“Kimyoviy texnologiyaning maxsus boblari” fanini oʻqitishdan maqsad talabalarga kimyo sanoati korxonalarining asosiy xom ashyolari - metallar va metall qotishmalar, kamyob, nodir va tarqoq metallar, noorganik moddalar va mineral oʻgʻitlar, keramik va bogʻlovchi materiallar, organik sintez materiallari, plastmassalar va lok-boʻyoq materiallar, elastomerlar va rezina-texnik materiallar, sellyuloza asosidagi materiallar, yogʻoch asosidagi materiallar kabi materiallarning tuzilishi, xususiyatlari va ishlatilishi, hamda umumiy kimyoviy texnologiyalar boʻyicha bilimlarni oʻzlashtirishga zamin tayyorlaydi.
“Kimyoviy texnologiyaning maxsus boblari” fanini oʻqitishning ilgʻor va zamonaviy usullaridan: slaydlar koʻrsatish, fanning elektron versiyasidan foydalanish, internet orqali ma’lumotlar kabi foydalanish, darslarda interfaol usullarni qoʻllash orqali yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni oʻqitishda darslik, oʻquv qoʻllanma va oʻquv uslubiy majmua va koʻrsatmalardan foydalanildi.