Compound Objects - article Systems Patch Grids MURBS Surfaces Dynamics Objects ro’yxatidan oddiy 7 qulay turlariga mos keluvchi yozuvli tugmalar paydo bo’ladi.
So’ngra Chamfer Box (paralellopiped) tugmasi tanlanadi. Buyruq panelining quyi qismida uch yozuv:Creation Method (yaratish usuli), Keybo’rd Entry (klaviaturali kiritish) va Parameters (parametrlar) paydo bo’ladi. Sichqonchaning chap tugmasi bilan Perspective proyeksiyasi oynasini tanlang va tugmani qo’yib yubormasdan, parallelepiped asosini chizish uchun kursorni diagonal bo’yicha tortib boramiz, Parameters (parametrlar) da length (uzunligi) va Width (kengligi) parametrlar miqdorining o’zgarishini kuzating). Asos uzunligi va kengligini o’rnatish uchun sichqon tugmasini qo’yib yuborish mumkin. Paralellopiped balandligini berish uchun sichqoncha korsatgichini yuqorida qo’yib yuborilgan nuqtada kursorni joylashtirish va sichqonchaning chap tugmasini bosib, so’ngra kursorni biror masofa yuqoriga siljiting va yana chap tugmasini bosish kerak bo’ladi. Hozir siz o’lchagan masofa, 450 burchak bilan qirqiluvchi faska kengligiga teng bo’ldi. Faska balandligini shuningdek Fillet (faska) parametri yordamida ham berish mumkin. Faska sirtini siliqlovchi Smooth (silliqlash) rejimini ulagach, natijada, yasalgan parallelepiped ko’rsatilgan ko’rinishga ega bo’lishi kerak.
Biz segmentlar soni birga teng bo’gan paralellopiped hosil qildik. Segmentlar sonini o’zgartirish uchun Lengs Segs (uzunligiga ko’ra segmentlar) va Width Segs (kengligiga ko’ra segmentlar) parametrlarni ko’rsatish mumkin. Segmentlar sonini oshirish ob’ektining turli qobig’ini tahrirlash uchun zarur bo’ladi. Faska chegarasida segmentlar sonini Fillet Segs (faska bo’yicha segmentlar) o’zgaruvchisi yordamida berish mumkin.
Odatdagi BOX ni asos qilib oliob va unga biroz segmentlar qo’shib, hatto uchlarini oddiy siljitish bilan qiziqarli ob’ekt hosil qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |