Xulosa
Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida
vujudga kcladi.
Bozor munosabatlari subyektlari o‘zaro bogiiq holda va aloqada bandlik, milliy
daromad va ishlab chiqarishning umumiy haj- mi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish
natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo‘ladigan daromad lar va xarajatlar
oqimini shakllantiradi.
Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z maqsad va manfaatlaridan kelib
chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik yurituvchi subycktlaraing iqtisodiy
erkinligi va mustaqilligi bozor ko‘rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi
26
hamda o’z rivojlanishining tabiiy-evolyusion, dinamik xususiyatini belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyoti — murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, birlashgan, o‘zaro
bog’langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalami o‘z ichiga
oladi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi
shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi — bu bozor munosabatlariga ko‘mak berishga
qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki,
ulami bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki umuman hal etib
bo‘lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ulami o‘z zimmasiga
olishi yoki zarur shart-sharoitlami yaratib berishi kerak.
Bozor
iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar
kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.
O’tish davri quyidagi mezonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u yoki bu
tarkibiy o‘zgarishlaming qaytarilib turishi), beqarorlik (jamiyatda mavjud bo‘lgan turli
kuchlaming kurashi va o'zaro ta’siri), muqobillik (islohotlar va rivojlanish yoilarini
tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo‘qolib ketishi, o‘miga boshqa tizimning
vujudga kelishi, uning rivojlanishi).
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishda tanlagan yo‘li - o‘ziga xos madaniy,
tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga
olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani
kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tishdan iboratdir.
Iqtisodiy islohotlar - bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-
tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi
uchun yashash va xo‘jalik faoliyati yuritishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish,
ulaming ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni
ta’minlashdan iborat,
Iqtisodiy islohotlaming bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan
o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti
shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga
keltiriladi.
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodiyotni rivojlantirish
borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashti- rish va raqobatchilik muhitini
shakllantirish jarayonlarini chuqur- lashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish;
milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish;
ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir.
O’tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlami keng aholi qatlamlari
tomonidan
qo‘llab-quvvatlanishining
asosiy
sharti
islohotlaming
ijtimoiy
yo‘naltirilganligidir.
Milliy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni isloh etish va
modernizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard strategik maqsadimiz -
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo
etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi harakatlar izchil ravishda amalga
oshiriladi. Modemizatsiya juda keng tushuncha bo‘lib, bugungi kunda uni jamiyat
hayotining turli jabhalarini tubdan o'zgartirish, уangilash, bu borada taraqqiyotni
jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish
jarayonlarining majmui sifa- tida ifodalash mumkin.
|