Mavzu: Ta’limdagi islohotlar va uning bosqichlari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi islohotar.
Yangi O’zbekiston, yangi ta’lim tizimi.
Ta’lim tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amali y ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”.
Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.
Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilm-fanning yirik o'choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o'quv yurtlari, dunyodagi etakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so'nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta'lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o'quv yurtlarining soni 125 taga etdi.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Aholi fikrini o'rgangan holda, sirtqi va kechki ta'lim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta'limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga etdi.
Professor-o'qituvchilarning xorijdagi oliy ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o'tashini ta'minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori
2018 yilga nisbatan o'rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy ta'lim muassasasi o'zini-o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tkazildi.
Oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko'paytirib, 2 mingtaga etkazilishi oliy ta'limga qamrab olish ko'lamini yanada kengaytirdi.
Ta'lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va ta'lim tizimining quyi bo'g'inlari o'rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o'quv yurtlari tasarrufiga o'tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o'z yo'nalishi bo'yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo'ldi.
Xulosa qiladigan bo'lsak, ta'lim sohasida amalg aoshirilayotgan istiqbolli vazifalar, o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. CHunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko'lamda davom ettirish davr talabidir.
Axborot texnologiyalar asri deb nom olgan XXI asrda hayotning barcha jabhalarida – sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xo'jaligi, to'qimachilik, mashinasozlik va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylandi. Bu jarayon endilikda dunyoda taraqqiyot yo'lini tutgan barcha mamlakatlarda e'tirof etilmoqda. Respublikamizda ham ana shu jarayonga alohida e'tibor berilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti, rahbar sifatidagi faoliyatini yurtimiz akademiklari, etakchi olimlari, umuman, ilm ahli bilan uchrashuvdan boshlaganligi, yurtimizda ilm-fan rivojini ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan uyg'unlantirishga qaratganligi bejiz emas.
Davlatimiz rahbarining shundan keyin sog'liqni saqlash tizimi faoliyatini yaxshilash, kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitobxonlikni kuchaytirish, respublikada yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish, mamlakatni yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi” ishlab chiqilishi, Imom Termiziy xalqaro markazini tashkil qilish borasida va shu kabi boshqa ko'plab qabul qilingan qarorlari, farmonlari, farmoyishlarida ilm-fanni yuksaltirish asosiy masalalardan biri sifatida belgilanishi ham ana shu e'tiborning amaliy ifodasi edi.
Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, ularning yutuqlarini yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotga aylantirish jarayonida intellektual mulkning ishonchli himoya qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, intelektual mulk ulushi Evropada yalpi ichki mahsulotning 45, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizini tashkil etadi. 2020 yilning 12 oktyabr` kuni Prezidentimiz raisligida bo'lib o'tgan yig'ilish ham “Intellektual mulkni himoya qilish – Uchinchi uyg'onish davri uchun ishonchli poydevor bo'lib xizmat qiladi” mavzusiga bag'ishlangan edi. O'shanda davlatimiz rahbari patent egalari va tadbirkorlar o'rtasidagi hamkorlikni ta'minlash zarurligiga alohida e'tibor qaratdi.
Xususan, ta'lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu – “Ta'lim to'g'risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo'ldi. Mazkur qonunga asosan ta'lim sohasidagi asosiy printsiplar, ta'lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo'yildi.
Shuningdek, qonunga ko'ra, davlat oliy ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalari va ularning filiallari, davlat ishtirokidagi oliy, o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo'ldi. Nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziya Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan bo'ldi.
Shunga ko'ra, mazkur Qonunning qabul qilinishi hamda amaliyotga joriy etilishi ham ta'lim sohasida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bo'ldi deyishimiz mumkin.
So'nggi yillarda O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Namangan davlat universitetida ham izchil amalga oshirib kelinmoqda. Binobarin keyingi uch yil ichida fakul`tetlar soni 9 tadan 15 taga, mutaxassislik kafedralari soni 27 tadan 46 taga, ta'im yo'nalishlari soni 31 tadan 52 taga, magistratura mutaxassisliklari soni esa 12 tadan 26 taga etkazildi. Bunga mos ravishda ilm istagida bo'lgan universitet talaba yoshlari soni 5100 nafardan qariyib 21000 nafarga etdi.
Professor-o'qituvchilar soni 470 nafardan 710 nafarga etdi. Universitetda 2018-2019 o'quv yiliga qadar ilmiy salohiyat 26 fizni tashkil etib, bironta ixtisoslik bo'yicha ixtisoslashgan kengash faoliyat olib bomagan. Keyingi yillarda ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta e'tibor qaratilib, ilmiy salohiyat 37 foizdan oshdi, ta'lim sifatini ta'minlash yo'lida bugungi kunda 12 ta ixtisoslik bo'yicha 9 ta ixtisoslashgan kengash faoliyat olib bormoqda. Albatta, bu borada 17 ta tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar hisobidan universitet ilmiy-pedagog kadrlari saflarini salohiyatli kadrlar bilan to'ldirish maqsadi belgilab olingan.
