Kenjayev Zuhriddin


Sinf soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin



Yüklə 138,65 Kb.
səhifə5/7
tarix25.12.2023
ölçüsü138,65 Kb.
#196429
1   2   3   4   5   6   7
10-sinf-soati-2023-2024-oʻquv-yili-uchun-toʻliq

Sinf soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:

  1. Kirish;

  2. Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;

  3. Yakuniy qism.

Sinf soatlarda foydalahish uchunmavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noan’anaviy tarzda tashkil etish mumkin.

(Izoh: Taqdim etilayotgan Sinf soatlar dasturiga Umumta’lim maktablarining sinf rahbarlari metod kengashi qaroriga ko‘ra 15 % gacha o‘zgartirish kiritilishi mumkin.)


Tasdiqlayman”
Maktab MMIBDO‘ ___________________

Sinf soati” mashg‘ulotlarining 2023-2024-o‘quv yili-mavzu rejas


10-SINF





O‘tiladigan mavzular

Soat

Sana

Uyga vazifa

1.

“Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!”

1







2.

Vatan taraqqiyotiga mening hissam

1







3.

Stresslar va ularni boshqarish psixologiyasi (stress management)

1







4.

Ustoz otangdek ulug‘ (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).

1







5.

Mеn -o‘zgardim, Karyеra-Faoliyat.

1







6.

Ona tili-qalb ko’zgusi

1







7.

Halollik-eng muhim fazilat

1







8.

Nizolar va ularni boshqarish psixologiyasi (conflict management)

1







9.

Oila psixologiyasi va etikasi haqida tushunchalar

1







10.

Til bilgan el biladi (Rus tili fani oyligi doirasida).

1







11.

Befarqlik va uning oqibatlari

1







12.

Vatan oldidagi burch va mas'uliyat.

1







13.

Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati

1







14.

Zamonaviy mehnat bozori

1







15.

Eng buyuk jasoarat-ma'naviy jasoratdir

1







16.

Yangi yil muborak !(Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).

1







17.

Tinchlik uchun barcha mas'ul (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).

1







18.

Jahon axbort tarmog‘idagi tahdidlar! (Tarix fani oyligi doirasida).

1







19.

Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz.

1







20.

Kitob ma’rifat chirog’i

1







21.

Kiber makon va biz.
(matematika, informatika fanlari oyligi doirasida).

1







22.

To’siqlarni yengib o’tish

1







23.

Ayolga ehtirom!
(8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

1







24.

Buyuk mutafakkirlarimizning tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi (kimyo, biologiya fanlari oyligi doirasida).

1







25.

Milliy qadriyatlar va an’analarimiz
(21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).

1







26.

Amir Temur va jahon madaniyati.
(Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).

1







27.

Xalq amaliy san'ati – milliy boyligimiz (Tasviriy san’at, musiqa, mehnat fan oyliklari doirasida).

1







28.

Kiberxavfsizlikning asosiy shartlari

1







29.

Qarisi bor uyning farishtasi bor

1







30.

Xotira abadiy, inson qadri buyukdir (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan).

1







31.

Vaqt qadri

1







32.

Yoshlarning ota-ona, oila hamda mahalla oldidagi burch hamda majburiyatlari

1







33.

Men tanlagan kasb

1







34.

Mustahkam oila qurish bilim-ko’nikmalari

1







1-Mavzu: “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon !”
Darsning maqsadi:
Ta'limiy maqsad: o`quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish.
Sinf soati maqsad: Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish. Mustaqillik, erkinlik, O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi ta'lim: O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Darsning turi: Aralash.
Darsning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi:
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, "Vatan tuyqusi" darsligi, tarqatma materiallar, slaydlar.
Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Tarbiya" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.
Darsning texnik chizma:
Tashkiliy qism 5 daqiqa
O`quvchilarni faollashtirish uchun savollar 10 daqiqa
O`quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa
O`quvchilarni rag`batlantirish 5 daqiqa
Uyga vazifa 5 daqiqa
Qo`shimcha vaqt 5 daqiqa
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:

Vatanga bo`lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodir.
Tomirida milliy g`urur, Vatan ishqi jo`sh urmagan odamdan jasorat kutib bo`lmaydi.
Aziz o`quvchilar! O`z aqli zakovatingiz, bilim va tafakkuringiz, kuch-g`ayratingizga, tog`dek tayanchingiz Vataningizga suyanib, marrani katta oling. Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki!
Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g`alabangiz-yurtmiz g`alabasi O`zbekiston g`alabasidir!
Dars davomida o`qituvchi javob bergan o`quvchilarni fikrlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilmagan holda, to`qri yo`naltirib, rag`batlantirib borishi shart.
Ushbu darslar oddiy ma'ruzavozlikdan iborat bo`lmasligi, berilayotgan topshiriqlarni ko`proq amaliy tomonlariga e'tibor qaratilishi lozim.
Uyga vazifa sifatida sinflarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda "O`zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni" mavzusida erkin fikrlarini daftarlariga tushurib kelishlarini berish, yoki yuqori sinf o`quvchilariga bugungi kundagi ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning yoshlar hayotidagi o`rni haqida mustaqil ish yozishlarini taklif qilish mumkin.


Sana:
2-mavzu:Vatan taraqqiyotiga mening hissam
Kun shiori: “Vatanim tuprog`i muqaddas menga! ”
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikka qiziqishlarini uyg`otish, tabiatni e’zozlash kerak ekanligini singdirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyosh i, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi menda.
Chapar urib gullagan bog`in,
O`par edim, Vatan tuprog`in. ”
Hamid Olimjon
O`qituvchi: Vatan so‘zining ma’nosi bugungi kunda juda keng. Hozirgi vaqtda
vatan deganda faqat tug‘ilgan makonni emas, avvalo o‘zimiz yashayotgan, uning fuqarosi bo‘lgan mamlakatni tushunamiz. Inson tug‘ilgan, voyaga yetgan xonadon, mahalla, qishloq va shahar esa Vatan ichidagi kichik vatandir.

Aziz o‘quvchi, Vatanni anglash uchun uni chin yurakdan sevish,ona yurt tarixi, uning bugungi taraqqiyoti, odamlari, tabiati haqidako‘p narsalarni bilish lozim.


Vatanning aniq bir hudud bilan bog‘liq ekanini tan olmaydigan,
«Biz uchun butun yer yuzi – vatan», deb yashaydigan odamlar ilmfanda kosmopolitlar deb ataladi. Bunday zotlar aslida vatansizlik g‘oyasini targ‘ib qiladi. Bu g‘oya zararlidir. Vatanning nomi aytilishi bilan uning bag‘rida o‘tgan yillarimiz, ota-onamiz, qadrdon uyimiz esimizga tushadi, qalbimiz shirin histuyg‘ularga to‘ladi. Yurtimizning betakror tabiatini tomosha qilganda, uning boyliklaridan bahramand bo‘lganda, olis ellarda vatandoshlarimiz bilan
ko‘rishganda, ularning sport, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda
erishgan yutuqlarini eshitganda, beixtiyor quvonamiz. Vatan tuyg‘usi insonga ona allasi, bobolar o‘giti, otaning ibrati, oila, maktab tarbiyasi, ta’lim, ona tabiat bilan muloqot jarayonida singadi. Vatan tuyg‘usi og‘ir damlarda bizga kuch-quvvat beradi,xalqimizni, yurtimizni dunyoga tanitishga, ajdodlarimizning buyuk
an’analariga sodiq bo‘lishga da’vat etadi.Vatanparvarlik ona yurtni sevish va ulug‘lash, uni himoya qilish hissi bilan yashash, shu yo‘ldagi fidoyilikdir.
Fidoyilik o‘zini, bor kuch-g‘ayrati va aql-zakovatini ezguva buyuk maqsadlar yo‘lida to‘la safarbar etish demakdir




Yüklə 138,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin