Mavzu: Kolloid sistemalarning mitsellasining tuzilishi va takibiy qismlarini o’rganish Har qanday kolloid eritma mtsella va intermitsellyar suyuqliklardan iborat. Intermitsellyar suyuqlik deb, elektrolit va noelektrolit modda erigan dispers muhitga aytiladi. Mitsella elektr xususiyati jihatdan neytral xossaga ega bo’lib, Broun harakatida bo’jadi. Mitsella markazida yadro bo’lib, u kolloid eritma (zol) hosil qiluvchi modda molekulasi yoki atomlaridan tashkil topadi. Yadroning atrof yuzasiga dispers muhitdan bir xil yoki qarama – qarshi zaryadli ionlar adsorbilanadi.Yadro va adsorbilangan ionlar birgalikda granula deyiladi. Peskov – Fayans qoidasiga ko’ra, yadro atrofiga shu yadro tarkibidagi atomlar guruhidan iborat ionlar adsorbialanadi.Masalan, AgNO3 erutmasiga mo’l miqdorda KBr eritmasi qo’shilsa, AgBr zoli hosil bo’ladi. AgBr (yadro) atrofiga Br-ionlari adsorbsiyalanadi va yadro (-) manfiy zaryadlanadi. Agar AgNO3miqdori ko’p bo’lsa, u holda atrofiga Ag+ionlari adsorbsiyalanib, yadro (+) musbat zaryadlanadi. Yadro atrofiga adsorbilanib zolning ion zaryadini va uning qiymatini belgilovchi ionlar – potensial belgilovchi ionlar deb ataladi.
Yadro atrofiga adsorbilangan qarama – qarshi zaryadli ionlar qisman harakatsiz, qatlamni hosil qiladi.Bu qatlam diffuziya qavati deyiladi.
Yadro, adsorbsion va diffuzion qavatlar birgalikda mitsella deb ataladi. AgBr zolining tuzilishi quyidagicha:
KBr miqdori eritmada ko’p bo’lganida:
AgBr m xK+ Yadro adsorbion qavat diffusion
granula qavat
AgNO3miqdori ko’p bo’lganda:
AgBrm n Ag+n – x NO3 xNO3- Yadro adsorbsion qavat diffusion
granula qavat
Zol zarrachalarining barqarorligi elektrokinetik potensial ( -dzetta) bilan harakterlanadi. Elektrokinetik potensial kolloid eritmada zarrachalarning Broun harakati natijasida adsorbsion va diffuzion qavatlar orasida vujudga keladi. Elektrokinetik potensial qiymati har xil zollar uchun 50 – 70 mV atrofida bo’ladi.
Hozirgi zamon ma’lumotlariga ko’ra zol zarrachalarining barqarorligi diffusion qavatdagi ionlar (ion bulutlari) ni gidratlanishi (solvatlanish) ga bog’liq. Diffizion qavatdagi ion bulutlari, zarrachalarning bir – biriga yopishishiga yo’l qo’ymaydi. Diffuzion qavat qancha qalin bo’lsa, ion bulutlari zarrachani kuchli solvatlaydi va elektrokinetik potensialni qiymati yuqori bo’lib zol barqaror bo’ladi.
Kolloid eritmalar asosan 2 usul bilan olinadi:
Dispersion usul: bunda dag’al zarrachalar maxsus tegirmonlarda maydalanadi, uni mexanik usul ham deyiladi.
Kondensatsion usul: bunda moddalarning juda kichik zarrachalari uchinchi component yordamida bir – biriga yopishib, so’ng kolloid erima hosil bo’ladi, buni fizik usul deyiladi.
Har ikkala usul bilan tayyorlangan kolloid zolni zarrachalari dispersion muhitda erimasligi kerak.