Kimyo fakulteti “Fizikaviy kimyo” kafedrasi 70530101-Kimyo (Fizik kimyo) mutaxassisligi ii-bosqich magistranti Hikmatullayev Niyozmurodning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot
Kimyo fakulteti “Fizikaviy kimyo” kafedrasi 70530101-Kimyo (Fizik kimyo) mutaxassisligi II-bosqich magistranti Hikmatullayev Niyozmurodning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyani tayorlash bo‘yicha kalendar ish rejasida mo‘ljallangan ishlar bo‘yicha 2022-2023-o‘quv yilining III yarim yillik amalga oshirilgan ishlar HISOBOTI Mavzu: “Aminospirtlar asosida olingan sirt faol moddalarning kolloid kimyoviy xossalari” O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha: 70530101-Kimyo (Fizik kimyo) mutaxassislik fanlaridan ikkinchi semestr uchun o‘quv rejadagi belgilangan fanlarni o‘zlashtirib borayapmiz. 3-semestr uchun qo‘yilgan fanlar . “Fazaviy muvozanat”, “Eritmalar termodinamikasi” fanlaridan ma’ruza, seminar mashg‘ulotlarida to‘liq qatnashib bordim. Yuqorida ko‘rsatilgan fanlardan joriy va oraliq nazorat ishlarini topshirdim. O‘quv rejasiga kiritilgan barcha fanlar bo‘yicha kalendar rejaga asosan professor-o‘qituvchilarning ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya darslariga o‘z vaqtida qatnashib bordim. Barcha fanlardan mustaqil ishlar va referatlarni o‘z vaqtida topshirdim. Fizikaviy kimyo kafedrasida o‘tkazilgan ilmiy seminarlarda faol ishtirok etib, ilmiy rahbarim va professor o‘qituvchilardan zaruriy maslahatlarni olayapman.
Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha. Ilmiy tadqiqot ishimning amaliy qismini bajarishda davom etayapman. Sintez qilgan moddadalarimni IQ-spektroskopik analiz natijalarini oldik va tahlil qildik. Reaksiya mahsulotlarimizning kolloid kimyoviy xossalarini(sirt tarangligi, elektr o’tkazuvchanligi) va termodinamik xossalarini o’rgandik. Sintez qilingan mahsulotimizning fizik-kimyoviy va kolloid xossalarini o’rganishni davom ettirish uchun, tajribalarimizning metodlari bilan tanishib chiqmoqdaman.
Ilmiy-pedagogik ishlar bo‘yicha: Fizikaviy kimyo kafedrasining yetakchi professor-o‘qituvchilaridan t.f.d.,dots. A.A.Qodirov, k.f.d., prof H.I.Akbarov, k.f.d., dots. N.B.Eshmamatova ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarida qatnashib borayapman. Ularning mashg‘ulotlari bo‘yicha taxliliy ma’lumot shakllantirib ilmiy rahbarim nazoratidan o‘tkazdim. Har hafta pedagogik amaliyot bo‘yicha fizikaviy kimyo kafedrasidagi o‘tilayotgan fanlardan mashg‘ulotlarga qatnashib borayapman. Sirt faol moddalar va o‘zim magistrlik dissertatsiya mavzuyim “Aminospirtlar asosida sirt faol modadlarning kolloid kimyoviy xossalari” haqida ma’ruza qildim. O‘zim muntazam darslarni borishini kuzatib borayapman. Kafedraning yosh o‘qituvchilarining seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarida qatnashib kerakli ko‘nikma va tajribalarga ega bo‘layapman.
Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha tayyorlashnitadqiqotni o‘tkazishga men “Aminospirtlar asosida sirt faol modalarning kolloid kimyoviy xossalari” mavzusidagi dissertatsiya ustida rahbarim, t.f.d.,dots. A.A. Qodirov maslahatlari asosida ish olib borayapman. Dimetiletanolamin va distillangan yog’ kislotalari(DYK) 5 xil nisbatda reaksiya mahsulotlarining sirt taranglik ko’rsatkichlarini Rebinder asbobi yordamida o’rgandim hamda mahsulotlarning elektr ko’rsatkichlarini aniqladim . Ikkita Respublika anjumanida ishtirok etdik Navoiyda “ЭМУЛЬСИОННО ПОЛИМЕРНЫЙ РАСТВОР ДЛЯ БУРЕНИЯ ГЕОТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СКВАЖИН НА ЗОЛОТО И ЦВЕТНЫЕ МЕТАЛЛЫ” nomli tezis bilan qatnashdik. Namangandagi xalqaro konferensiyada ham “AMINOSPIRTLAR ASOSIDA SIRT FAOL MODDALARNING KOLLOID-KIMYOVIY XOSSALARI” nomli tezis chiqdi.
Tezis chiqqandan so‘ng to‘plam ilova qilindi.