Kichik maktab yoshdagi o’quvchilarning aqliy taraqqiyotining shakllanishida bilish jarayonining o’rni



Yüklə 112,86 Kb.
səhifə2/12
tarix02.01.2022
ölçüsü112,86 Kb.
#50971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
boshlangich sinf oquvchilarida aqliy taraqqiyot shakllanishining psixologik xususiyatlari

KIRISH




Mavzuning dolzarbligi: O`zbekistonni mustaqillikni qo`lga kiritgach mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan shaxsni shakllantirish ta`lim va maoruf tizimini yuksaltirishdek ustuvor vazifalrni amalga oshirishga alohida e`tabor berildi. O`zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek “Hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida buyuk ma`naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish milliy ta`lim va tarbiya tizimini takomillashtirish uning zaminini mustahkamlash zamon talablari bilan uyg`unlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish barkamol avlodni tarbiyalash zarur” ushbu mulohazalarda ko`rinib turibdiki Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohatlarning yaratuvchisi sifatida shaklanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish ularning zamon talablari darajasida bilim olishi shaxs sifatida kamol topishi boshlang`ich ta`lim sirlarini o`rganish va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy muammolar tariqasida ta`lim jarayonida ko`ndalang bo`lib turibdi. Ma`lumki “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da keltirilgan uzluksiz ta`lim tizimining barcha bug`unlarida ushbu muammoni hal etishda o`qitish jarayoni subyektlarining o`ziga hos o`rni mavjud shu o`rinda mamlakatimiz taraqqiyoti boshlang`ich ta`limdan boshlanishi lozimligini ham bejizga qayt etilmagan.

Bola aqliy taraqqiyotini ribojlantirishda psixologik yondashuvlar o`rni beqiyosdir bunda albatta o`qituvchi ta`lim berish orqali o`quvchilar intelektual salohiyatini oshirish erkin firklashga o`rgatishga alohida ahamiyat berishlari zarurdir.

Shu o`rinda I.A.Karimov “O`qituvchining bosh vazifasi o`quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko`nikmalarni hosil qilishdan iboratdir”. Demokratik jamiyatda bolalar umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa berilgan ta`lim samarasi past bo`lishi muqarrar mustaqil fikrlash ham katta boylikdir, deb o`qitirib o`rganganlar shu bois ham bitiruv malakaviy ishimiz boshlang`ich sinf yoshidagi bolaga ta`lim berish bilan birga uning aqliy taraqqiyot darajasini shakllantirishga oid psixologik yo`ndashishlarning yangicha usullarini ishlab chiqish va amaliyotga qo`llab olish zarurdir.

Jahonning barcha davlatlarida bo`lganidek kabi dunyo haritasida munosib o`rin olgan respublikamizning ta`lim sohasida islohatlar boshlandi. Bu islohatlarning barchasi inson ongli har qachongidan ham yuqori saviyaga ko`tarib inson va uning mukammalligi o`z ustida ishlashi o`z mukammalligi hususida qayg`urish muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. Ayniqsa boshlang`ich ta`lim tizimida o`quvchilarning aqliy rivojlanishining muammosining psixologik hususiyatlarini tarkib toptirish ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratiladi. Milliy dasturda e`tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish yosh avlod



ongining ta`lim olish davridagi rivojlanish tendinsiyalaridan tortib toki yangicha o`qitish texnologiyalarini bola tominidan o`zlashtirishi va undagi aqliy intelektual qobiliyatlarga nechog`lik ta`sir ko`rsatayotganligini o`rganish ma`naviy barkamollik tamoillarini maktabda va yangi tipdagi ta`lim muassasalarida joriy etish psixologik yo`ndashish o`qitishning eng ilg`or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni taqozo etadi. Boshlang`ich ta`lim tizimida o`quvchilarning bilish jarayonlari va aqliy rivojlanishni tarkib toptirishda psixologik yo`ndashuvlarning tadbiq etish ishning bosh maqsadi sifatida gavdalanadi.

Yüklə 112,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin