To`g`ridan to`g`ri saralash algoritm va dasturlash04
Bu ko‘rinishdagi algoritmlarda avval shart tekshiriladi, so‘ngra agar shart qanoatlantirsa, sikl tanasi bajariladi, aks holda hisoblash to‘xtatiladi. Aniq berilgan son asosida sikllarni tashkil qilishda sikl parametrining boshlang‘ich va oxirigi qiymatlari, uning har bir takrorlanishidagi sikl parametrining o‘zgarish qonunlari, siklrning takrorlanish sonlari ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi. Sikl tanasidagi birlamchi ma‘lumotlar doimiy kattalik, oddiy o‘zgaruvchan, indeksli o‘zgaruvchan ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin. Murakkab hisoblash jarayonlarini algoritmlash
Bundan tashqari murakkab ko‘rinishdagi takrorlanuvchi jarayonlar uchun
algoritmlar
tuzishda
ichma-ich
joylashgan
takrorlanuvchi-siklik
algoritmlardan
foydalaniladi. Takrorlanuvchi jarayon sikl parametri va sikl tanasidan
iborat
bo‘ladi.
Agar sikl tanasi ham yana sikldan iborat bo‘lsa, u holda bunday sikllar
ichma- ich joylashgan yoki murakkab sikllar deb ataladi. Ichida boshqa
sikl
joylashgan sikl tashqi sikl deyiladi. Boshqa sikl ichida joylashgan sikl esa
ichki
sikl deyiladi. Tashqi va ichki sikllarni tashkil etish qoidasi oddiy
sikllarnikiga
o‘xshab ketadi. Faqat ichma- ich sikllarni tuzishda qo‘yidagi qo‘shimcha
shartga
rioya qilish kerak: ichki sikl tanasining amallari to’liq tashqi sikl tanasi
ichida
joylashgan bo’lishi kerak.
Murakkab sikllar shartli ravishda ichma- ichlik darajasiga bo‘linadi, ya‘ni
eng tashqi sikl 1- darajali, keyingi sikl 2- darajali va hakozalar kabi
bo‘ladi. Har
xil darajali sikllarning parametrl qiymatlari bir vaqtda o‘zgarmaydi.
Murakkab siklda avval hamma sikl parametrlari o‘zlarining boshlang‘ich
qiymatiga ega bo‘ladi. So‘ngra eng ichki sikl to‘liq bajariladi. Shundan
keyin
bunga nisbatan tashqi sikl parametri o‘z qiymatini bittaga o‘zgartiradi,
so‘ngra
ichki sikl esa yana to‘liq bajariladi va hokazo bu jarayon hamma
darajadagi
sikllar parametrlari talab etilgan barcha qiymatlarini qabul qilib
bo‘lguncha davom
etadi. Ichma- ich joylashgan sikllar tanasining takrorlanishlarining
umumiy
soni, barcha sikl parametrlarining qabul qiladigan oxirgi qiymatlarining
ko‘paytmasiga teng: N=N1*N2*...Nk.
Ichma-ich joylashgan siklik jarayonlarni bajarilish tartibini quyidagi
misol
orqali berish mumkin: