Radiyning radioaktiv parchalanib, radon bilan geliy hosil qilishini quyidagicha yozish mumkin:
Sun’iy yadro reaksiyasi
1919-yilda Rezerford azot atomlarining yadrolarini α-zarrachalar bilan bombardimon qilib, birinchi marta sun’iy ravishda yadro reaksiyasini amalga oshirdi:
Barqaror (radioaktiv emas) izotoplardan
Barqaror (radioaktiv emas) izotoplardan 300 ga yaqini ma’lum. Elementlar davriy sistemasidagi ko‘pchilik kimyoviy elementlar ana shunday izotoplardan tarkib topgan. Ba’zi elementlarda barqaror izotoplar bilan birga uzoq vaqt yashaydigan radioaktiv izotoplari ham bo‘ladi.
Transuran elementlari
D.I. Mendeleyev davriy sistemasida urandan keyin turgan (transuran) elementlari radioaktiv hisoblanadi.Ular turg‘un izotoplarga ega emas. Yadro parchalanishi hodisasi hisobiga bunday elementlar atomlari nisbatan turg‘un atomga aylanadi. Atom yadrolarining bo‘linishi ularga elementar zarrachalar,ko‘proq neytronlar ta’sirida bo‘ladi.
Uran – 235 yadrosi
Uran – 235 yadrosining bo‘linishini quyidagicha yozsa bo‘ladi:
Yadro reaktorlarida neytronlarni ta’sir ettirish orqali barcha transuran elementlarining izotoplarini olish mumkin. Ana shu usullarda 118-elementgacha bo‘lgan transuran elementlar izotoplari olingan.
Radioaktiv preparatlar
Kasalliklarni davolashda va kasallik sabablarini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Saraton kasalligidagi xavfli o‘smalar borligini aniqlash uchun o‘smalardagi to‘qimalarning radioaktiv elementlarni yutib qolish xossasidan foydalaniladi.
Xavfli o‘smalarni
Xavfli o‘smalarni aniqlashda nishonlangan fosfor – 32 izotopi bo‘lgan natriy fosfati ishlatiladi. Agar yodning – 131 izotopi bo‘lgan natriy yodid qo‘llanilganda qalqonsimon bezdagi kasalliklarni tahlil qilishda foydalaniladi.