Keys №1
“AirAsia”: Muvaffaqiyatli bozor tanlovi
“AirAsia” kompaniyasi osiyodagi birinchi juda arzon havo yo‘llari
sifatida Tony Fernandes tomonidan 2001-yilda o‘z faoliyatini
boshlagan. U kompaniyani Malayziyadagi muvaffaqiyatsizlikka
uchrayotgan havo yo‘llari kompaniyasini sotib olish orqali boshlagan.
Avvaliga bu kompaniya Malayziya hukumatiga tegishli bo‘lgan
bo‘lsada, keyinchalik u Fernandesga juda arzon 25 pensga sotilgan.
Kompaniya yuqori daromadga ega bo‘lishiga qaramasdan, Fernandes
qismlarga bo‘lish (segmentatsiya), to‘g‘ri tanlov (targeting) hamda
to‘g‘ri tushuntirish jarayoni (positioning) kabi marketing yo‘nalishlari
orqali kompaniyani yanada rivojlantirishga qaror qildi. Qisqa
masofalarga va qimmat bo‘lmagan qatnovlarga bo‘lgan talabni
yuqoriligi, Fernandesga kompaniyani Osiyo hududida arzon narxda
qatnovchi kompaniyaga aylantirishiga qulay imkoniyat yaratdi.
Kompaniya o‘z faoliyatini 2002-yilda 2 ta samolyot bilan boshlagan
bo‘lsada, hozirga kelib unda 72 ta samolyot va 108 tadan ortiq yo‘nalishlar
mavjud. Dunyo bo‘ylab taxminan 55 million odamlar “AirAsia” xizmatidan
foydalanadi. Malayziya, Tailand, Indoneziya va Singapur shaharlaridan
boshqa shaharlarga kompaniyada har kuni 400 dan ortiq qatnov joriy
qilingan. “AirAsia” kompaniyasi muvaffaqiyat tomon o‘zini strategiyasini
rivojlantirish yo‘lida texnologiya ustunligidan foydalanib, mukammal reja
ishlab chiqqan.
Raqobatbardosh bozor faoliyatini yuritishning asosiy strategiyasi
sifatida, talabgor bozorga e’tibor qaratish bilan birga, bu bozorni har xil
jabhalarda rivojlartirishdan iborat edi. “AirAsia”ning asosiy maqsadi
Osiyodagi eng katta havo yo‘llari kompaniyasiga aylanish va millionlab
odamlarni arzon narxlarda bir-birlari bilan bog’lashdan iborat edi.
“AirAsia” amalga oshirayotgan asosiy strategiyalaridan biri bu
xavfsizlikni ta’minlashdan iborat bo‘lgani uchun, kompaniya o‘z
hamkorlari bilan birgalikda xavfsizlikni jahon standartidan ham yuqoriga
olib chiqishni maqsad qilishgan. Shu bilan birga, kompaniyaning yana
bir asosiy maqsadi bu yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘lib, bunga
kompaniya qisqa 25 daqiqali arzon narxdagi qatnovlarni yo‘lga qo‘yish
bilan erishdi. “AirAsia”ning strategiyasidan ko‘zlangan yana bir
maqsadi, arzon narxli hamda muqobil xizmatli kompaniya bo‘lib tanilish
edi va bu, kompaniyaning eng asosiy ustunliglaridan biri edi. Asosan,
“AirAsia” yo‘lovchilarni talabiga mos xizmatlar bilan ta’minlaydi va ular
bilan hech qanday yuqori xizmat yuzasidan norozilik kelib chiqmaydi.
“AirAsia” qaysi mijozlarga qanday xizmat ko‘rsatishni xohlashi
borasidagi aniq qarashga ega. U narxlar bilan qiziqadigan
yo‘lovchilarni ortiqcha xizmatlarsiz va pastroq narxlar bilan maqsad
qiladi.
Nihoyat, bu havo yo‘llarining “lean”taqsimotli sistemasi (usuli)
mijozlarga birnechta yo‘nalishdagi takliflarni jumladan, bron qilish
(booking) hamda chiptalarni sotib olish imkoniyatini taqdim qiladi.
Shuningdek, “AirAsia” investitsiya kiritib o‘zining brendini hamda
reklamalar uchun ketayotgan sarflarni (dollar) yanada yaxshilashga
urinib, brendga nisbatan omma etiborini oshirish yo‘lida say-harakatlar
olib bormoqda. Shu bilan bir qatorda, “AirAsia” o‘z mijozlariga bo‘lgan
do‘ stona hamda shaxsiy(personal) xizmat g‘amxo‘rligiga katta e’tibor
qaratmoqda. Kompaniya ishchilari yo`lovchilarga yuqori
sifatli xizmat ko‘rsatishga ruhlantiriladi va asosan, ularni ishga olishda
yaxshi xizmat ko‘rsatish qobiliyatlari hisobga olinadi. Bu kabi ishchilar
“AirAsia”ning yo‘lovchilari sarflashayotgan pullariga yarasha xizmat
olishini kafolatlovchi asos bo‘lib xizmat qiladi. “Skytrack”dagi
yo‘lovchilar daftarchasidagi yozmalar shuni ko‘rsatdiki, kompaniya uch
yulduzli deb baholandi va ishchilarni xushmuomila, samaradorli hamda
yordamchi ekanliklari tasdiqlab o‘tilgan. Va kutilganidek, bazi
yo‘lovchilar reys kechiktirilib, buning uchun hech qanday aytarli sabab
keltirilmagan holatda yozgan shikoyatlari ham o‘rin olgan. Garchi,
ovqat hamda ichimlik
uchun ichki qo‘shimcha xarajatlardan
yo‘lovchilarning xabari bo‘lsada, ko‘pchilik arzon narxdagi yo‘l
xaqqidan mamnundirlar. Shuning uchun, muqobil bozorlarning
(targetmarket)
ko‘pchiligi
kompaniyaning
narxni
baholash
strategiyasiga jalb qilinayotgandek ko‘rinadi.
Boshlang‘ich davirda kompaniya ko‘pincha narxlar bilan
qiziqadigan dam olish yoki bisnes safari uchun ketayotgan
yo‘lovchilarga etibor qaratgan. O‘z markazlaridan 3.5 soatli qatnovlar
yordamida, Osiyoni janubiy-sharqida yashovchi 500 million odamlarni
jalb qilish “AirAsia”ning asosiy strategiyalaridan biri bo‘lgan.
Malayziya, Tailand va Indoneziya davlatlarining o‘sib borayotgan
aholisi “AirAsia” uchun katta bozor bo‘lib xizmat qiladi. Bu
bozorlardagi maqsadli mijozlar ilgari havo yo‘llaridan foydalanmagan
yoki qurbi yetmagan shaxslarni qamrab oladi, chunki aksariyat
kompaniyalar bu darajadagi hamyonbop xizmatlarni taklif qilmaydi.
Dastlab, kompaniya narx haqida qayg‘uradigan yo‘lovchilar uchun,
qisqa va unchalik hashamatli bo‘lmagan yo‘nalishli qatnovlarni
rivojlantirish orqali o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Bundan tashqari, ko‘p havo yo‘llari markazlari harajatlarni
kamaytirish maqsadida shahar chetroqlarida joylashtirilgan.
Qisqa qilib aytganda, “AirAsia”ning strategiyasi kompaniya sarf-
xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan edi.
Yo‘lovchilarni eng yaxshi xizmat
bilan
ta’minlash uchun “AirAsia”
Internet
yordamidan
foydalangan.
Masalan, onlayn buyurtma qilish xizmati
xizmatni
yaxshilashda
asosiy
yo‘l
bo‘lgan.
“AirAsia”ning
murakkab
boshqaruv sistemasi chiptalarga turlicha
narxlar joriy qilgan, ya’ni ertaroq
buyurtma qilganlarga kech buyurtma
qilganlardan ko‘ra arzonroq narxda
sotilgan, bundan tashqari yuqori talabga
ega bo‘lgan yo‘nalish chiptalari ham
qimmatroq bo‘lgan.
Umumiy
qilib
aytganda,
bu
strategiyalar “Air Asia”ning daromadini
deyarli 4 foizga oshirishga yordam
Air Asia ko‘pincha narxlar bilan qiziqadigan,
qisqaroq masofalarni ko‘zlaydigan, agar
kamroq narx bo
‘
lsa qo
‘
shimcha xizmatlarni
talab qilmaydigan yo‘lovchilarni maqsad
qilgan holda, raqobat ustunligini yaratdi
berdi. 2012-yilning uchinchi choragiga kelib, kompaniyani sof
daromadi 3.6 foizga ya’ni 52 million AQSH dollariga oshgan.
Yo‘lovchilarni 9 foizga ko‘payganligi sababli, kompaniya daromadi
o‘sishda davom etgan. Bu o‘sish sur’atini saqlab qolish maqsadida
“AirAsia” kompaniyasi “Airbus” (samolyot ishlab chiqaruvchi
kompaniya) kompaniyasidan o‘zini hozirgi flotiga yana 11 ta samolyot
qo‘shishni reja qilgan. “AirAsia”ning yangi boshqaruvchisi kompaniya
daromadi juda yaxshi va keyingi yillarda ham yanada yaxshi bo‘lishini
ta’kidlab va bunga sabab qilib, kompaniya xizmatiga bo‘lgan yuqori
talabni ko‘rsatgan. Bu yuqori talabni qondirish uchun Filippin, Tailand
va Yaponiya davlatlarida “AirAsia” o‘z filiallarini joriy qilgan.
Biroq, “Air Asia” bir nechta muammolarni hal qilishga to‘g’ri
keladi, jumladan bular yoqilg’i narxi va ishchilar oyligi oshishi bundan
tashqari kompaniya o‘sishiga halal berayotgan hozirgi infrastrukturasini
ham rivojlantirishi kerak. Bunga qo‘shimcha, “Air Asia” 2013-yildan
buyon arzon narxda faoliyat olib borayotgan boshqa havo yo‘li
kompaniyalari, ya’ni Singapur havo yo‘llari va “PT Lion Mentari” havo
yo‘llari bilan raqobat qilishga tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
“AirAsia” ko‘zlagan maqsadlariga erishish uchun yuqorida sanab
o‘tilgan muammolarni bartaraf qilishi lozim, aks holda, kompaniya
arzon narxni saqlashda muvaffaqiyatsizlikka uchragan bir
vohaga aylanib qoladi. “AirAsia”ning bu muammolarni hal etish
strategiyasi yoqilg’i narxini nazorat qilish va 2026-yilgacha yana
266 ta samolyot sotib olishdan iborat. 2031-yilgacha Osiyoning
umumiy o‘sish qiymati
6.4 foiz bo‘lishi kutilmoqda, Osiyo iqtisodiyoti o‘sib borar
ekan, “AirAsia” ham mos ravishda yuqori talabni qondirish
maqsadida yanada ko‘proq yo‘nalishlarni joriy qiladi.
Dostları ilə paylaş: |