Kirish asosiy qism. Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish



Yüklə 45,49 Kb.
səhifə4/11
tarix16.05.2023
ölçüsü45,49 Kb.
#114664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
(8)Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim berishda aqliy tarbiya berish vositalari

Donishmandlik - bu donolik. Donolik insonning eng buyuk va olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u bar kimga bam nasib etavermaydi. SHuning uchun bo’Isa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo’lmas»^ - deyiladi. Insoniyat paydo bo’lgandan beri odamlar orasida etishib chiqqan barcha olimu fozillar, shoiru-yozuvchilarning barchasi mukammal ilm egallash orqali o’z davrining e'tiborli kishilari darajasiga ko’tarilganlar. Abu Raybon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Ali Ibn Sino, Mabmud Qosbg’ariy. Alisber Navoiy, Abdulla Avioniy va bosbqalar, g’arb olimlaridan YAn Amos Komenskiy, K.D.Usbinskiy, J.J.Russo va bosbqalar mukammal ilm egallasb osqali fanning barcba sohalarida buyuk kasbfiyotlar yaratganlar. , Tarixan ta'Iim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida sbakllanib borisb barobarida, ta'Iim-tarbiya yakunida tarbiyalanuvcbining sifatlari, yani ta'limiy maqsadlar bam aniqianib bordi. Xitoyning Samarqanddagi eichisi Vey Tszining bisobotlarida: «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir. O’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savod o’rgata boshiaydilar», - deb qayd qilingan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da bam ta'Iim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya bayotning eng mubim tirgagi. tayanchi bo’lib bisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u awalo yaxshi o’qishni keyin esa yozishni o’rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilish siri deyilgan.
Farobiy ta'Iim-tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida inson takomilida ta'lim- tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berisb zarurligi, ta'Iim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar sbabri», «Baxt saodatga erishuv to’g’risida», «Aql ma'nolari to’g’risida», «Ilmlarning kelib cbiqisbi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan. Farobiy ta'limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni etishtirishdan iborat deb biladi.
Beruniyning bilimlarni egallasb yo’llari haqidagi fikriari bozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O’quvchilarga bilim berishda ularni zeriktirmaslik; uzviyiik, izchillik, yangi mavzularni qiziqarli, asosan ko’rgazmali bayon etisb va hokazolarga e'tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o'zi sezishi mumkin bo’lmagan holatlardan. behuda raqobatdan. shon-shuhratdan saqlanish zarurligini ayldi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir. Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular etuk bo'lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarur deb biladi. U ta'limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi: bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilmaslik. ta'limda engildan og’iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqiar bolaning yoshiga mos bo’lishi, o’qitishda jamoa boMib o’qitishga e'tibor berish, la'lim berishda bolani qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqiar bilan birga olib borish. Abu AM Ibn Sino aqining rivojianish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushoxada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarini tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich. O’zlashtirilgan bilim, tikriarni idrok etish bilan erishiladi. SHunda u haqiqiy aql deyiladi. Olim aqlni 3 boskichga bo’lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin xali harflarni ham, yozishni ham bilmaydigan bolalarni nazarda tutgan. Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o’rgjinayotgan bolalarning aqli tasavvur kilinadi. Uchinchi bosqichda inson aql sh'akllarini va ularga muvoilq hissiy obrazlarni egallagan bo’ladi. Ibn Sino aql deganda insoning tug’ma iste'dodini, bilish jarayonida shakllanadigan fikriash qobiliyatini tushunadi.

2.2.Maktabgachayoshidagi bolalarga ta'lim berishning о ’ziga hosligi


Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o‘rni va javobgarligi oshirildi.
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko‘nikmasi, kattalar va tengdosh o‘rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun bola maktabga qadam qo‘yayotganida qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va mustaqil harakat qilishi muhimroq hisoblanadi.
Bolani biror narsaga o‘rgatishgina emas, unda o‘z kuchiga ishonchni oshirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda unda “Men” konsepsiyasini shakllantirish ham muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta’lim va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek, muassasaga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi ko‘pincha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishdagi me’yoriy hujjat hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Respublikada idoraviy bo‘ysunish va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar maktabgacha ta’lim tizimi hamda oilalarda bolani to‘laqonli tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirish, uni maktabga samarali tayyorlashda qo‘llanishi majburiy bo‘lgan davlat hujjatidir.
Davlat talablari 0-7 yoshli bolaning qay darajada rivojlanganligi va egallagan yutuqlarini baholab boruvchi talablar bo‘lib, ular bilim, malaka va ko‘nikmalar rivojlanishining ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi "Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 528-sonli qarori qabul qilindi.

Yüklə 45,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin