Kesimning undov so‘z bilan ifodalanishi:Ellarni qutqazgan mardlarga balli! Mardlarni yetkizgan yurtlarga balli! (M.Shayxzoda) Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: Sodda kesim va tarkibli kesim. Sodda kesim. Yakka bir asosli fe’llar bilan ifodalangan kesimlar hamda so‘z bog‘lamasiz kelgan ot kesimlar sodda kesim bo‘ladi. Sodda kesim ifoda materialiga ko‘ra ikki xil: sodda fe’l kesim, sodda ot kesim. Sodda fe’l kesimtuslangan fe’l, ravishdosh, sifatdosh bilan ifodalangan kesimdir. Masalan, Ot yiqilayotganda, Humoyun oyoqlarini uzangidan chiqarib egardan qumga sakradi. (P.Q.) Qalin qorlar erib, o‘tlar ko‘karib qoldi. (Ch.Ayt.) Sodda ot kesim fe’ldan boshqa so‘z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov so‘z, modal so‘z, shuningdek, fe’lning harakat nomi bilan ifodalangan kesimdir. Masalan, Yolg‘onchi kishi har kim qoshida beobro‘dir. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”) Keng-keng ko‘chalari bor-u, lekin markazi tiqilinch. (P.Qodirov) Soyda tosh ko‘p, terib chiqaraverasan. (P.Qodirov)
Kesimning undov so‘z bilan ifodalanishi:Ellarni qutqazgan mardlarga balli! Mardlarni yetkizgan yurtlarga balli! (M.Shayxzoda) Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: Sodda kesim va tarkibli kesim. Sodda kesim. Yakka bir asosli fe’llar bilan ifodalangan kesimlar hamda so‘z bog‘lamasiz kelgan ot kesimlar sodda kesim bo‘ladi. Sodda kesim ifoda materialiga ko‘ra ikki xil: sodda fe’l kesim, sodda ot kesim. Sodda fe’l kesim tuslangan fe’l, ravishdosh, sifatdosh bilan ifodalangan kesimdir. Masalan, Ot yiqilayotganda, Humoyun oyoqlarini uzangidan chiqarib egardan qumga sakradi. (P.Q.) Qalin qorlar erib, o‘tlar ko‘karib qoldi. (Ch.Ayt.) Sodda ot kesim fe’ldan boshqa so‘z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov so‘z, modal so‘z, shuningdek, fe’lning harakat nomi bilan ifodalangan kesimdir. Masalan, Yolg‘onchi kishi har kim qoshida beobro‘dir. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”) Keng-keng ko‘chalari bor-u, lekin markazi tiqilinch. (P.Qodirov) Soyda tosh ko‘p, terib chiqaraverasan. (P.Qodirov)