Moddalar massasining saqlanish qonuni. Hozirgi zamon tabiiy fanining asosini materiya va uning harakati prinsipi tashkil qiladi, buni 1748 yili
Lomonosov quyidagicha ta'rifladi: "Tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar bir jismdan qancha qamaysa, ikkinchi jismga shuncha qo‘shiladi.Tabiatning bu umumiy qonuni harakatga ham ta‘luqlidir". Miqdoriy metodlarni qo‘llab himiyaviy prosesslarda Lomonosov 1756 yilda shunday ta'rif berdi, kimyoviy o‘zgarishlarda moddaning umumiy massasi o‘zgarmaydi.
Reaktsiyaga kirishgan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalarning massasiga hamma vaqt teng.
Lomonosov yaratgan qonunni tasdiqlab, Lauazo'e 1774 yili shuni aniqladiki, kimyoviy reaksiyalarda umumiy massa saqlanishdan tashqari har bir elementning massasi ham saqlanadi dedi.
Lomonosov 1760 yili materiya va uning harakatini saqlash prinsipiga asosan, energiyani saqlanish qonuniga ta'rif berdi.
Reaksiyaga kirishuvchi moddaning energiya sistemasi, reaksiyadan qeyin hosil bo‘lgan moddaning energiya sistemasiga teng.
XX asr boshlarida massa va energiya orasida bog‘liqlik yo‘q deb tushunilar edi. 1905 yili A.Eynshteyn energiya (E) bilan massa (m) orasida bog‘liqlik borligini aniqladi. E=m c2 S- yorugliq tezligi, vaqqumda
Massa va energiyaning saqlanish qonunini umumlashtirib, quyidagicha ta'riflash mumkin: Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massa va energiya yigindisi, hosil bo‘ladigan mahsulot massa va energiyasining yigindisiga teng.
Dostları ilə paylaş: |