Korbonil korroziya. Metal bilan uglerod oksidining uzaro ta’siri natijasida karbonil korroziya vujudga keladi, masalan, yuqori xarorat va bosimda spirtlar olish jarayonida:
M+nCO M (CO)n Karbonillar past xaroratlarda kaynaydigan suyuklik bo‘lganligi uchun metall va uglerod oksidlari buglariga ajraladi.
Temir pentakarbonili Fe (CO)5 xajmi dissotsiatsiya natijasida keskin oshadi va sirtlarda karbonil korroziyalarni vujudga keltiradi.
Xlorli va vodorodli muhitda korroziya.Metallning Cl2 va HCl bilan reaksiyalari ekzotermik tavsifda bo‘lganligi uchun metall sirti yonish mumkin. Bunday reaksiyalar alyumeniyda (1600 S), temirda (3000 S), misda (3000S) sodir bo‘ladi va korroziya juda tezlashadi. Bu muhitlarda nikel va uning qotishmalari xamda xromnikelli austenit po‘latlar qo‘llaniladi.
Suyuk metall muhitlarda korroziya. Bu jarayon asosan ishkoriy metallar eriganda (Li, Na, K) va ogir metallarda (Pv, Bi, Mg) sodir bo‘ladi. Bu korroziya turi juda murakkab holatda kechadi.
Nazorat savollari:
Kislorodli muhitlar deganda qanday muhitlarni tushunasiz?
Xajmiy koeffitsent o‘zgarishiga qarab qanday oksid qatlamlar hosil bo‘ladi?
Tabiiy sharoitlarda hosil bo‘lgan oksidlar qanday xossaga ega ?
Temir va kislorodning qanday oraliq faza turlarini bilasiz ?
Gazli muhitlarda korroziyadan qanday himoya qilish usullarini bilasiz ?
Issiqbardosh metallar deganda nimani tushunasiz ?
Gaz vodorod korroziyasi sodir bulishi sharoitlarini ayting ?
Vodorod korroziyasidan qanday himoya qilish mumkin ?
Oltingugurt birikmali muhitlarda metallar korroziyasi qanday kechadi?