Ki101-19-guruh talabasi Safarov Sardorning Kompyuter Tarmoqlari fanidan 3-mustaqil ishi: ipv4 va ipv6 protokollari va ularning paket strukturalari. Protokol



Yüklə 29 Kb.
səhifə3/8
tarix01.01.2022
ölçüsü29 Kb.
#50331
1   2   3   4   5   6   7   8
KT 3-mustaqil ish

IP - Internet Protocol. Tarmoqdagi xar bir kompyuter bir biri bilan aloqa urnata olishi uchun (bir birlarini tushinishlari, tanishlari uchun) o‘z identifikatsion (shaxsiy, ushbu tarmoqda takrorlanmaydigan) nomiga ega bo‘lishi kerak. Bu nom, ushbu qurilma qaysi tarmoqda ekan, uning ushbu tarmoqdagi identifikatori qanday degan savollarga javob bo‘ladi. Tarmoqning xar bir bog‘lamasi (uzeli) IP manzilga (mantiqiy manzil) ega bo‘ladi. Bu manzil o‘zida marshrutizatsiyani (yo‘nalish, o‘tish)ni anchagina osonlashtiradigan, muxim, kodlangan axborotni saqlaydi. IP manzil – bu sonli identifikator bo‘lib u tarmoqdagi xar bir kompyuterga biriktirilgan bo‘ladi, bu manzil kompyuterning tarmoqdagi joylashgan joyini ko‘rsatadi.

Demak, IP manzil – 32 bitli axborotdan tashkil topgan bo‘lib, u to‘rt bo‘limga (oktet) bo‘lingan.xar bir oktet 0 - 255 raqamlar bilan belgilanadi. IP manzillarning ko‘rinishilarining uch xili mavjud:



  • 130.57.30.56;

  • 10000010.00111001.00011110.00111000;

  • 82 39 1e 38.

Biz ko‘pincha IP manzilning o‘nlik formatdagi yozilishi bilan duch kelishimiz mumkin. Vaxolangki, kompyuter va boshqa qurilmalar faqat ikkilik sanoq sistemasi formatida ishlaydi.

IP manzil ikki qismdan iborat: tarmoq va xost yoki bog‘lamali. Bunga o‘xshash tizim sifatida shaxarlar aro telefon raqamini olsak bo‘ladi. Bunda, birinchi qismi katta bir xudud kodini bildiradi, keyingi qismi kichikroq xudud kodi bo‘lishi mumkin, keyingi qismi yanada torroq, aynan tarmoq kodi va oxirgi segment abonent raqamini bildiradi ya'niy, konkret aloqa apparatini bildiradi. Shunga o‘xshash IP manzillashda ham 32 bit axborot identifikatsion raqam xisoblanmaydi. Natijada butun manzil ikki darajali ierarxik strukturaga ega bo‘ladi.

Tarmoq manzili takrorlanmaydigan qilib xar bir tarmoqni identifikatsiyalab chiqadi. U bir tarmoqda bo‘lgan xar bir kompyuterning IP manzilini bir qismini ifoda etadi. Masalan, 137.57.30.56 IP manzilida tarmoq manzilini 137.57. ifodalaydi.

Xost manzili tarmoqdagi xar bir kompyuterga biriktiriladi va ular takrorlanmas usulda identifikatorlanadi. IP manzilning bu qismi unikal ya'ni takrorlanmas bo‘lishi kerak, chunki bu gurux xisolanadigan tarmoq manzili qismi emas balki shu gurux ichidagi aniq bir kompyuterni ifodalovchi qismidir, u unikal bo‘lishi shart. Yuqorida misol tariqasida keltirilgan 137.57.30.56 IP manzilida xost manzilini 30.56. ifodalaydi.




Yüklə 29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin