Noma’lum: τC6H6 = ?
Yechish: ηC6H6 = ηH2O dan τC6H6 = = = 1 daqiqa 49 soniya.
5 misol: Po’latning zichligi 7,6 g/sm2; marganest (IV) oksidiniki 5,4 g/sm3; Al2O3 niki 4,0 g/sm2ga teng. agar neytrallovchi modda sifatida MnO2 o’rnigaAl2O3 qo’llanilsa, po’lat sirtidagi metallmas qo’shimchalarning oqish tezligi necha martagacha o’zgaradi?
Berilgan: ppulat = 7,6 g/sm2; pMnO2 = 5,4 g/sm3 pAl2O3 = 4,0 g/sm2 Noma’lum: u = ?
Yechish: Oquvchanlik tezligi: u= dan aniqlanadi.
Tezliklarning o’zaro nisbati olinganida r2 ; lar qisqarib, formula quyidagi ko’rinishga keladi:
= = = 1,64 shunchaga oqish tezligi ortadi.
MUSTAQIL ISHLASH UCHUN MASALALAR. Ketma-ket boruvchi o’zgarishlar bilan 2 mol’ aminosirka kislota olish uchun tarkibida 10 % qo’shimchalar bo’lgan kal’siy karbiddan qancha kerak?
Qaysi sinf birikmalari amfoter organic moddalardir.
Qaysi modda oksidlanganda fenol va aseton xosil bo’ladi?
Gidrolizlanish reaksiyasiga kirishayotgan moddalarni ko’rsating va reaksiya tenglamasini yozin.
Chumoli kislotasini organic kislotalardan qaysi reaktiv yordamid farqlash mumkin.
56 l (n.sh. da) butanni katalitik oksidlanishidan xosil bo’lgan sirka kislotasi bilan mo’l etil spirit reaksiyaga kirishganda qancha massa efir xosil bo’ladi? Reaksiya unumi 75 %
Metanni katalizator ishtirokida va bosim ostida oksidlamganda nima xosilbo’ladi.
Tarkibida 47 g fenol bo’lgan eritma 10 % li natriy ishqori eritmasining qancha massasini neytrlashi mumkin.
Suv va spirtning qovushqoqligi 8,94 va 1,09 N sek/m2 ga teng, pipetka kapillyaridan 298 K da suvni chiqarib yuborish uchun 600soniya vaqt kerak bo’ladi. Zichligi 0,789 g/ml bo’lganetil spirtini shu haroratda kapillyardan chiqarish uchun qancha vaqt kerak bo’ladi?
293 K da 100 ml suv viskozimetrdan 1,52 daqiqada oqib chiqadi. Zichligi 0,8 g/ml bo’lgan organic suyuqlikning shu hajmi 2,25 daqiqada oqib chiqadi. O dan suvning qovushqoqlik qiymatini topib, organic suyuqlikning yopishqoqlik qiymatini aniqlang.
323 K da biror yog’ning zichligi 1,045 g/ml suvniki esa 0,998 g/ml gat eng, shu haroratda viskozimetrdan yog’ 2 min. 31 sek da, yog’ hajmicha suv esa 14 soniyada oqib chiqadi. Berilgan haroratda suvning qovushqoqligi 5,49 N ekanligini hisobga olib, shu haroratda yog’ning qovushqoqlik qiymatini aniqlang.
295 K da zichligi 0,809 g/ml bo’lgan suyuqlik viskozimetr orqali 6 min 38 sekundda, suyuqlik hajmicha suv esa 1 min 45 sekundda oqib o’tadi. Suvning 295 K dagi qovushqoqlik qiymatini ilovadagi O dan olib, suyuqlikning qovushqoqligini aniqlang.
Po’lat ishlab chiqarish jarayonida neytrallovchi modda sifatida zichligi 2,4 g/sm3 bo’lgan kremniy oksid o’rniga zichligi 4,0 g/sm3 bo’lgan alyuminiy oksidi ishlatilsa, zichligi 7,6 g/sm3 bo’lgan po’lat tarkibidagi shlakni oqib chiqish tezligi necha marta ortadi?
Po’lat ishlab chiqarish jarayonida neytrallovchi modda sifatida zichligi 4 g/sm3 bo’lgan alyuminiy oksidi o’rniga zichligi 5,8 g/sm3 bo’lgan sirkoniy oksidi ishlatilsa, zichligi 7,6 g/sm3 bo’lgan po’lat tarkibidagi shlakni oqib chiqish tezligi necha marta ortadi?