Keys tug’ruq keying vaginal qon ketishda umumiy amaliyot shifokorining taktikasi qanday ekanligi muammosini hal qiladi Pedogogik annotatsiya



Yüklə 46,31 Kb.
tarix09.02.2017
ölçüsü46,31 Kb.
#7943


KEYS

Tugruq keying vaginal qon ketishda umumiy amaliyot shifokorining taktikasi qanday ekanligi muammosini hal qiladi
Pedogogik annotatsiya

O’quv fani: ”Akusherlik va ginekologiya”

Mavzu: “Tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketish ”

Keys maqsadi: tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketish sababini bilishni kengaytirish va chuqurlashtirish. Tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishining rivojlanishida vaziyatni analiz qilish va baholash layoqatini rivojlanishi. Tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketish holatida poststatsionar reabilitatsiya va ratsional transportirovka, tez yordam ko’rsatish, diagnostikada, kuzatish taktikasi ko’nikmalarini bilish va tanlay olish.

Rejalashtirilgan o’quv natijalari - ish natijalari bo’yicha keys bilan talabalar ko’nikmalar orttirishadi:

  • Tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishda ayolning umumiy holati va vaziyatini analiz qilish va baholash.

  • Diagnoz qo’yish uchun ta’sir algoritmini to’g’ri tanlash.

  • Zarur paytda tez yordamni mustaqil ko’rsata olish.

  • Malakali poststatsionar reabilitasiyani o’tqazishni bilish.

Ushbu keysni omadli bajarish uchun talaba bilishi shart:

  • Differensial diagnostikani olib borish va onaning tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishining aniq sabablarni ajratish.

  • Diagnostik metodlarni o’tqazish , SRB darajasida kuzatuv rejasini tuzish va izohlash.

  • Tor doiradagi mutaxassislar maslaxati zarurligini, gospitalizatsiya va tasdiqlovchi davolash amaliyotini izoxlash.

  • Keyingi kuzatuvlar zarurligi darajasini ko’rsatish (medikomentoz va nomedikomentoz davo)

Ushbu keys o’zida SRB sharoitida haqiqiy vaziyatni aks ettiradi

Keys ma’lumotining manba’asi

1.Kasallik tarixi

2.Klinicheskoe rukavodstvo po vedeniyu bolnix s krovotecheniyami v rodax i poslerodovom periode. Tashkent 2008

3.Aymalazyan E.K. ”Akusherstvo”-S.Pb,2002

4.Bodyajina B.I ”Akusherstvo”.M.1979.

5.Spravochnik po akusherstvu i ginekologii/Pod ped. G.M. Savelevoy 2007.

6.Repina M.A. Krovotecheniya v akusherskoy praktike. M. 1986

7.AbramchenkoV.V.Aktivnoe vedenie rodov./Rukovodstvo-S.Pv.,1990

8.Kulakov V.I I soavt”Rukovodstvo po bezopasnomu materinstvu”.1998

9.Serov V.N.Strijakov A.N.,Markin S.A. Rukovodstvo po prakticheskomu akusherstvu”1997.

10.Prakticheskie naviki po akusherstvu I ginekologiyu/ Metod posobiye/Tashkent 2008
Keysga xarakterli tipologik belgilar xos:

Bu keys syujetli, kabinetli kategoriyaga tegishli. U hajmli shakllangan. Bu keys –savol



Didaktik maqsadga ko’ra keys treningli, SRB sharoitida aniq vaziyatda fikrlashni kuchaytiradi.

Keys tartib bo’yicha qo’llanilgan bo’lishi mumkin: Akusherlik, Tez yordam holatlarda

I КЕЙС

Tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketish ”



Kirish
Bugungi kunda tug’ruqdan keyini vaginal qon ketish hozirgacha dolzarb muammo bo’lib qolmoqda. Bu muammoning dolzarbligi ko’plab og’ir asoratlarga, ya’ni qon ketishlarga olib keladi, natijada onalar va perinatal o’lim birinchi o’rinni egalladi. Tibbiy yordamning birinchi bosqichlari bo’lib zamonaviy diagnostika va korreksiya hisoblanadi, bu vrach tomonidan qilinishi kerak bo’lgan birinchi yordamdir.

