Gravimetrik analiz tekshirilayotgan namunadan biror kompo- nentni aniq modda holida to‘liq (miqdoriy) ajratishga va uning massasini aniq o‘lchashga asoslangan analiz usulidir.
Gravimetriya usulida ishlatiluvchi asosiy asbob moddaning og‘irligini 0,0002 g (0,2 mg) gacha aniqlik bilan tortishga imkon beruvchi analitik tarozidir.
Bu usul bilan moddalarning uchuvchan tarkibiy qismlarini (CO2, gigroskopik suv, kristallanish suvi va h.k.) aniqlashda isitish yoki qizdirib haydash usulidan foydalaniladi. Bunda aniq- lanayotgan modda miqdori dastlabki modda massasining kama- yishiga yoki yutuvchi modda massasining ortishiga qarab topi- ladi.
Gravimetrik analizda cho‘ktirish usuli muhim ahamiyatga ega. Bu usul kimyoviy reaksiya natijasida elementni biror qiyin eruv- chan aniq tarkibli birikma tarzida cho‘ktirib, hosil bo‘lgan cho‘kma massasini aniq tortishga asoslangan.
Kimyoviy usullardan tashqari fizik-kimyoiy analiz usullari – elektrogravimetriya va termogravimetriya ham keng qo‘llaniladi. Elektrogravimetriya usuli aniqlanayotgan elementli modda erit- masini elektroliz qilish natijasida elektrod yuzasida ajralib chiqqan metallning massasini tortishga asoslangan. Bunda elektrod yuza- si tozalanib, massasi o‘lchanadi, so‘ng tekshirilayogan eritmaga tushiriladi. Elektrodlar o‘zgarmas tokka ulanadi. Elektroliz tuga- gandan so‘ng elektrodning massasi yana aniqlanadi. Elektrod massasining elektrolizdan oldingi va keyingi qiymatidagi farqdan foydalanib eritmadagi element (yoki modda) miqdori to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Bu usuldan deyarli faqat metallarni (masalan, Cu, Cd, Ag, Ni, Co va b.) aniqlashda foydalaniladi.
Gravimetriyada bajariladigan ishlar
Moddanimiqdoriyanalizgatayyorlash. Miqdoriy analizda ko‘pincha ko‘p jinsli moddaning avval kimyoviy tarkibini aniq- lashga to‘g‘ri keladi. Texnika mahsulotlari har xil agregat holatlar- da (suyuq, gaz yoki qattiq holatlarda) bo‘lishi mumkin. Suyuq va gaz holatlarda namuna bir jinsli bo‘lgani uchun analizga olish un- chalik qiyinchilik tug‘dirmaydi, lekin qattiq namunalar geterogen aralashmalardan iborat bo‘lib, bunday moddani analizga tayyor- lashda o‘rtacha namuna olish kerak bo‘ladi. O‘rtacha namuna olish moddaning fizikaviy holatiga, uning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Tekshiriladigan moddaning tarkibini analizdan oldin aniq bilish lozim, aks holda analiz natijasi xato bo‘lishi mumkin. O‘rtacha namuna olishda modda maydalanadi va aralashtirila- di. Modda maxsus mexanizmlar (maydalagich, tegirmon va b.) yordamida maydalanadi. O‘rtacha namuna olish uchun kvadrat- lash yoki boshqd usuldan foydalaniladi. Buning uchun modda qog‘oz sirtiga kvadrat yoki doira shaklida bir tekis yoyiladi. So‘ngra bu kvadrat diagonallar bo‘yicha to‘rt qismga bo‘linadi va ikkita qarama-qarshi tomondagi modda tashlab yuboriladi, qolgan ikki- tasi esa bir-biriga qo‘shiladi. Kvadratlash namuna massasi 3 g qol- guncha bir necha marta takrorlanadi. So‘ngra analiz qilinadigan modda zarrachalari chinni yoki agat hovonchada yana maydala- niladi va byuksga solinadi. Shu tariqa hosil qilingan materialdan
analiz uchun namuna tortib olinadi.