Kiber xavfsizlik asoslari



Yüklə 176,48 Kb.
səhifə2/7
tarix25.12.2023
ölçüsü176,48 Kb.
#196235
1   2   3   4   5   6   7
Axborot xavfsizligini taminlashning asosiy vazifalari

Jqtisodiy xavfsizlik - shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy sohadagi hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi. Iqtisodiy xavfsizlikka Ьinoan xalq o'zining iqtisodiy rivojlanish yo'llari va shakllarini tashqaridan aralashishsiz va bosimsiz mustaqil ravishda aniqlay oladi.
Jchki siyosiy xavfsizlik - hokimiyat institutlarining barqarorligi va samaradorligi, hokimiyat tuzilmalarining siyosiy jarayonlami nazoratlash qobiliyati, aksariyat fuqarolar tomonidan madadlashga erishish, jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta'minlovchi, samarali faoliyat yurituvchi nodavlat siyosiy institutlaming mavjudligi Ьilan
xarakterlanadi. Ichki siyosiy xavfsizlikka Ьinoan siyosiy muno­ sabatlar sohasida qarama-qarshilik, siyosiy ekstremizmning omma­ viy tus olishi, hokimiyat Ьilan xalq orasida qarama-qarshilik bo'lmaydi. Fuqarolaming siyosiy ongi holati va jamiyatning siyosiy madaniyati jamiyatning xavfsiz siyosiy rivojiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi.
Ijtimoiy xavfsizlik - shaxs, oila va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi. Ijtimoiy xavfsizlikning obyekti - milliy va ijtimoiy siyosat tomo­ nidan tartibga solinuvchi xalq turmushi sifati va darajasini ta'minlovchi ijtimoiy tizimning barcha asosiy elementlari. Ijtimoiy rivojlanish strategiyasi, ulaming uzoqligiga, kambag'allik dara­ jasiga, turmush daщjasidagi mintaqaviy mutanosiЫigiga, ta'lim va sog'liqni saqlash sifatiga, jamiyatdagi ma'naviyat va madaniyatning umumiy darajasiga va nihoyat, demografik muammolariga ta'siri ma'lum.
Ма 'naviy xavfsizlik - bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, Ьir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa Ьilan qoplab bo'lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Ayniqsa, ommaviy madaniyat degan niqob ostida ahloqiy buzuqlik va zo'ravonlik, individualizm, egotsentrizm g'oyalarini tarqatish, kerak bo'lsa, shuning hisoЬidan boylik orttirish, boshqa xalqlaminя necha ming yillik an'ana va qadriyatlarini, turmush tarzining ma'naviy negizlariga bepisandlik, ulami qo'porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo'ymaydi. Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb Ьilish va aksincha, asl ma'naviy qadriyatlami mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash Ьilan bog'liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarЬiyasiga katta xavf solmoqda va ko'pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.
Xalqaro xavfsizlik - xalqaro munosabatlar nazariyasida xalqaro
xavfsizlik deganda dunyo hamjamiyatining barqarorligini ta'minlovchi xalqaro munosabatlar holati tushuniladi. Boshqacha aytganda, xalqaro xavfsizlik - xalqaro munosabatlar subyektlariga urush xavfi yoki suveren hayotiga va mustaqil rivojiga tashqaridan boshqa tajovuz xavfi bo'lmagan holat. ВМТ Nizomiga Ьinoan, hozirda xalqaro tinchlikni saqlashga asosiy javobgar sifatida Xavfsizlik Kengashi belgilangan. Faqat aynan ushbu Kengash agressorga nisbatan sanksiya qo'llash huquqiga ega.
Axborot xavfsizligi - mamlakat madaniy mulkining, xo'jalik subyektlari va fuqarolar intellektual mulkining, davlat va kasЬiy sirga ega maxsus ma'lumotlaming ishonchli himoyalanganligi holati.
Harbly xavfsizlik - harЬiy siyosat O'zbekiston RespuЫikasi harЬiy doktrinasida ishlab chiqilgan nizomlarga asosan yuritiladi. HarЬiy doktrina - O'zbekiston RespuЬlikasining harЬiy xavfsiz­ ligining harЬiy-siyosiy, harЬiy-strategik va harЬiy-iqtisodiy asosla­ rini belgilovchi rasmiy qarashlar majmui. HarЬiy doktrinaning hu­ quqiy asosini O'zbekiston RespuЫikasi Konstitutsiyasi, qonunlar hamda harЬiy xavfsizlikni ta'minlash sohasidagi O'zbekiston Res­ puЫikasining xalqaro shartnomalari tashkil etadi. O'zbekiston RespuЫikasining harЬiy xavfsizligini ta'minlashga rahbarlik Qurolli Kuchlaming Oliy Bosh qo'mondoni hisoЫanuvchi O'zbekiston RespuЫikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Chegaraviy xavfsizlik - O'zbekiston RespuЫikasi davlat chegarasi va chegara oldi hududlarining himoyalanganlik holati. Chegaraviy xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligining juda muhim tashkil etuvchilaridan Ьiri hisoЫanadi, chunki davlat barqarorligi uning chegaralarining xavfsizligi Ьilan uzviy bog'langan. Chegara xavfsizligini ta'minlash zaruriyati davlat chegarasi va chegara oldi hududlarda yuzaga kelgan tahdidlar tizimiga asoslangan.
Ekologik xavfsizlik. Sivilizatsiyaning atrof - muhitga faol ta'si­ ri natijasida uning ifloslanishi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu salЬiy ta'sir ayniqsa ekologik halokat joylarda, mineral resurslardan va ishlab chiqarishning zararli chiqindilaridan oqilona foydalanilmaydigan joylarda kuchli Ьо'ladi.



Yüklə 176,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin