Kimyoviy reaksiya tezligiga tasir etuvchi omillar – kimyoviy reaksiya tezligiga quyidagi omillar tasir etadi.
reaksiyaga kirishayotgan moddalar tabiatiga
reaksiyada ishtirok etuvchi moddalarning konsentratsiyasiga
temperaturaga
gazlarda bo’ladigan reaksiyada – bosimga
qattiq moddalarning reaksiyalarida – maydalanganlik darajasiga
radioaktiv nur tasiriga.
1. Reaksiya tezligining kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiatiga bog’liqligi. Tasirlashayotgan moddalar qancha bir-biriga moyil bo’lsa va yangi kimyoviy moddalar hosil bo’lishi bilan tugaydigan to’qnashishlar foizi qancha ko’p bo’lsa, reaksiya tezligi katta bo’ladi.
M; H2 + F2 = 2HF
H2 + Br2 = 2HBr
Birinchi reaksiya 200 oC da ham portlash bilan borsa, ikkinchisi esa qizdirilganda ham sekin boradi. Bunga sabab vodorodning ftorga nisbatan kimyoviy moyilligi bromga qaraganda kattaligida (ftorning NEM bromnikiga nisbatan yuqori).
Dostları ilə paylaş: |