Keplerning birinchi qonuni sayyoralarning orbitalari geometriyasining trayektoriyasini bayon qilib beradi. Siz maktab geometriya kursini yodga olsangiz, ellips degan shakl esingizga tushsa kerak. Ellips – tekislikda har bir nuqtasidan fokuslar deb ataluvchi berilgan ikki F_1, F_2 nuqtagacha bo‘lgan masofalari yig‘indisi berilgan PQ kesma uzunligiga teng bo‘lgan barcha nuqtalar to‘plamiga aytiladi. Berilgan kesma uzunligi fokuslar orasidagi masofadan katta.. Agar bu ta’rif qiyinlik qilgan bo‘lsa, unda ellipsni konus kesimlaridan biri ko‘rinishida ham tasavvur qilish mumkin. Bunda, konusni uning asosiga va yoniga parallel bo‘lmagan (asosiga nisbatan muayyan burchak) tekislik kesib o‘tsa, aynan ellips hosil bo‘ladi (rasmda). Keplerning birinchi qonuni,