Kimyo fani va uning vazifalari



Yüklə 62 Kb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü62 Kb.
#42425
  1   2   3   4
Kimyo fani va uning vazifalari


KIMYO VA HAYOT
Reja:
1. Kimyo fani va uning vazifalari.

2. Kimyoning paydo bo’lish va rivojlanish tarixi.

3. Kimyoning ahamiyati.

KIMYO FANI VA UNING VAZIFALARI .

Kimyo tabiiy fanlar qatoriga kiradi. U dunyoni tashkil etgan elementlarni hamda shu elementlardan hosil bo’lgan turli - tuman moddalarni, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va o’zgarishlarini, shuningdek, bu o’zgarishlarda sodir bo’ladigan xossalarni o’rganadi.

Kimyoviy o’zgarishlarda (reaktsiyalarda) dastlabki moddalarda, ya‘ni xomashyodan boshqa tarkibga va boshqa xossalarga ega bo’lgan mahsulotlar olinadi.

Kimyoviy o’zgarishlarda, albatta, dastlabki moddalarning tarkibi o’zgaradi, fizik o’zgarishlarda esa bu hol kuzatilmaydi.

Kimyoviy jarayonlarning borishi reaktsiyada ishtirok etadigan moddalarning tarkibiga, ularni tashkil etuvchi zarrachalarning tuzilishiga bog’liq. Shuning uchun moddalarning tuzilishi bilan ularning reaktsiyaga kirishish qobiliyati orasidagi bog’lanishni o’rganish muhim ahamiyatga ega.

Odamlar bundan bir necha ming yil ilgari rudalardan metallar ajratib olishda, metall qotishmalar tayyorlashda, shisha pishirish va shunga o’xshash jarayonlarni amalga oshirishda kimyoviy hodisalardan keng foydalanib kelganlar. Bundan ming yil elgari yashab o’tgan o’zimizning mashhur allomalarimizdan Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar o’z ishlarida fizikaviy xossalardan foydalanib minerallarni o’rganganlar va dori-darmonlar tayyorlaganlar. Bunda ular quritish, kukunlash, eritish, filtrlash, tindirish, qayta kristallash, bug’latish kabi jarayonlarni qo’llaganlar.

Modda toza holda olingandagina uning xossalarini ancha aniq bilish mumkin, chunki tekshiriladigan moddaga juda oz miqdorda qo’shimchalar aralashgan bo’lsa ham modda konstantalarining son qiymatlari o’zgaradi. Ammo modda tabiatda toza holda kamdan-kam uchraydi. Ko’pincha, tabiiy moddalar turli moddalardan iborat aralashmalar holida bo’ladi. Masalan, tabiiy suvda ma‘lum miqdorda mineral tuzlar bo’ladi. Tabiatdagi moddalarda xilma- xil o’zgarishlar sodir bo’lib turadi. Masalan, temir buyumlar havoda zanglaydi va hokazo.

Kimyo fizika bilan uzviy bog’langan. «Bu ikkala fan,- deb yozgan edi Lomonosov, - bir- biri bilan shunday bog’langanki, ular bir- birisiz mukammal bo’la olmaydi». Kimyo boshqa tabiiy fanlar va, ayniqsa, geologiya hamda biologiya bilan ham tutashib ketadi. Kimyo bilan geologiya o’rtasida geokimyo fani vujudga keldi, u Yerning turli sistemalarida kimyoviy elementlarning tarqalishini va ko’chib yurishini o’rganadi. Kimyo bilan biologiya orasida tirik organizmlarda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlarni o’rganadigan biokimyo, bioanorganik va bioorganik kimyo fanlari tarkib topdi.

Moddalar juda ko’p: xozirgi vaqtda 4 mln.dan ortiq organik va 100 mingdan ortiq anorganik moddalar ma‘lum. Ularni o’rganishni osonlashtirish uchun bu moddalar turli belgilariga ko’ra sinflarga bo’linadi. Masalan, ma‘lum bo’lgan barcha moddalarni uchta guruxga ajratish mumkin: oddiy moddalar, murakkab moddalar va aralashmalar. Moddalarni sinflarga bo’lishning juda ko’p boshqa usullari ham bor.

Kimyoning eng muhim vazifasi- oldindan belgilangan xossali moddalar olish va sanoat ishlab chiqarishini jadallashtirishdan, chiqindisiz texnologiya yaratishdan iborat. Yana bir muxim vazifasi- kimyoviy o’zgarishlar energiyasidan foydalanishdir.



Yüklə 62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin