3-mavzu. Ajratish va konsentrlash jarayonlarining asosiy miqdoriy tavsiflari
Ajratish va konsentrlash metodlari (AKM) ning aniqlash metodlari bilan o‘zaro bog‘liqligi. Aralash va gibrid analiz metodlari. Analizda konsentrlash metodlaridan foydalaniladigan ob’ektlar.
4-mavzu. Ajratish va konsentrlashning kimyoviy metodlari
Ajratish va konsentrlashning kimyoviy metodlari. Cho‘ktirish metodi. Kislotalliligi nazorat qilinadigan ajratish va konsentlash. Organik va noorganik cho‘ktiruvchilar. Sorbsiya. Sorbsiya konsentrlash metodi sifatida. Aktivlangan ko‘mir, metall oksidlari yordamida sorbsiyalash. Tabiiy sintetik ionitlar yordamidagi sorbsiya. Xelat hosil qiluvchi smolalar va boshqa sorbentlar sorbsiyasi. Cho‘ktirish va birgalashib cho‘ktirish. Konsentlashning umumiy tavsiflari. Konsentrlashning ahamiyati va qo‘llanilish sohalari. Organik va anorganik reagentlar yordamida elementlarni ajratish. Metallarni sulfidlar, oksixinolyatlar ko‘rinishida ajratish. Aralashmalarni birgalashib cho‘ktirish mexanizmi, birgalashib cho‘kishga tasir qiluvchi omillar.
Dostları ilə paylaş: |