Kichik biznesda innovatsion faoliyat



Yüklə 19,89 Kb.
səhifə1/2
tarix15.10.2023
ölçüsü19,89 Kb.
#155916
  1   2
555Kichik biznesda innovatsion faoliyat


Kichik biznesda innovatsion faoliyat
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim jihatlaridan biri, bu – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga turli imtiyoz va preferensiyalar berish va bu orqali mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmini keskin oshirish, aholini ish bilan ta’minlash masalalarini hal qilish va milliy farovonlikni ta’minlashdan iboratdir. Chunki, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish davrida bozor konyunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi nuqtai nazaridan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini yanada qo’llab-quvvatlash, rivojlantirish vazifasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat va uning xususiyatlari
Iqtisodiyotning tobora integratsiyalashib borayotganligi sababli innovatsiyalar jahon iqtisodiyotining barcha sohalarida zamonaviy rivojlanish mazmuniga aylanib ulgurgani barchaga ayon va bunga innovatsiya faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish orqali erishilganligini hisobga olsak, innovatsiya faoliyatining mazmun-mohiyatini bilish zarurligini anglab yetish mumkin.
Bugungi kunda jadal taraqqiy etib borayotgan fan-texnika natijasida yuqori darajadagi o’sish sur’atlari va barqaror rivojlanishning asosiy va samarali omillaridan biri sifatida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va rag’batlantirish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Zero, zamonaviy taraqqiyotni innovatsion faoliyatning natijasi sifatida olinadigan intellektual mahsulotsiz tasavvur bo’lmaydi.
Bozor munosabatlari sharoitida ilm-fan va iqtisodiyotning uzviy aloqasi tobora kengayib bormoqda. “Kuchli fan – kuchli iqtisodiyot” iborasi nafaqat bugungi kun uchun balki insoniyat kelajagi uchun ham dolzarb bo’lib qolmoqda.
Innovatsiya faoliyatining bugungi kunda hayotimizning mazmuniga aylanib borayotganligi va o’z kelajagimizni qurishda maqsadlarimizni amalga oshirish jarayoniga tobora chuqur kirib borayotganligi, shu bilan bir qatorda yangi-yangi imkoniyatlarni taqdim etayotganligi mazkur atamaning mazmunini o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda intilishlarni tobora kuchaytirib bormoqda. Shu munosabat bilan ko’plab iqtisodchi-olimlar tomonidan innovatsion faoliyatga doir turli talqindagi ta’riflar keltirilmoqda. Ular bir-biridan keskin farq qilmasa-da, lekin innovatsiyaning ma’lum bir jihatlari, xususiyatlari orqali tafovutni sezish mumkin. Quyida innovatsion faoliyat tushunchasiga berilgan ba’zi ta’riflarni keltiramiz.
Rus olimlaridan Folomyev A.N. “Innovatsiya faoliyati – tugallangan ilmiy-tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar natijalarini o’tkazishga qaratilgan jarayon” degan tushunchani keltirgan bo’lsa, Glushenko V.V. va Glushenko I.I. tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra: “innovatsiya faoliyati – ishlab chiqariluvchi mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, yangilash va sifatini oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanish, ularning kelgusi joriy etilishi bilan bog’liq texnologiyalarni takomillashtirish va ichki hamda tashqi bozorlarda samarali amalga oshirilishiga yo’naltirilgan faoliyat”ni anglatadi.
O’zbekistonda ham innovatsiya sohasida keng ko’lamda ilmiy-izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan iqtisodchi olimlar bo’lib, ular ham innovatsiya va innovatsion faoliyat sohasiga o’z tadqiqotlari asosida turli talqindagi ta’riflarni keltirganlar. Jumladan, E.Egamberdiyev va X.Xo’jaqulovlar tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra “Innovatsiya faoliyati – texnika va texnologiya yangiliklarini joriy etish bilan bog’liq faoliyat” dir.
Ushbu tushunchaga berilgan ta’riflarni ko’plab keltirish mumkin, albatta. Biz o’z tadqiqotlarimiz asosida “Innovatsion faoliyat” tushunchasiga quyidagicha ta’rifni keltirib o’tmoqchimiz: “Innovatsiya faoliyati – bu har qanday faoliyat sohasida yuqori samaraga erishish maqsadida zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llash, takomillashgan menejment usullarini qo’llash bilan bog’liq bo’lgan ilmiy faoliyatdir”.
Innovatsion faoliyatning mohiyati birinchidan, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularni iste’mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borish bilan izohlanadi.
Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagilarni kiritish taklif etiladi:
- Amaliyotda qo’llash uchun mo’ljallangan yangi va takomillashtirilgan mahsulot, texnologik jarayon yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqotchilik, tajriba-konstruktorlik ishlar bajarish;
- Yangi mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy etish uchun ishlab chiqarishni har tomonlama tayyorlash va texnologik qayta jihozlash;
- Takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko’rishni amalga oshirish;
- Xarajatlar o’zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon qo’llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish;
- Yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo’yicha faoliyat;
- Innovatsion infratuzilma yaratish hamda uni rivojlantirish;
- Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
- Sanoat mulki obyektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish, xarid qilish;
- Yangi, takomillashtirilgan mahsulot, takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo’llash bo’yicha ekspertiza, maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko’rsatish;
- Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil etish.
Amalga oshiriladigan har qanday faoliyatning o’z obyekti hamda subyekti bo’lganidek, innovatsiya faoliyatining ham obyekti va subyekti mavjud.
Mamlakat hududida joylashgan mulk shakli va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, korxonalar tominidan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish innovatsiya faoliyati obyekti hisoblanadi.
Innovatsion faoliyat subyektlari esa quyidagilar hisoblanadi:

  • Innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan yuridik hamda jismoniy

shaxslar;

  • Innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi

innovatsion tashkilotlar;

  • Innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk

egalari;

Investorlar;

  • banklar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;

  • Innovatsion jarayonga xizmat ko’rsatadigan hamda uning

infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnopark hamda texnopolislar, axborot markazlari va boshqalar.

Yüklə 19,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin