Kichik guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulot ishlanmasi.
Maqsadi:Bolalarda sog’lomi jismoniy shakllanishni rivojlantirish va immunitetini mustahkamlash. Hamda yurish va yugurishga oid malakani rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Turli xil rangdagi kotokchalar, rangli lentalar, yumoshoq yostiqchalar, halqalar.
I. Tashkiliy qism: yurish, yugurishlar. II. Asosiy qism: a) umumrivojlantiruvchi mashqlar (2–3 ta va 3–4 marta takrorlanadi); b) 1 yoki 2 ta asosiy harakatlarga o‘rgatish; d) harakatli o‘yin.
III. Yakuniy qism: sekin yurish yoki kam harakatli o‘yin. Ertalabki gimnastika ham 3 qismdan iborat: I. Tashkiliy qism: yurish va yugurishlar.
II. Asosiy qism: umumrivojlantiruvchi mashqlar. Qo‘l va yelka, o‘mrov o‘stiradigan mashqlar, oyoq muskullarini mustahkamlovchi mashqlar. Shulardan 3 xil mashq tanlab olinib, 3–4 marta takrorlanadi.
III. Yakuniyqism: tinch yurish yoki nafas olish mashqlari. Tanlangan mashqlarni ana shunday taqsimlash 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalarga jismonan to‘g‘ri rivojlanishga, mashg‘ulotdan mashg‘ulotgacha asta-sekin murakkablashtirishga yordam beradi. Tarbiyachi o‘z ishida tayyor mashqlar kompleksidan foydalanishi mumkin yoki o‘zi ham tuzishi mumkin. Mashqlarni tuzishda quyidagilarga rioya qilish kerak: a) bolalarni jismoniy imkoniyatlarini hisobga olishi; b) mashqlarni tanlashda bola organizmiga asta-sekin ta’sir etishini;
d) tanlangan mashqlarni yarmisi bolalarga tanish, takroriy, yarmisi esa yangi mashqlar bo‘lishi; e) ko‘p mashqlarni dastlabki holati o‘tirish, qorinda va orqada yotish; f) mashg‘ulotlarni yakuniy qismida albatta harakatli o‘yinni qo‘shib olib borish kerak. 2–3 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, chiniqtirish tadbirlari, tizimlilik va izchilik asosida o‘tkazilsagina samarali ta’sir ko‘rsatadi.