Maqsad ushbu keys yordamida talabalar bilimini rivojlantirish-repraduktiv yoshdagi ayollarning tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishi bilan kasalxonaga tushishida keysdan foydalanuvchi vaziyatni analizlash kerak. Tug’ruqdan keyini vaginal qon ketishda taktikani olib borish, diagnostika, birinchi yordam ko’rsatish, ratsional transportirovka va poststatsionar reabilitatsiyani olib borish.

Rejalashtirilgan o’quv natijalari – ish natijalari bo’yicha keys bilan talabalar ko’nikmalar orttirishadi:

  • Tug’ruqdan keyini vaginal qon ketishda ayolning umumiy holati va vaziyatini analiz qilish va baholash.

  • Diagnoz qo’yish uchun ta’sir algoritmini to’g’ri tanlash

  • Zarur paytda tez yordamni mustaqil ko’rsata olish.

  • Mustaqil ravishda mazkur holat haqida qaror qabul qilish

  • Malakali poststasionar reabilitasiyani o’tkazishni bilsh


Masala:

Qayta tuqqan ayol 28 yosh, 2-tug’ruq. Yo’ldosh 5 daqiqadan so’ng o’zi mustaqil ajralib chiqdi. Tug’ruqdan keyin yo’ldosh butun. Qon ketish 350 ml. 5 daqiqadan keyin. Bachadon yengil massajidan keyin qon ketish sekinlashdi, qisqarish va yana bo’shashishdan keyin qon ketish davom etdi.

Avvalgi meditsinskiy/xirurgik anamnezda :


  • Boshidan o’tkazgan kasalliklari- shamollash bilan kasallangan, 7 yoshida gepatit bilan og’rigan.

  • Hayz 13 yoshdan, 20 yoshda turmushga chiqqan. 1-nikoh.

  • Homiladorlik 6, ulardan 1tasida muddatidan oldin, 4-homiladorlikda 7-8 haftaligida tabiiy tushish endometrit asorati bilan, birinchi tug’ruq asoratsiz kechgan, chaqaloq og’irligi 4500,0 gr.

  • Allergiyalar yo’q.

  • Oilaviy-ijtimoiy anamnez: turmush qurgan, 1ta farzandi bor, oshpaz bo’lib ishlaydi, ichmaydi, chekmaydi.

Epid anamnez

  • Infeksion kasallar bilan aloqada bo’lmagan

  • Qon preparatlari olmagan

  • Infeksion terapiyani inkor qiladi

  • Ginekolog va stomatolog ko’rigida bo’lmagan

Fizikaviy ko’ruv: Teri qoplamlari odatiy rangda. Es xushi aniq, holati faol

  • Puls muntazam-90-92zarb/min, AB 110/70 mm sim. us. yurak auskultatsiyada normada, patologik shovqinlar yo’q.

  • Nafas buzilishi yo’q, auskultatsiyada - o’pkalarda buzilishlar yo’q.

  • Qorin yumshoq,

Kuzatuvlar SRB bo’yicha ko’rsatmasi:

  • UQA: Hb-90g/l. biroz leykotsitoz-9.2, ECHT-15mm/s

  • Umumiy siydik tahlili normada.

  • Qon bioximik tekshiruvi - umumiy bilirubin 29 mmol/l, bog’langani-11 mmol/l, bog’lanmagani-18 mmol/l. ALT-0,5 va AST-0,6 (chegarasi normada)

  • Koagulogramma qonda – PTI… TT… fibrinogen… Ht…

Savollar va topshiriqlar:

1.Sizningcha buni qanday patologiyalar bilan differensial diagnostika olib boriladi?

2.SRB sharoitida bu xolatda qanday kuzatuvlar olib borish kerak?

3.Sizning diagnoz qanday va uni izohlang?



Topshiriq: Ayolning holatiga qarab analiz asosida taxminiy diagnoz qo’yiladi, diagnostikaning zarur metolarini o’tqazish, tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishda kuzatuvlar uchun asosiy vazifalarni qabul qilish.
II. Talabalar uchun metodik ko’rsatmalar
2.1.Masala.

SRB sharoitida tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishda ayollarda olib borish taktikasini tanlash.



2.2.Kichik masala.

1.Tashqi ko’rinish anamnezi

2.Anamnez analizi va tug’ruqdan keyini vaginal qon ketish rivojlanishida taxminiy etiologik faktorlari.

3.Ko’ruv analizi

4.Kerakli diagnostik metodlarni tanlash

5.Olingan ma’lumotlarni solishtirish va differensial diagnostikani olib borish.

6.SRB sharoitida masalani aniq to’xtamiga kelish.

2.3.Bajarish algoritmi

1.Tashqi ko’ruv analizi o’z ichiga quyidagilarni oladi;

-Teri va ko’rinuvchi shilliq qavatlarni ko’rish

-Yuz (ko’z,til)

2.Anamnez analizi

-O’tqazgan kasalliklari

-Oilaviy – ijtimoiy anamnez

-Akusher-ginekologik anamnez

-Qon ketish vaqti va xarakteri

3.Ko’ruv analizi

-Ps, AD, nafas olish soni, teri qoplamlari

-yurak va o’pkalar auskultatsiyasi

-qorin palpatsiyasi (Leopold Levtskiy bo’yicha)

-oynada ko’ruv

-soatlab diurez

4.Kerakli dignostik metodlarni tanlash

-UQA,USA

-prikrovat test

-diurezning adekvatligi

5.Qabul qilingan natijalarni quyidagilar bilan differensial diagnostika qilinadi:

-yo’ldosh qismlarining qolib ketishi

-tug’ruq yo’llarining jaroxatlari

-qondagi koagulopatik muhitning buzilishi

6.SRB sharoitida masalani aniq to’xtamiga kelish

-kerakli davo-choralari

-tez tibbiy yordam ko’rsatish.


Analiz va amaliy vaziyatni hal etish bo’yicha

mustaqil ish tuzilishi.

Vaziyatni analiz varog’i


Ish bosqichi

Tavsiya va maslahatlar

1.Keys bilan tanishing



Dastlab keys biln tarnishing

Avval o’qing, vaziyatni darxol baholashga shoshilmang



2.Berilgan vaziyatli masala bilan tanishish

Ma’lumotni yana bir bor o’qing, o’zingizga muhim bo’lgan abzatslarni belgilang.

Vaziyatni xarakterlashga harakat qiling. Ulardan qaysilari birinchi va qaysilari ikkinchi darajali ekanligini aniqlang.



3.Asosiy va kichik masalani izohlash, shakllantirish va ko’rsatish.

Masala;

tug’ruqdan keyini vaginal qon ketishda ayollarni gospitalizatsiya qilish va taktikasini olib borishni tanlash



4.Vaziyatni analiz diagnostikasi

Vaziyatni analizlashda keying savollarga javob bering:

  • Qaysi doira kasalliklarida tug’ruqdan keyini vaginal qon ketishda keng tarqalgan va xavfli?

  • Tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishni qaysi nozologiya bilan differensial diagnostikani qilish va asosan qaysi ko’p uchraydigan sabablarni bilish kerak?

  • Qanday diagnostik metodlarni qabul qilish zarur, SRB darajasida kuzatuv rejasini izohlang va tuzing.

  • Oxirgi diagnozni qo’yish uchun qaysi tor doiradagi mutaxassislar maslaxati qo’shimcha ravishda kerak?

  • Keyingi kerakli kuzatuvlar darajasini ko’rsating (medikomentoz va nomedikomentoz davo)




5.Masalani echish va metodni tanlash va izohlash

Berilgan vaziyatda, berilgan masalani hal qilishning barcha yo’llarini sanang

6.Muammoli vaziyatni qayta ishlash va qayta qo’llash

SRB sharoitida masalani hal qiling va diagnoz qo’ying.


III.Keysni bajarish varianti

Keysolog –o’qituvchilarga

IV KEYS-amaliyotda o’rganish texnologiyasi

O’rganish texnologiyasi modeli


Mavzu

Tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketish

Soat hajmi-2 soat

O’rganuvchilar soni: 10 kishi.

O’quv mashg’ulotining shakli

Bilimni chuqurlashtirish va kengaytirish bo’yicha amaliyot, tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishda ayollarni kuzatuv taktikasini olib borishni bilish

Amaliyot rejasi

1.O’quv mashg’ulotiga kirish

2.Bilimni faollashtirish

3.Kichik guruhlarda keys bilan ishlash

4.Natijalarning prezensiyasi

5.Yaxshi variantni tanlab, baholash va muhokama qilish

6.Hulosa.Talabalarning va guruhning ishini baholash, o’quv mashg’ulotini maqsadiga erishish darajalari



O’quv mashg’uloti maqsadi: Tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishda ayollarni kuzatuvini olib borish taktikasi bo’yicha bilimni chuqurlashtirish. Tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishda ayollarni poststatsoinar reabilitatsiya va ratsional transportirovkasi, shoshilinch yordam ko’rsatish, diagnostikada kuzatuv olib borish taktikasini tanlash ,vaziyatni analizlashni baholash layoqatining rivojlanganligi.



O’qituvchi topshirig’i:

  • tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishda ayolning umumiy holati va vaziyatni analizini baholash bo’yicha bilimni chuqurlashtirish va mustahkamlash

  • diagnoz qo’yish uchun ta’sir algoritmini to’gori tanlashni bilish

  • Tez yordam ko’rsatish bo’yicha ko’nikmalarni ishlab chiqish

  • SRB sharoitida tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishda ayollarni kuzatuvida qabul qilingan ko’nikmalarni mustaqil rivojlantirish.

O’quv ishining natijalari:

  • tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishda

ayollarni umumiy holatini, vaziyatni analiz qiladi va baholaydi

  • diagnoz qo’yish uchun ta’sir algoritmini tanlaydi

  • SRB sharoitida tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishda ayolni kuzatish vaqtida qabul qilingan ko’nikmalrni mustaqil bajarishi rivojlanadi

  • Zarur paytda tez yordam ko’rsatadi, ta’sir algoritmini ishlab chiqadi.

O’rgsnish metodi

Keys bosqichi, muzokara, amaliy metod

Organish ashyosi

Keys, metodik ko’rsatma

O’rganish shakli

Individual, frontal, guruh ichida ishlash

O’rganish sharoiti

Guruhlarga texnik qurilmali, ish uchun moslashgan auditoriya

Monitoring va baho

Kuzatish, tezkor so’rov, prezentasiya , baholash

Keysdagi asosiy o’quv mashg’ulotining texnologik kartasi.


Ishning tarkibi va bosqichi

Faoliyat

O’qituvchilar

Talabalar

Tayyorlanish bosqichi

Keys tavsiyasi tushuntiradi-bosqichlari va uning mukammal bilimlarini rivojlanishiga ta’siri. Keys materiallarni tarqatadi va vaziyatning analiz algoritmi bilan bilan tanishtiradi (talabalar uchun metodik ko’rsatmaga qarang) Analizni mustaqil olib borish uchun topshiriq beradi va natijalarni ”Vaziyatning analiz qog’oziga” ko’chiradi

Eshitishadi

Keysning tarkibini mustaqil o’rganishda va individual holatda vaziyatning analizlar qog’ozini to’ldirishadi.



I bosqich-O’quv mashg’ulotiga kirish (10-15 daqiqa)

1.1 Mashg’ulot mavzusini nomlaydi, reja, uning maqsadi, topshiriq, va o’quv ishini natijasining rejasini aytadi.

1.2 Baho natijalari kriteriyalari va mashg’ulotda ish rejimi bilan tanishtiradi (talabalar uchun ko’rsatmaga qarang)



Eshitishadi

Mos keluvchi zapislar olib borishadi



II-asosiy bosqich (60 daqiqa)

2.1 Muammoni hal etishni tushuntiradi va aktuallik vaziyatini tanlaydi. Mavzu bo’yicha bilimni aktivlashtirish maqsadida tezkor so’rov o’tkazadi (mashg’ulot № 1)

  • Nima sababdan tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishlar yuz beradi?

  • Tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishning sabablarini sanab o’ting?

  • Tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishda zamonaviy bo’magan diagnostikada qanday asoratlar bo’lishi mumkin.

2.2 Talabalarni guruhlarga bo’lish. Keys topshirig’i va tarkibini eslatadi. Muzokora qoidalari gruppada ish tartibi bilan tanishtiradi (eslatadi).

2.3 Topshiriq beradi, topshiriqni idrok qilishni aniqlashtirish (mashg’ulot №2):



  • qaysi nazologiya bilan differensial diagnoz o’tkazish kerak va tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishning kelib chiqishida aniq sabablarni ko’rsatish.

  • SRB sharoitida diagnostik metodlarni tanlash

  • Tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishda ayollarni davolash va olib borish taktikasi

2.4 O’quv ishiga yo’naltiradi maslahat beradi koordinatsiyalaydi.

Individual ish rejalarini baholaydi:

Vaziyatni analizlash varog’i

2.5 Muhokama, Keysni bajarish bo’yicha qilingan ishni prezentatsiya qilishni tashkillashtirish. Muzokara tashkilotchisi; savol beradi, e’tiroz bidiradi, nazariy materiallarni eslatadi

2.6 Organayzer bunday vaziyatda UASH ta’sir algoritmi

2.7. Keysni bajarishda o’zining variantini elon qiladi (mashg’ulot №4).



Savollarga javob beradi, muhokama qiladi, aniq savollar beriladi.

Guruhlarga bo’linadi.


Muhokama qilinadi, alohida masalani mos ravishda analizlanadi, vaziyatning muhim qismlari aniqlanadi, natijada asosiy muammolar va ularning yechimi rasmiylashtiriladi.

Muammolar yechimining variantlari 10-15daqiqa ko’rsatiladi. Prezentatsiya tugagandan so’ng , savollarga optimal variantlar tanlanadi.
Muzokara bo’yicha yagona sistema ishlab chiqiladi.


III Barcha malumotlarni analizni baholash 20 minut

3.1 O’quv ish natijalarini e’lon qiladi, qo’shimcha ish bilan individual bahoni ma’lum qiladi. Guruhni baholaydi va analizlaydi, ijobiy va sarbiy holatlarni belgilaydi.

3.2 Keys ahamiyatining bosqichlari va uning mutahassis uchun ta’sirini bildiradi.



Eshtishadi.

O’z – o’zini va nisbiy baholashini o’tkazishi mumkin


O’zining fikrini bildiradi.

Keys bilan ishlashda individual baholash chizmasi

Qatnashuvchi

Bahoni ko’tsatuvchilar va kriteriylar




Joriy vaziyatni analizi max 1.0

Masalani izohlash max 0.5

Masalani yechish ashiyosi va tanlash yo’li max 0,5

Qismni qayta ishlash darajasini yechish max 0,5

Umumiy baho (max 2.5)

1.
















2.

































2.0 – 2.5 bal “a’lo” – 1.5 – 2 bal “yaxshi”

1.0 – 1.5 – “qoniqarli”.



1.0 baldan kam qoniqarsiz.

Masalani guruhli hal qilish variantini baholash sistemasi.

  1. Har bir guruh 2 ballik bahoda baholanadi. Uni darrov hammasini yechgan variantga berish yoki ikkiga bo’lish mumkin (1:1.05:1.5:boshqalar). Mustaqil hal qilgan variant bahoni qabul qilmaydi.

  2. Hamma yig’ilgan ballar har bir variant bo’yicha tahlanadi. Eng ko’p ball to’plagan g’olib bo’ladi. Bahsli holatlarda ovozga qo’yish mumkin.

Masalani guruhli hal qilish variantini baholash chizmasi.

Guruh

Masalani echishda alternative variantlar




1

2

3



1













2



























Summa















Tavsiya qilingan prezentatsiyani baholash

Guruh

Prezentatsiyaning butunligi va aniqligi (1-20)

Tavsiya qilingan prezentatsiyaga nazar.(1-20 min)

Guruh a’zolarining aktivligi va jamligi(1-20min)

Tavsiya qilingan masalani haqiqiyligi (1-20)

Qonuniy normalarni qabul qilinishi (1-20)

Yig’ilgan ballarnig umumiy summasi max 100

1.



















2.









































Yüklə 46,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin