Kif fakulteti. 210-21 guruh talabasi Raxmonaliyev Abbos



Yüklə 178,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü178,05 Kb.
#162857
1   2   3
1-amaliy ish ps.

3-topshiriq.
 
Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari haqida ma’lumot 
olish (Kichik gurhlarda ishlash, B.B.B. usullari asosida). 
Muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va 
psixologik xususiyatlar 
yosh 
xususiyatlari 
deb 
ataladi. 
Ana 
shu 
yosh 
xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola 
rivojlanishiga tarbiya ta'siri kuchli bo'ladi. Bolalarning tarbiyasiga to'g'ri yondashish, 
uni muvaffaqiyatli o'qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos 
xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining 
o'sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha 
bo'ladi. Bolaning o'ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil 
yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, ko'rish va 
eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, 
sergap yoki kamgapligi, serg'ayrat yoki g'ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-


partish va chala ishlaydigan, yig'inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv 
faoliyati tizimining ta'siri bo'lib, o'qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning 
individual — o'ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va 
bolaning o'ziga xos xususiyatini o'rganish, metodikasini bilish muhim.
Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma'nosini 
anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Shuningdek, turli 
yosh davrlarining o'ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf 
o'quvchilari bilan 10-sinf o'quvchisini tenglashtirib bo'lmaydi. Shuning uchun bolaning 
jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo'linadi: 
1. Go'daklik davri — chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha boigan davr. 
2. Bog'chagacha bo'lgan yosh davri — 1 yoshdan 3 yoshgacha. 
3. Maktabgacha bo'lgan yosh davri — 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
4. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar (bolalar)—7 yoshdan 11,12 yoshgacha. 
5. O'rta maktab yoshidagi o'quvchilar (o'smirlar) — 14—15 yosh. 
6. Katta yoshdagi maktab o'quvchilari (o'spirinlar) - 16-18 yosh. 
Kichik maktab yoshida o'yin faoliyatining o'rnini endi o'qish faoliyati egallaydi. Bu 
juda qiyin o'tish davri bo’lib, bolaning bo'yi, og'irligi jihatdan uning tashqi ko'rinishi 
kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o'sishi 
tufayli serharakat bo'ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. Jismoniy o'sishiga xos bu 
xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va 
o'rganishga qiziquvchan bo'ladi. Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli 
uchrashuv, sayr va tomosha, ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri 
o'quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo'ladi, his-tuyg'ulari 
mazmuni o'zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar. 


O'rta maktab yoshi (o'smirlik 12—15 yosh). O'smirlikning murakkabligi anotomik-
fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o'zgarishlar bilan bog'liqdir. Bolaning 
o'sishi tezlashadi. Bu davrni o'tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri 
boshlanadi. Bu bolaning fe'1-atvoriga ta'sir etadi. O'smir hayotida mehnat, o'yin, sport 
va jamoat ishlari katta rol o'ynaydi. Ba'zilarining o'zlashtirishi pasayadi. 
Intizomi bo'shashadi.Hozirgi davr o'smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko'zga 
tashlanadi: 
1. Intellektual rivojlanish — 
tafakkur qobiliyati
, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil 
etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to'garaklar, studiya, seksiya, turli 
tadbirlar o'tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o'qishga qiziqishi ortadi. 
2. O'z-o'zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o'zini boshqalar bilan 
solishtira boshlaydi. 
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda, o'smir xarakterida murakkab qarama-
qarshiliklar ham mavjud bo'ladi. Bu o'smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar — yosh 
xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi. Lekin o'smirlarning hammasida ham 
bilishga qiziqish darajasi yuqori emas, 38 foiz o'smir hech qaysi o'quv fanlarini o'qishga 
qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o'quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta 
o'quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o'smirlar qiziqishi o'qituvchiga 
bog'liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o'qishlari ham barqaror emas. 
Turli to'garaklarga 21 foiz o'smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan 
shug'ullanadi. 40 foiz o'quvchida, sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham 
barqarorlik yo'q. Eng muhim qiziqish - teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 
foiz o'smir tomosha qiladi. Ular oddiy kunni o'z ixtiyorlari bilan qanday o'tkazadilar, 
degan savolga javob topish uchun o'tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd 
etdi: 85 foiz o'smir vaqtini o'z holicha o'tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko'radi, 50 
foizi sport bilan shug'ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon 
baho olmaslik uchun maktabga boradigan o'smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi. 


O'smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan 
ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta'sir etadi. Shuning 
uchun maktab hayoti «qiyin» vazifalarga to'liq bo'ladi. Bu yoshda o'smirlar kattalar 
oldida o'zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O'z-o'zini tarbiyalashga 
bo'lgan talab o'sadi. «Dangasa», «qo'pol», «bee'tibor», «qobiliyatsiz» degan 
kattalarning baholarini ular og'rinib qabul qiladilar. O'smir yoshida, o'g'il va qiz bolalar 
o'rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun 
bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e'tibor berish lozim. O'z-o'zini tarbiyalash 
natijasida o'g'il bolalar kuchli, erkin, e'tiborli, jasur; qizlar esa - o'ta ko'nikuvchan, 
kamtar va jiddiy bo'la boshlaydilar. Shuning uchun o'smirga o'z vaqtini rejalashtirishda 
yordam berish zarur. 13—14 yoshgacha o'smirda burch hissi, mas'uliyatni his etish
vazminlik paydo bo'la boshlaydi. Muhimi, o'smir shaxsini hurmat qilish, kamsitmaslik, 
katta bo'lib qolganligini tan olish zarur. 
Katta maktab yoshi - kollej, litsey o'quvchilari (o'spirinlik davri 15-18 yosh). Bu 
davr o'spirinlarning ilk balog'atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish 
tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O'spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtayi 
nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, 
his-tuyg'ularida ham o'zgarish yuz beradi. O'z-o'zini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal 
tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda , ular o'rtasida munozaralar o'tkazish 
yaxshi natija beradi. O'spirinlar o'z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o'spirinning 
barcha intilishlari ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bo’lshi zarur. Ularda o'quv fanlarini 
tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi. 
O'spirinlik bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o'z fikrlarini 
mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. 
Shunda o'qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g'o'r fikrlari va dunyoqarashlarini 
to'g'ri yo'naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o'z-o'zini anglash, ma'naviy-axloqiy, 
ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. 

Yüklə 178,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin