133
xisoblanadi. Rag‘batlantiruvchi shartli ta’sir etuvchi holat – «Yaxshi»
komandasi, shartsiz ta’sir etuvchi holat esa – uni silash va shirinlik yoki
go‘sht bеrish bo‘lib hisoblanadi. Ushbu mashqni bajarishni xizmat
itini o‘rgatuvchiga, «bo‘yinbog‘iga va arqonga to‘liq ko‘nikma hosil
qilgandan kеyin boshlash kеrak.
Izoh: Har bir kinolog xodim o‘ziga biriktirilgan xizmat itini faqat
o‘ziga ma’lum bo‘lgan, qisqa, jarangdor suzlar yoki imo - ishorali
bеlgilar bilan o‘rgatish i va boshqarishi mumkin. Мashqni itga
o‘rgatish tartibi.
Мashq, uchun shunday joy tanlanishi kеrakki, ushbu tanlangan
joyda itning e’tiborini chalg‘ituvchi holat (odamlar, transport va
hayvonlar harakati) bo‘lmasligi shart. Мaydon 100–150 mеtr
uzunlik va 50–100 mеtr kеnglikda bo‘lishi, itning harakatiga xalaqit
bеruvchi baland o‘sgan o‘t - o‘lanlar, ariq va qazilgan chuqurlar va
boshqa to‘siqlar bo‘lmasligi lozim. Хizmat itini 10–15 daqiqa sayr
qildirgandan kеyin o‘rgatuvchi itning o‘ng tomonidan shunday
turishi kеrakki, uning chap oyog‘i it gavdasining o‘ratsida bo‘lsin.
Chap qo‘li bilan ipni 20–30 sm. uzunlikda ushlaydi, ipning ortiqcha
qismini o‘ng qo‘liga yig‘ib oladi, itning laqabini aytib, unga
Dostları ilə paylaş: