Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatinig turlari va shakllari



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə3/4
tarix23.06.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#134564
1   2   3   4
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatinig turlari va shakllari

Oshkora biznes davlat organlari tomonidan qayd qilingan, ruxsat etilgan biznesdir. Norasmiy biznes davlat organlari tomonidan qayd qilinmaydi. Shu sababli norasmiy biznes daromadidan davlat budjetiga va budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar qilinmaydi. Norasmiy biznes jamiyatning ijtimoiy manfaatlarini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan biznes turiga kiradi. Norasmiy biznes bilan shug‘ullanadiganlar pensiya to ilovalari va sug‘urta to’lovlarini toiamaydi. Shu sababli ular jamiyat uchun zararlidir. Ayniqsa, dunyo mamlakatlari qonun qoidalari tomonidan man qilingan xufyona (ta’qiqilangan) biznes faoliyati (narkotika, noqonuniy qurol-yarog' savdosi va hokazolar) bilan shug‘ullanuvchilar jamiyatga moddiy va ma’naviy zarar keltiradi.
Biznes iqtisodiy kategoriya bo’lib, kishilar o'rtasidagi daromad, naf olish maqsadida xo'jalik faoliyatini yuritish yuzasidan boladigan munosabatlar majmuasini ifodalaydi. Bu munosabatlar majmuasi o'z ichiga mulkiy, bevosita ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol munosabatlarini oladi.
Tadbirkorlik faoliyati xususiyatlariga ko'ra iqtisodiy adabiyotlarda uning ikki modeli shartli ravishda ko‘rsatiladi. Birinchi model mumtoz (klassik) modeldir. Ikkinchi model innovatsion model deb ataladi,
1. Klassik modelda tadbirkor o‘z faoliyatini mavjud resurslardan samarali foydalanib, yuqori foyda olish nuqtai nazaridan tashkil etadi. Bu resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga va uning asosida iqtisodiy maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. Innovatsion tadbirkorlik faoliyati modeli yangidan yangi imkoniyatlami izlashga qaratilgandir. Bu faoliyat birinchi modelga zid ravishda nafaqat o'zida mavjud resurslardangina foydalanishga, shu bilan birga o'zgalarning resurslarini ham turli usullarda jalb qilishga qaratilgan, izlanuvchanlik, yangiliklarga intiluvchanlik (novatorlik) faoliyatidir.
2. Innovatsion model tadbirkordagi tadbirkor ongi, fikrlash ongi amaliy xo‘jalik faoiiyatida qo'llaniladigan original, yangicha iqtisodiy qarashlar va yangicha qarorlar qabul qilish ko ‘nikmalari, usullari yig'indisini bildiradi. Tadbirkorlik faoliyatining ikkala modeli ham aynan bir xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Ammo iqtisodiy adabiyotlarda ulaming namoyon bo’lish shakllarining klassifikatsiyasi ishlab chiqilmagan. Bizning fikrimizga ko'ra, tadbirkorlik shakllarining umumiy klassifikasiyasini ishlab chiqishda tadbirkorlik shakllarining namoyon bo‘lishidagi umumiy bclgilarga asoslanish lozim bo‘ladi. Bunda tadibrkorlikni mulkiy shakli, tashkiliy darajasi, faoliyat sohasi, undagi band bo ‘lgan xodimlar soni kabi belgilariga ko‘ra gumhlash maqsadga muvofiqdir.
Tadbirkorlik
Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin