Kesuvchi dasgohlar Reja Metal kesuvchi dastgohlar Tokarlik-vint
3.Parmalash va yunib kengaytirish dastgohlari . Parmalash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar Shunday tuzilishdagi dastgohlar teshiklar parmalash, teshiklarga metchik yordamida rezbalar ochish, teshiklami kengaytirish va ulami ishlab moslash, list materialdan disklar qirqib olish va boshqa ishlar uchun mo‘ljallangan. Bu jarayonlar parma, zenker, razvyortka va boshqa shularga o ‘xshash asboblar bilan Universal parmalash dastgohlarining quyidagi turlari mavjud: 1. Bir shpindelli stolli parmalash dastgohlari kichik diametrli te shiklarga ishlov berish uchun ishlatiladi. Bu dastgohlar asbobsozlikda keng tarqalgan. Ulaming shpindellari katta chastota bilan aylanadi. 2 . Vertikal parmalash dastgohlari ( 1 1 . 6 -rasm) dastgohlaming asosiy va eng ko‘p tarqalgan turi bo‘lib nisbatan kichik o'lchamli detallarda teshiklar parmalash uchun ishlatiladi. Ishlov beriladigan teshikning o‘qi bilan asbobning o‘qini to‘g‘ri keltirish uchun bu dast- gohlarda tanavomi asbobga nisbatan surish imkoniyati ko‘zda tutilgan. 3. Radial parmalash dastgoh lari katta o ‘Ichamli tanavor (de- tallarda teshik parmalash uchun mo‘ljallangan. Radialparmalash dastgohlarida teshiklarning o‘qla- rini asbobning o ‘qi bilan to‘g‘ri keltirish uchun dastgohning shpin- deli qo‘zg‘almas detalga nisbatan siljitiladi. 4. Ko‘p shpindelli parmalash dastgohlari; bu dastgohlar ish unumini bir shpindelli dastgoh- larga qaraganda anchagina oshi- rishga imkon beradi. 5. Chuqur parmalash uchun ishlatiladigan gorizontal parma lash dastgohlari. Parmalash dast gohlari guruhiga markaz parma lash dastgohlarini ham kiritish mumkin, bu dastgohlar tanavorlar- ning yuzalarida markaz teshiklari hosil qilish uchun ishlatiladi. Universal vertikal-parmalash dastgohi o'rtacha o‘lchamli parmalash dastgohlaming yangi konstruktiv turkumiga (2118, 2125, 2135 va 2150 dastgohlari) kiradi, bular parmalashi mumkin bo‘lgan teshiklarning eng katta shartli diametri 18, 25, 35 va 50 mm ga teng. Bu turkumdagi dastgohlar o‘zaro keng unifikatsiyalangan. Mazkur dastgohlarda bosh harakat (shpindelning aylanma harakati) tik joylashgan elektr dvigateldan tishli uzatma va tezliklar qutisi orqali olinadi. Surish harakati esa shpindeldan tishli g‘ildiraklar, surish qutisi, tishli uzatma, mufita, shnekli juftlik va reykali uzatma orqali shpindel gilzasiga uzatiladi. 11.7. Randalash, uyish va sidirish dastgohlari Randalash dastgohlari. Randalashda keskichning (stolning) to ‘g‘ri yo‘li - ish yurishi deb, teskari y o ii esa salt yurish deb ataladi;. Vertikal parmalash dastgohi (2135) 1 - vint; 2 - stol; 3 - shpindel; 4 - maxovik; 5 - uzatish qutisi; 6 - tezliklar qutisi; 7 - elektr- dvigatel; 8 - dasta; 9 - stamina bunday ishlash sxemasi randalash dastgohlarining asosiy kamchi- ligidir. Randalash dastgohlari universal, aniq, oddiy tuzilishdagi dast gohlar bo‘lgani, ishlatiladigan kesuvchi asbob arzon turganligidan ular keng ko‘lamda ishlatiladi. Randalash dastgohlari ish unumining pastligi ko‘p keskich bilan ishlash orqali ma’lum darajada qoplanishi mumkin. Randalash dastgohlari guruhiga bo'ylama randalash, ko‘nda- lang randalash, o'yish dastgohlari va universal dastgohlar kiradi. Bo‘ylama randalash dastgohlari, asosan, mashinalaming o‘rtacha va yirik detallarining tekis yuzalarini randalash uchun mo‘ljallangan. B o‘ylama randalash dastgohlari jumlasiga eng ko‘p tarqalgan ikki stoykali dastgohlar, bir stoykali dastgohlar, qirra randalash dastgohlari va portal dastgohlar kiradi. Ikki stoykali bo‘ylama randalash dastgohlari ikki stoykali bo‘ylama randalash dastgohi tasvirlangan. Tanavor dastgoh stoli (2) ga o‘rnatiladi va mahkamlanadi, bu stol stanina ( 1 ) ning yo‘naltiruvchilarida ilgarilanma-qaytar harakat qiladi. Keskichlar supportlar ( 8 ) va ( 6 ) ning keskich tutkichlariga mah kamlanadi, supportlarga esa vaqti-vaqti bilan surish harakati berib turiladi. Poperechina (4) ga joylashtirilgan supportlar (3) yuqorigi yuzalami randalash uchun, stoykalar (5) ga o‘matilgan supportlar ( 6 ) esa yon yuzalami randalash uchun xizmat qiladi. Randalash dastgohlarining yiriklarida poperechinaga o ‘matilgan ikkita support va har bir stoykaga bittadan o‘matilgan ikkita support - hammasi bo‘lib to ‘rtta support bo‘ladi. Ba’zi dastgohlaming poperechinasida bitta 190
(yuqorigi) support va tayanchida bitta (yon) support bo‘ladi yoki faqat poperechinasida bitta support bo‘lib, yon supportlar boMmaydi. Surish yo'nalishi gorizontal yoki vertikal boMishi mumkin. Qiya yuzlami randalash uchun support burish qismi bilan ta’minlangan. Asosiy harakat stolga elektr dvigateldan tezliklar qutisi va staninaga o‘matilgan shesternyalar tizimi orqali uzatiladi. Oxirgi shestemya dastgohning stoliga pastki tomondan burab o ‘yilgan tishli reyka bilan tishlashgan bo‘ladi; yangi dastgohlarda reykaga shnek tishlashtirilgan bo‘ladi. Eng takomillashtirilgan randalash dastgohlarida gidravlik yuritma yoki pog‘onasiz rostlash elektrik yuritmasi bor. Dastgohlarda stolning yurishini reverslash (stolning yurishi yo‘naIishini o ‘zgartirish) uchun elektr-magnit mufitalar, gidravlik qurilmalar va boshqalardan foydalaniladi. Teskari (salt) yurish tezligi ish yurish tezligidan 1,5-2,0 marta katta. Stolning yurish yo'nalishi tiraklar 7 vositasida avtomatik ravishda o ‘zgartiriladi, bu tiraklar randalanayotgan tanavorning uzunligiga qarab stolning tegishli joyiga mahkamlanadi. Keskichli supportlar ish yurishi tugagach yoki ish yurishi boshlanishi oldidan surish qutisi oraliq vintlar yordamida suriladi. Teskari yurishda keskichlaming orqa yuzalari randalana yotgan yuzaga ishlanmasligi uchun keskich tutkichlar maxsus qurilmalar vositasida ko‘tariladi. 1 1 . 8 -rasmda elektr-magnit muftali bo‘ylama randalash dastgohi asosiy yuritmasining sxemasi keltirilgan. 3 2 i 11.8-rasm. B o‘ylama randalash dastgohi.
Harakat elektr dvigatel (1) dan tezliklar qutisi (2) orqali shkiv (3) ga uzatiladi shkiv (3) esa (shkivlar (5) va ( 6 ) bilan ayqash hamda to‘g‘ri) tasmalar vositasida tutashgan. Bu shkivlar val (4) ga erkin aylanadigan qilib o‘tkazilgan bo‘lib, turli tomonga har xil tezliklar bilan harakatlanadi, shkivlar ichiga elektr-magnitlar joylashtirilgan. Elektr- magnitlaming chulg‘amlaridagi tok stolning ilgarilanma-qaytar harakatlanishida joylari almashadigan tiraklar (7) vositasida qayta ulanadi (11.8-rasm). Val (4) ga shponka vositasida o ‘matilgan po‘lat disk ( 8 ) shkivlar (5) va ( 6 ) ning elektr-magnitlariga galma-gal tortilib, tishli g‘ildiraklar z b z2, z3, z4, z 5 va tishli reyka orqali stolga ilgarilanma-qaytar harakat uzatadi. Bo'ylama randalash dastgohlari 700 dan 4000 mm gacha kenglikda va 1500 dan 12000 mm uzunlikda randalay oladigan qilib chiqariladi. Yaxshi holatdagi bo'ylama asosiy yuritmasining sxemasi randalash dastgohlari tanavorlarga yuqori aniqlik bilan ishlov beradi: tozalab randalashda 1 0 0 0 mm uzunlikda noaniqlik 0 , 0 1 mm gacha, 3000 mm uzunlikda esa 0 , 0 2 mm gacha bo‘ladi. Yirik va og‘ir detallarga (lokomotiv ramalari, og‘ir plitalar va boshqalarga) ishlov berishda portal-randalash dastgohlari ishlatiladi. Bu dastgohlarda detal o ‘matilgan stol ishlov berish vaqtida qo‘zg‘al- maydi, harakat keskichli supportlar o ‘matilgan portalga beriladi. O 'yish dastgohlari ko‘ndalang kesimlari katta, ammo balandligi uncha katta bo‘lmagan tanavorlarda ariqchalar ochish va ulaming yassi va shakldor yuzalariga ishlov berish uchun ishlatiladi.