Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Titrimetrik analizda hisoblashlar



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə37/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Titrimetrik analizda hisoblashlar


Hajmiy analizda titrlangan ish eritmalarining konsentratsiyalari ko‘pincha titr bilan ifodalanadi, lekin ularni normallik bilan ifoda- lash yana ham qulayroq.
Ma’lumki, 1 l eritmada necha gramm-ekvivalent erigan modda borligini ko‘rsatadigan son normallik deb ataladi. Moddalar doimo bir-biri bilan ekvivalent miqdorida ta’sirlashadi. Hamma hisoblash- larning asosida ana shu qonuniyat yotadi. Titrlash paytida ekviva- lentlik nuqtasiga qadar doimo bir xil – ekvivalent miqdorida kislo- ta va asos sarflanadi. O‘zaro ta’sirlashuvchi moddalar eritmalarining normalligi bir xil bo‘lsa, tabiiyki, sarflangan eritmalarning hajmlari ham o‘zaro teng bo‘ladi. Masalan, 10 ml 0,1 n konsentratsiyali har qanday kislota eritmasini titrlash uchun 0,1 n konsentratsiyali biror ishqor eritmasidan ham o‘shancha, ya’ni 10 ml sarflanadi. Shuning uchun titrimetrik analizda normal konsentratsiyali eritmadan foy- dalangan ma’qul, chunki normal konsentratsiyasi bir-biriga teng bo‘lgan eritmalar o‘zaro qoldiqsiz reaksiyaga kirishadi.
Moddaning ayni reaksiyada bir gramm-atom (yoki gramm- ion) vodorodga kimyoviy jihatdan teng (ekvivalent) keladigan va grammlarda ifodalangan miqdori shu moddaning gramm-ekviva- lenti deb ataladi. Gramm-ekvivalentni topish uchun reaksiya tenglamasi yoziladi va moddaning bir gramm-atom yoki bir gramm-ion vodorodga to‘g‘ri keladigan miqdori hisoblab chiqila- di. Masalan:
HCl+KOH=KCl+H2O CH3COOH+NaOH=CH3COONa+H2O
Tenglamada gramm-ekvivalent HCl ning bir gramm moleku- lasi (36,46 g)ga teng, chunki ko‘rsatilgan kislotalarning miqdori reaksiyada bir gramm-iondan vodorod hosil qiladi va u ishqorning gidroksil ionlari bilan reaksiyaga kirishadi:
1 g-ekv HCl = 1 mol yoki 36,5 g HCl
Shunga o‘xshash:
H2SO4+2NaOH =Na2SO4+2H2O H3PO4+3NaOH =Na3PO4+3H2O
Reaksiyalarda H2SO4 va H3PO4 ning bir gramm-molekulalari vodorodning ikki (H2SO4) va uch (H3PO4) gramm-ioniga to‘g‘ri keladi. Demak:
1 g-ekv H2SO4 = 1/2 mol yoki 49,0 g
1 g-ekv H3PO4 = 1/3 mol yoki 32,67 g H3PO4
Ma’lumki, ikki va ko‘p negizli kislotalarning molekulalari reak- siyalarida ion holiga o‘ta oladigan vodorod atomlarining hammasi bilan emas, ularning bir qismi bilan qatnashadi. Binobarin, ular- ning gramm-ekvivalentlari ham bu holda boshqacha bo‘lishi ke- rak. Masalan:
H3PO4+2NaOH =Na2HPO4+2H2O
Reaksiyada H3PO4 ning har bir molekulasi faqat 2 vodorod io- ni bergani uchun uning gramm-ekvivalenti 1/2 gramm-molekula (49,0 g)ga teng. Shunga o‘xshash reaksiyada H3PO4 ning gramm- ekvivalenti uning gramm-molekulasiga (98,0 g) teng:
H3PO4+NaOH=NaH2PO4+H2O
Shunday qilib, gramm-ekvivalent gramm-molekuladan farqli ravishda, doimiy son bo‘lmasdan, modda qatnashayotgan reaksi- yaga qarab o‘zgarib turadi. Shuning uchun gramm-ekvivalentning yuqorida keltirilgan ta’rifidagi ayni reaksiyada degan so‘zga alohi- da e’tibor berish kerak.
Asoslarning gramm-ekvivalentini topish uchun ularning gramm- molekulasi reaksiyada ishtirok etgan OH ionlari soniga bo‘linadi.
KOH+CH3COOH =CH3COOK+H2O 3Ba(OH)2+2H3PO4=Ba3(PO4)2+6H2O
2A1(OH)3+3H2SO4=A12(SO4)3+6H2O
Bu reaksiyalarda asoslarning gramm-ekvivalentlari tegishli- cha KOH ning bir gramm-molekulasiga, Ba(OH)2 ning 1/2 gramm-molekulasiga, A1(OH)3 ning 1/3 gramm-molekulasiga teng.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida gramm-ekvivalent miq- dori oksidlovchi yoki qaytaruvchi molekular massasining shu reaksiyada qaytaruvchi bergan yoki oksidlovchi olgan elektronlari soniga bo‘lish yo‘li bilan topiladi.

  1. misol. Kaliy permanganat va kaliy sulfatning gramm-ek- vivalent miqdorlari quyidagi reaksiya bo‘yicha aniqlansin:

2KMnO4+5K2SO3+3H2SO4=5K2SO4+2MnSO4+3H2O
Yechish. Gramm-ekvivalentni topish uchun ionli elektron tenglama tuziladi:
2⋅ MnO + 8H + − 5e = Mn2+ + 4H O
4 2

5⋅ SO 2 + H O + 2e = SO 2 + 2H +


3 2 4
Reaksiyadan ko‘rinib turibdiki, MnO4 beshta elektron qabul qiladi, kaliy sulfit esa ikkita elektron beradi. Demak:
M KMnO 158
E = 4 = = 31,60 g

KMnO4
5
MK SO
5
158,26

E = 2 3 = = 79,13 g ga teng.
K2SO3 2 2
Har qanday moddaning bir gramm-ekvivalenti boshqa mod- daning faqat bir gramm-ekvivalenti bilan reaksiyaga to‘la kiri- shadi. Shunday qilib, kimyoviy reaksiyaning ekvivalentlik nuq- tasida bitta reaksiyaga kirishayotgan moddaning gramm-ekvivalent soni (nA) har doim boshqa moddaning gramm-ekvivalent soniga (nB) ga teng bo‘ladi. Bunga, asosan, quyidagicha yozish mumkin:
nA=nB
Agar bitta moddaning gramm-ekvivalent sonini bilsak, bosh- lang‘ich modda bilan reaksiyaga kirishgan boshqa moddaning grammlar sonini osonlik bilan aniqlash mumkin.

  1. misol. 0,2000 g CaCO3 bilan reaksiyaga kiritish uchun HCl dan qancha gramm kerak bo‘ladi?

Yechish. Reaksiya tenglamasini yozamiz:
CaCO3+2HCl = CaCl2+H2O+CO2
Bu reaksiyadan CaCO3 ning gramm-ekvivalent sonini hisob- laymiz:
MCaCO 100, 09
E = 3 = = 50, 04 g
CaCO3 2 2
ECaCO3 – kalsiy karbonatining gramm-ekvivalenti, g.

mCaCO
0, 20

n = 3 = = 0, 003968 g ekv

CaCO3
- CaCO3
50, 0450

Bu yerda m – kalsiy karbonat namunasining miqdori, g; Reaksiya uchun shuncha gramm-ekvivalent HCl kerak bo‘ladi.
HCl ning gramm sonini hisoblash uchun topilgan gramm-ekviva- lent soni HCl ning gramm-ekvivalentiga ko‘paytiriladi:

3
qHCl = nCaCO EHCl = 0, 003968⋅36, 461 = 0,1447 g
Ekvivalentlik qoidasi va gramm-ekvivalent tushunchasi kim- yoviy analizda katta ahamiyatga ega bo‘lib, gramm-ekvivalent asosiy son hisoblanadi va ulardan titrimetrik analiz natijasini hisoblashda, normal konsentratsiyali eritmalar tayyorlashda va sifat analizining optimal sharoitlarini tanlashda foydalaniladi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin