Keyslar banki Ota harbiy ishda faoliyat ko‘rsatganligi sababli oila tez-tez boshqa viloyatga ko‘chishiga to‘g‘ri keladi. Bola -sinfgacha marta maktab almashtirdi



Yüklə 22,41 Kb.
səhifə1/4
tarix12.10.2023
ölçüsü22,41 Kb.
#154978
  1   2   3   4
portal.guldu.uz-Keyslar


Keyslar banki 
Ota harbiy ishda faoliyat ko‘rsatganligi sababli oila tez-tez boshqa viloyatga ko‘chishiga to‘g‘ri 
keladi. Bola 4-sinfgacha 3 marta maktab almashtirdi. Ota-ona bolaga e‘tiborli bo‘lganligi sababli uning bilimi yaxshi, lekin bola har safar yangi jamoaga moslashishga qiynaladi. Shu sababli u ―maktabga bormayman‖ deb, turib olyapti. 
Tahlil uchun savollar 
1. Vaziyatga baho bering? 
2. Ota-ona qanday yo‟l tutishi kerak? 
3. O‟qituvchi yangi o‟quvchini jamoaga moslashtirish uchun qanday usullardan foydanishi 
kerak? 
 
Keyslar banki 
3-sinf o‘quvchilariga matematika darsi boshlandi. O‘qituvchi uyga vazifalarni tekshirdi. Yangi mavzuni o‘qituvchi o‘quvchilarga tushuntiridi va sinf o‘quvchilaridan navbatma navbat doskaga misollarni bajarish uchun chiqardi. Qolgan o‘quvchilardan esa birinchilardan bo‘lib bajarib kelgan 3 nafar o‘quvchini ―ofarin‖ kartochkasi bilan rag‘batlanishini aytdi. O‘quvchilar misollarni tezroq bajarishga kirishdi. Sherzod misollarni birinchi bo‘lib bajardi va o‘qituvchiga olib bordi. O‘qituvchi misollarni tekshirib ko‘rsa barcha misollar noto‘g‘ri bajarilgan. Buni 
ko‘rib o‘qituvchi SHerzodga shoshmasdan misollarni to‘g‘ri bajarib kelsang bo‘lmaydimi deb baqirib daftarni otib yubordi. Sherzod yig‘lab xonadan chiqib ketdi. O‘qituvchi bu holatga etibor bermasdan darsni davom ettirdi.
Tahlil uchun savollar: 
1.Vaziyatga qanday baho berasiz? 
2.O‟qutchining talabi o‟rinlimi? 
3.Bunday holatda siz qanday yo‟l tutgan bo‟lardingiz? 
 
Keyslar banki 
Alisher hamma fanlardan yaxshi o`zlashtiradi, biroq matematika faniga kelganda oqsaydi. SHunga qaramasdan o`qituvchisi uni boshqa fanlardan yaxshi o`qiganligi uchun har chorak oxirida unga matematika fanidan besh baho qo`yadi. 

Tahlil uchun savollar 
1.Nima deb o`ylaysiz o`qituvchi bunga haqlimi ? 

Yüklə 22,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin