= соnst kelib chiqadi (const = )
Bu tenglamadan ko’rinib turibdiki, СаСО2 parchalanganda hosil bo’lgan СО2 ning bosimi istalgan temperaturada aynan shu temperaturaga xos bo’lgan o’zgarmas kattalikdir. Bu bosim kaltsiy karbonatning dissotsilanish bosimi yoki bug’ bosimi deb ataladi. Uning qiymati faqat temperaturaga bog’lik, lekin sistemadagi СаСО3 va СаО miqdoriga bog’liq emas. Misol tarikasida СО2 bilan chug’ holatidagi ko’mir orasidagi reaktsiya
СО2 + С 2СО
ning muvozanatini quyidagicha talqin kilish mumkin. Bu reaktsiyaning muvozanat konstantasi ifodasiga С ning kontsentratsiyasi yozilmaydi, chunki uning kontsentratsiyasi doimiy sondir, demak,
КМ = ёки КМ = бœлади
4. KIMYOVIY MUVOZANATNING SILJISHI LE-SHATELE PRINTSIPI
O’zgarmas tashqi sharoitda qaytar reaktsiya borayotgan sistemaning vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydigan holatga kelishiga muvozanat holati deyiladi. Lekin tashqi sharoit o’zgarganida muvozanat ham shunga qarab o’zgaradi, ya‘ni yangi sharoitga mos yangi muvozanat holati qaror topadi. Har qanday muvozanat nisbiydir.
Kimyoviy reaktsiyalarning muvozanat holatiga temperatura, bosim va muvozanatda ishtirok etayotgan moddalarning kontsentratsiyasi ta‘sir etadi. Agar bu faktorlarning birortasi o’zgarsa, muvozanat buziladi, ya‘ni moddalarning muvozanat kontsentratsiyasi o’zgaradi, jarayon va o’zgargan tashqi sharoitga mos muvozanat qaror topguncha davom etadi. Tashqi sharoit ta‘sirida muvozanat kontsentratsiyalarining o’zgarishiga muvozanatning siljishi deyiladi. Muvozanat siljishi natijasida reaktsiya mahsulotlarining miqdori (kontsentratsiyasi) ko’paysa, muvozanat chapdan unga (ya‘ni to’g’ri reaktsiya yo’nalishida), reaktsiya uchun olingan dastlabki moddalarning kontsentratsiyasi ko’payganda esa muvozanat o’ngdan chapga (teskari reaktsiya yo’nalishida) siljiydi. Tashqi sharoit o’zgarishi natijasida muvozanatning qaysi tomonga siljishi 1884 yilda ta‘riflangan umumiy qoidaga – Le-SHatele printsipiga bo’ysunadi. Bu printsipga ko’ra, agar muvozanatdagi sistemaga tashqaridan biror ta‘sir ko’rsatilsa, muvozanat shu ta‘sirni yo’qotish tomonga siljiydi.
1. Kontsentratsiya o’zgarishining ta‘siri. Kimyoviy muvozanat holatida turgan sistemadagi moddalardan birining kontsentratsiyasi oshirilsa, sistemada mumkin bo’lgan reaktsiyalardan shunday reaktsiya kuchayadiki, natijada kontsentratsiyasi oshirilgan modda sarf bo’ladi.
Masalan: СО2 + Н2 · СО + Н»О tenglamasi bilan ifodalanadigan muvozanatdagi sistema berilgan bo’lsa, bu sistemaga qushimcha СО2 berilsa, sistema СО2 kontsentratsiyasini kamaytirishga intiladi, ya‘ni kimyoviy muvozanat o’ng tomonga siljiydi. Aksincha, agar SO2 ning miqdori kamaytirilsa, sistema uni ko’paytirishga intiladi, ya‘ni kimyoviy muvozanat chap tomonga siljiydi.
2. Temperaturaning ta‘siri. Le-SHatele printsipiga muvofiq, agar muvozanatda turgan sistemaning temperaturasi o’zgarsa temperatura ko’tarilganda sistemaning muvozanati issiqlik yutiladigan, temperatura pasayganda esa issiqlik chiqadigan jarayon tomoniga siljiydi.
Masalan: 2SO2 + O2 · 2SO3 + 225, 4 kJ tenglama bilan ifodalanadigan muvozanatda turgan sistema olinsa SO3 ning hosil bo’lishi ekzotermik reaktsiya bo’lganligi uchun, Le – Shatele printsipiga muvofiq, temperatura oshirilganda SО3ajraladi, ya‘ni muvozanat
2SO3 · 2SО2+О2
reaktsiyasi tomonga siljiydi: aksincha, temperatura pasaytirilganda, SО2 bilan О2 birikib, SO3 hosil qiladi, ya‘ni muvozanat 2SO2 + O2 2SO3 reaktsiyasi tomonga siljiydi.