Surunkali alkogolizm nima. Taz – tez, tizimli ravishda spirtli ichimlikni ichish oqibatida surunkali alkogolizm kelib chiqadi.
Alkogolizm bilan kasallanish asta – sekin, ko’pincha sezilarsiz, atrofdagilar sezmagan xolda vujudga keladi. Bu davr turmush yoki o’rganib qolish piyanistalik deyiladi. Odam ichkilikni unda – bunda ichadi lekin ko’p ichadi.
Spirtli ichimlikni ichishdan qoniqish hosil qilinadi, so’ng tez – tez ichkisi keladi.
Piyanistalik davrida qusush sodir bo’ladi. Xronik alkogolizmning 3 ta stadiyasi ajratiladi:
Brinchi stadiyasi – boshlang’ich davri bunda ichishga bahona topiladi (oiladagi janjal, ishda kelishmovchilik, baxtsizlik) yoki kayfiyatni turg’un emasligi. Spirtli ichimliklarni ichish tizimli bo’lib boradi, ichimlikni miqdori
ortiriladi.(3-5 marta ).
Bir vaqtda ichiladiga ichimlikni miqdori chegaralanmaydi. So’ng o’ta charchash, tasirchanlik, emotsiyanal barqarorlik, uyqusizlik, erta uyg’onish, ish qobiliyatini pasayishi xollari vujudga keladi.
Ikkinchi stadiya alkogolga jismoniy intilish erta bilan ozgina ichish bilan xarakterlanadi. Organizmni zaharlanishi tufayli ichkilikka doimiy bog’lanib qolish, organizmni ichkilik bilan qoniqtirish vujudga keladi, aks xolda organizm alkogolda och qolish sodir bo’ladi.
Ko’p ichgandan so’ng erta bilan bosh og’rish, umumiy xolsizlanish, qusish, ich ketish, qo’llarni qaltirashi, oyoqni qaltirashi hosil bo’ladi. Alkogolikda muzdek ter chiqish, qaltirash kuzatiladi. Bu noxush xollarda dush qabul qilish kefer ichish, bilan qutulish mumkun. Lekin bir necha vaqtdan so’ng spirtli ichimlikdan ichmasdan tura olmaydi.
Alkogol psixozning ko’rinishlaridan biri alaxsirash “belaya goryachka” hisoblanadi. U pyanistalikni tashlagandan bir necha soat yoki bir necha kun o’tganidan so’ng hosil bo’ladi. Kechki paytlarda alkogolik yolg’iz, hayajonlangan bo’ladi. Uning kayfiyati tez o’zgarib turadi. U yaxshi bo’lib qoladi, birdan xaffsiraydi, qo’rqadi. Kechqurun uxlolmaydi, ko’ruv galyutsinatsiyasi boshlanadi.
Bunda ko’pgina mayda xashoratlar, jinlar, murdalar ko’rinadi. Bu narsalar uyning burchagidan, karavat tagidan, bemani o’rab olayotgan bo’ladi unga o’rgimchaklar hujum qilayotgandek bo’ladi. Bu narsalar bemorni og’ir oqibatlarga keltirishi mumkin.
Bemorning kayfiyati tushib ketadi, yakkalikni xis etadi, ta’sirchanlik hosil bo’ladi, yig’loqi bo’lib qoladi, qo’rqadi. U o’zini keraksizdek xis etadi. O’z joniga qast qilishga urinadi. Alkogolizmni uchinchi stadiyasida bosh miya og’irligi kamayadi. Bemorning psixikasi o’zgaradi. Bemorning ichki a’zolari buziladi. Alkogolizmdan odam vahliroq o’ladi. Alkogolizmni ozgina ichilganda ham odam organizimi shikastlanadi.