Analizning bajarilishi
Sig‘imi 50-100 ml li ajratish voronkasiga 3,0ml 1,0M li NaAc (pipetka yordamida), 2,0 ml ferroin, jadvalda ko‘rsatilgan miqdordagi 0,05 M yoki 0,5 M li KI, eritmasi va suvli fazaning umumiy hajmi aniq 10,0 ml bo‘lguncha distillangan suv solinadi. Hosil bo‘lgan eritmaga 6,0 ml CHCl3 (aniq darajalangan probirka yordamida) va 2,0 minut qum soatida silkitiladi. 10-15 minutdan so‘ng fazalar ajralgach ekstrakt (pastki qavat) 1,0 sm li quruq kyuvetaga quyiladi (ajratish voronkasining pastki burni ekstrakt quyilishi oldidan filtr qog‘ozi yordamida artiladi). Ekstraktning optik zichligi KFK-2 yordamida NF. № 5 da o‘lchanadi. Olingan tajriba natijalari 13.1-jadvalda yozilib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |