Kirish Algoritmlash va dasturlash haqida tushuncha II


turlari Algoritmning uchta turi bor: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi. CHiziqli algoritm



Yüklə 149,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix21.12.2023
ölçüsü149,62 Kb.
#188242
1   2   3   4   5   6   7
To`g`ridan to`g`ri saralash algoritm va dasturlash04

turlari
Algoritmning uchta turi bor: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
CHiziqli algoritm
- deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket 
bajariladigan 
jarayonlarga 
aytiladi. 
Tarmoqlanuvchi algoritm
- deb ma’lum shartlarga muvofiq 
bajariladigan 
ko‘rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
Takrorlanuvchi algoritm
- deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron 
parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz 
beradigan 
jarayonlarga 
aytiladi. 
Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan 
ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur 
shaklida 
ifodalash 
va 
boshqalar. 
Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli 
bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z 
shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi ma’lumotlarni 
kiritish va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; 
romb belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi. 
Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan esa 
bilmagan holda ishlatamiz. Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega 
bo‘lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham ko‘p qo‘llaymiz. 
Masalan, ovqat tayyorlash, choy damlash, biror berilgan ishni bajarish va 
boshqa. Bu ishlarni bajarishda ma’lum bo‘lgan aniq ko‘rsatmalarni ketma 
ket bajaramiz. Agar bu ko‘rsatmalar aniq bir ketma ketlik tartibida 
bajarilmasa kerakli natijani olaolmaymiz. Misol tariqasida matematik 
xarakterga ega bo‘lmagan butelbrod tayyorlash algoritmini ko‘rib 
chiqaylik. Bunda boshlang‘ich berilganlar: non, kolbasa va pishloq. 
Natija: butelbrod. Butelbrod tayyorlash algoritmi: 
1. non bo‘lagini kesib olish;
2. kolbasa va pishloq bo‘lagini kesib olish;


3. kolbasa va pishloq bo‘lagini non bo‘lagi orasiga qo‘yish.
Agar bu jarayonning ketma ketlik o‘rinlari almashsa yoki biror bir 
bosqich amalga oshirilmasa natija bo‘lmaydi. 

Yüklə 149,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin