vaqt davomida xalq tajribasidan o’tib odat tusiga kirgan tadbir yoki amal tushuniladi. Xalq og’zaki ijodidagi an’anaviylik bir necha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.
Jumladan:
folklor asarlarining og’zaki tarzda yaratilishida (bu haqda og’zakilik yuzasidan fIkr yuritilganda ma’lumot beriladi);
b) og’zaki ijod asarlarining matnida;
d) mazkur asarlaming ijrosida.
Xalq yaratgan asarlarning matni janrlarga ko’ra uzoq muddat davomida doimiy ravishda takrorlanib turadigan qismlarga ega. Ertaklaming boshlanishi, yakunlanishi, xalq dostonlaridagi qahramonlaming ot egarlashi, poygada qatnashishi, dushman bilan jang olib borishi kabi lavhalari asardan asarga ijrochining ixtiyori va mahoratiga ko’ra ko’chib o’taveradi. Undan tashqari, doston va ertaklarda ko’pincha takrorlanib turadigan farzandsizlik, farzandga ega bo’lish, shartning buzilishi, safarga chiqish, turli to’siqlarni bosib o’tish ham an’anaviylikka xosdir.
Variantlilik va versiyalilik. Biasarning syujet va kompozitsiyasida muhim o’zgarishlar bilan bir necha nusxalarga ega bo’lishi xalq og’zaki ijodidagi variantlilik xususiyatini hosil qiladi. Avvalgi mavzularni bayon qilishda biz og’zaki ijod namunasiga ijrochi o’z dunyoqarashini, ijod usulini, kasb-kori xususiyatlarini singdirishi haqida ma’lumot bergan edik. Bir asarni yoshi, yashash sharoiti, kasbi, tabiati, fe’l-atvori turlicha bo’lgan odam ijro qilganida shubhasiz, ijro etilayotgan asarda muhim, nomuhim o’zgarishlar bo’ladi. Jumladan, bir ijrochi qahramonlik voqealarini mukammalroq aytadi. Ikkinchi ijrochi ishq-muhabbat, sevgi lavhalarni ehtiros bilan ta’sirli qilib aytadi. Shuning ta’sirida bir asardagi qahramonlik, jasorat-mardlik bilan bog’liq qismlar mukammallik kasb etadi. Boshqa ijrochida esa aynan shu qismlar qisqaradi, ammo ishq-muhabbat lavhalari atroflicha, tafsilotlar bilan bayon etiladi. Folk1orshunoslar mashhur «Alpomish» dostonining o’ttizdan ortiq variantlari borligini qayd etganlar. Qo’shimcha ravishda aytish mumkinki, ba’zan bir ijrochining o’zi kayfiyatining haddan tashqari yaxshiligi yoki o’ta yomonligi oqibatida ham yangi variantni vujudga keltirib qo’yishi mumkin. «Alpomish» dostonini Fozil Yo’ldosh o’g’li, Ergash Jumanbulbul o’g’li, Po’lkan Jonmurod o’g’li va boshqa o’nlab baxshi-shoirlar ijro etganlar. Har bir ijroda baxshining bayon usuli, fe’li, hayot tajribasi o’z izini qoldirgan. Shuning uchun «Alpomish» dostonining Fozil Yo’ldosh o’g’li varianti, «Alpomish» dostonining Ergash Jumanbulbul o’g’li varianti degan tushunchalar vujudga kelgan.
Yozma adabiyotda ham variant tushunchasi bar, ammo yozma adabiyotdagi variantlilik juda torma’noni anglatadi. Xususan, agar «Alpomish», «Go’ro’g’li» dostonlarining xalq orasida yashayotgan o’nlab variantlari mavjud bo’lsa, yozma adabiyotda bir yozuvchi bir asami bir yoki ikki nusxadagina yozgani ma’lum. Chunki yakka ijodkorning o’zi yozgan asariga muhim o’zgarishlar kiritib yangi bir nusxada paydo qilishi imkoniyat jihatdan chegaralangandir. Shuning uchun adabiyotshunoslikda Said Ahmadrung «Ufq» romani «Sharq yulduzi» jumali variantida va kitob variantida nashrdan chiqqani qayd etilgan yoki marhum yozuvchi Yoqubjon Yakvalxo’jayevning «Qaytar dunyo» romanining «Yoshlik» jumali varianti va kitob varianti borligi ma’lum.
Ko’rinib turibdiki, xalq og’zaki ijodidagi variantlilik bilan yozma ijoddagi variantlilik ma’no jihatdan farq qilmasa ham amaliy jihatdan katta farqqa ega.