xmlns:w="urn:schemas-microsoft-com:office:word"
xmlns="http://www.w3.org/TR/REC-html40">
Mavzu: kichik va katta guruhlar psixalogiyasi
Mavzu:KICHIK VA KATTA GURUHLAR PSIXALOGIYASI
Ma
Mavzu:KICHIK VA KATTA GURUHLAR PSIXALOGIYASI
REJA:1.Kichik guruh tushunchasi. 2.Kichik guruhlar klassifikatsiyasi. 3.Kichik guruh tuzilishi. 4.Katta guruhlar psixologiyasi muammolari. 5.Noformal birlashmalar va stixiyali tashkil tashkil etilmagan guruhlar psixologiyasi. 6.Etnik guruhlarni psixologik xususiyati
REJA:1.Kichik guruh tushunchasi. 2.Kichik guruhlar klassifikatsiyasi. 3.Kichik guruh tuzilishi. 4.Katta guruhlar psixologiyasi muammolari. 5.Noformal birlashmalar va stixiyali kil tashkil etilmagan guruhlar psixologiyasi. 6.Etnik guruhlarni psixologik xususiyati. Guruh tashkil topishi uchun:
umumiy maqsad
tilaklar
mumumiy shartlar bo'lishi shart
Guruh - bu ma'lum bir belgilar asosida ijtimoiy yaxlitlikdan ajralib turadigan, hajmi cheklangan odamlar jamoasi. Agregatsiya - olomon, tasodifiy hodisaning tomoshabini. Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko`plab ilmiy tadqiqotlar o`tkazilgan obektlardandir.Bu an'ana Amerikada asrimiz boshida o`tkazilgan ko`plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo`lib,ularda olimlar oldiga qo`yilgan asosiy muommo shu ediki, individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo`lishi uning faoliyatiga qanday ta`sir ko`rsatadi kabi savollarga aniq ilmiy asoslangan javob topish zaruratidir.Shuni ta`kidlash lozimki, bunda sharoitlarda indivitlarning o`zaro hamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir yerda birga bo`lganlligi faktining (koaksiya) ta`siri o`rganiladi.Olingan ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo`lga individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlanadi. Bunday ma`lumotlar amerikalik N.Triplett, nemis olimi A.Mayyor, rus olimi V.M.Bexterev yana bir nemis olimi V.Myode va boshqalarning tadqiqotlaridan ham qayt etiladi.Bu psixoligik hodisa Sotsial psixologiyada ijtimoyi fatsilitatsiya nomini oladi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida boshqa individlarning bevosita ta`siri bolib, bu ta`siri avvalo sensor kuchayishlar hamda ish-harakatlarining, fikirlashlarning tezligida namoyon bo`ladi.Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatiladi, yani boshqalar ta`sirida individ reyaksiyalardagi tormizlanish faoliyatining susayishi holatlari kuzatiladi.Bu hodisa fanda ingibitsiya nomini oladi.Lekin olingan faktlarning qandayligidan qa`ti nazar, olimlar uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular natijasida qator qonuniyatlar ochildi. Kichik guruhlarning hajmi, uni tashkil etuvchi shaxslar soni odatda "diada" ikki kishidan tortib 30-40 kishi ya'ni maktab sharoitidagacha bo'lishi mumkin.Ikki kishilik guruh diyilganda avvalo oila-yangi shakillanga oila ko'proq nazarda tutiladi. Lekin samarali o'zaro ta'sir nazarda tutilganda 2-7kishi nazarda tutiladi. Bunda guruh turli ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar uchun ham, ijtimoyi-psixalogiya trening o'tkazish uchun ham qulay hisoblanadi.
Guruhning o'lchami qanchalik katta bo'lsa, uning alohida olingan shaxslar uchun qadrsizlanib borish xavfi kuchayadi yani, shaxsning ko'pchilikdan iborat guruhdan o'zini tortish va uning normalarini buzishga moyilliga ortib boradi. Guruhning hajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o'zaro munosabatlar taranglashib boradi. Chunki, shaxslarning bir-birlari oldida masuliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari ularning o'rtasidagi aloqalarda doimo aniqlik bo'lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar, yani nomutanosibliklar ochiq holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Agar guruh a'zolarining soni toq bo'lsa, ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlar juft bo'lgan holdagidan ancha yaxshi bo'ladi. Boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi. Shaxsning guruh tazyiqiga berilishi va boysunishi ham guruh a'zolarining soniga bog'liq. Guruh soni 4-5 kishi bo'lgunga qadar, uning tasiri kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, ta'sirchanlik kamayib boradi.