Yaqin-yaqingacha universitet asosan pedagogik soha uchun mutaxassislar tayyorlar edi. Bugungi kunda universitetda Arxeologiya, Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish, Sotsiologiya, YUrisprudentsiya (faoliyat turlari bo'yicha), Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha), Zooinjeneriya: baliqchilik, Mevachilik va uzumchilik, Dorivor o'simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Issiqxona xo'jaligini tashkil etish va yuritish, Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo'yicha), Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish, Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha), 2021 yildan boshlab esa Davolash ishi, Pediatriya ishi kabi yo'nalishlarda kadrlar tayyorlashni boshlaganligi oliygohimizni haqiqiy ma'noda viloyatimizning aql markaziga aylanayotganligidan dalolat beradi.
Universitet yirik ilmiy-tadqiqot markazi sifatida Namangan davlat universitetida media markaz tashkil etish, Akvakul`tura bo'yicha o'quv-amaliy trenajer tashkil etish, “Dorivor o'simliklardan shifobaxsh ichimliklar tayyorlash”, shifobaxsh profilaktik sumalak ishlab chiqarish texnologiyasi, Farg'ona vodiysida tarqalgan kamyob va yo'qolib borayotgan hamda endem turlarning tirik kollektsiyasi, elektron fotoal`bomi va raqamlashtirilgan elektron ma'lumotlar bazasini yaratish kabi yirik xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan oliy ta'lim tashkilotlari uchun akademik va tashkiliy, shuningdek, moliyaviy mustaqillikning berilishi hamda Kengashlar vakolatlarining kengayotgani ta'lim sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, sifatli ta'lim xizmatlarini ta'minlash va bu borada hukumatimiz tomonidan berilgan vazifalarni to'la-to'kis ado etish orqali mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi salohiyatli kadrlar tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi
O rta Osiyo, xususan, yurtimiz azal-azaldan ilm-marifat o chog i jahon sivilizatsi- yasi markazlaridan biri deb e'tirof etib kelingan. Orta asrlardan xalqimiz ta'lim sohasida yuksak marralarga erishgan bo'lib, umumjahon madanyatida oz o'rniga ega xalq sifatida fan sohasiga ulkan hissa qo'shishgan. Misol tariqasida IX-XII asr-larda Movarounnahrda ko'plab o'quv maskanlari bo'lib, ulardan chinakam olimlar, ulamolar yetishib chiqqan. Xususan, Xorazm Ma'mun akademyasi ham shu davrda yirik tadqiqot markazlaridan biri hisoblangan. Jumladan matematika faniga Algebra atamasini kiritgan Al-Xorazmiy ham bizning ajdodimiz ekanligi, azal-azaldan qonimizda yaratuvchanlik, o'qish, izlanishga bo'lgan qiziqishdan dalolatdir. Bundan
tashqari yana bir buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino o'sha olis XI- asrda hali fan-texnika inqilobi uyoqda tursin eng sodda tibbiy aparatlar bo'lmagan davrlarda murakkab dori-darmonlarni tayyorlab tibbiy jarrohlik muolajalarni amalga oshirgani bilan dunyoga mashhurdir. Uning "Tib qonunlari" asari Yevropada "Injil" kitobidan keyin eng ko'p nashr etilgan kitoblardan biri bolib 500 yil davomida dunyoning ko'plab nufuzli oliy o'quv yurtlarida barcha talabalar uchun darshlik sifatida qollanib kelingan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Buyuk mutafakkir Al-Farg'oniy astronomiya fanida birinchi bo'lib geliosintrik nazaryani asoschisi bo'lgan ya'ni Yerni Quyosh atrofida aylanishini aniq hisob-kitoblar bilan isbotlab bergan. Yana bir buyuk bobomiz Temuriyzoda Mirzo Ulug'bek XV-asrdayoq Samarqandda observatorya barpo etib yulduzlar xaritasini tuzgan. U yulduzlar joylashuvini shu qadar aniq hi- soblaganki hozirgi fan-texnika bu ma'lumotlarni bugungi kun hisobi bilan atigi bir-ikki daqiqa farq qilinishini aniqladi. Bundan ko'rinib turibdiki bizning Ota-bobola- rimiz jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo'shgan shaxslar bolib yashab o'tganligi. Asosan ta'lim tizimi sobiq markazning hukumron mafkura manfaatlariga bo'ysundirilgan edi. Aytaylik aksaryat fanlar o'quv dasturiga kiritilmagan. Birgina Ozbekiston tarixi fanini oladigan bo'lsak ushbu fan xolis o'rganilmas, o'quv dasturida bu fanga ajratilgan soatlarning katta qismi sobiq ittifoq tarixini o'rganish- ga bag'ishlanar edi. Oquvchilar ongi vatanimiz tarixining noto'g'ri talqin qilingan hodisalari bilan toMirilar edi. Milliy qadriyat va ma'naviyat toptalar, asl o'zbek olimlari va buyuk davlat arboblari,sarkardalari hayot va ijod yollari qoralangan. Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so'ng barcha sohalarda tub o'zgarishlar amalga oshirila boshladi. Ayniqsa ta'lim sohasiga katta e'tibor qaratildi. Ta'lim- tarbiya tizimi takomillashgani sayin odamlarning ma'navyati, ongi, tafakkur doirasi shakllanib, yuksalib bordi." Ta'lim tizimini har tomonlama shaklan va mazmunan isloh qilish, yangilash lozim edi. Zero, jamiyat yangi shaxsni tarbiyalashni talab etayotgan bir paytda odamlarning ongi,dunyo qarashi, bilim saviyasini o'zgartirmay, uni zamonaviylashtirmay turib yangi jamiyatni barpo etib bo'lmaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mustaqillik yillarida ushbu jihatlarni inobatga olgan holda odamlarda yangicha, milliy qadriyat va an'analari- mizga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ta'lim va tarbiyaga juda katta e'tibor qaratganlar. Jumladan u: Ta'lim Ozbekiston xalqi ma'naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi, Osib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkonyatlari unda nomoyon boladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o'tadi. Yoshlar, ularning iqtidorliligi va bilim olishga chanqoqligidan ta'lim va ma'naviyatini tushunib yetish boshlanadi, Shu bilan birga O'bekiston Respublikasining 1997-yil 29- Avgustda "Kadirlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan bo'lib ushbu dastur "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan. Ta'lim to'g'risidagi so'nggi malumotlar keltirilishicha Ozbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev 2020-yil 23-Sentyabr kuni "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning yangi tahririni imzoladi deya xabar qildi adliya vazirligi matbuot xizmati. Mazkur hujjat 19-Mayda Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ikkinchi o'qishda qabul qilinib, 7-Avgustda Senat tomonidan ma'qullangan edi. Qonunga muvofiq ta'lim turlari quyidagilardan iborat.
-Maktabgacha ta'lim va tarbiya:
-Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim:
-Professional ta'lim:
-Oliy ta'lim:
-Oliy ta'limdan keying talim:
-Kadirlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish:
-Maktabdan tashqari ta'lim:
MUHOKAMA
Umumiy o'rta ta'lim 1-11 sinflarni o'z ichiga oladi. O'rta maxsus ta'lim akademik litsiylarda to'qqiz yillik tayanch o'rta ta'lim asosida ikki yil mobaynida amalga oshiriladi. Professional ta'lim boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim darajalariga ajratiladi. Boshlang'ich professional ta'lim kasb-hunar maktab-larida 9-sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta'lim shaklida 2 yillik integiratsiyalashgan asosida bepul amalga oshiriladi. O'rta professional ta'lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to'lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilga- cha bo'lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha amalga oshiriladi. Orta maxsus professional ta'lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to'lov shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo'lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha amalga oshiriladi. Qonunga ko'ra davlat oliy ta'lim,o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi. Nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziya Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inespeksiyasi tomonidan beriladi. Nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshirila- di. Ushbu qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. Eng samarali investetsiya bu ta'limga qilingan invistetsiyadir. Chunki jamiyat taraqqiyotini, uning ertangi kunini yituk malakali kadirlar belgilab beradi. Ta'lim tizimini takomillashtirish, ularning bilimini oshirish, sifat darajasini ko'tarishdir.
Shu bois Prezident "Jamiyatda o'qituvchi kasbi eng nufuzli va obro'li kasb bo'lishi lozim" deya uqtirib, mamlakatimizda 2021-yilda o'qituvchi va pedagoglarga ustama
haq to4ash tizimi yo4ga qo'yilishini ta'kidladi. Bu tashabbus yaqin to'rt yildagi o'qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy nufuzi va mavqeini oshirish borasidagi amaliy faolyat va harakatlarning izchil davomi deyish o'rinlidir.
NATIJA
Xulosa qilib aytganda o'qish, o'rganish, bilim olish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda ana endi biz yoshlar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan bu tashabbuslarga javoban har qachongidan ko'proq o'qib-o'rganib o'z ustimizda yanada ko'proq ishlab, Xalqimiz, vatanimizga tayanch bo'ladigan nafaqat tayanch balki ertangi kuniga ishonch bo'ladigan va kelajagini belgilab beradigan farzand, kadr, mutaxasis inson bo'lib yetishishimiz har qachongidan zarur ekanligi mana bugungi kun taqozosi. Yana shuni qo'shimcha qilmoqchimanki vatanimiz mustaqilligidan keying yillarda oliy ta'lim tizimida bolayotgan o'zgarishlar, aniq- rog'i abiturentlar uchun oliy o'quv yurtlariga kirish imkonyati oldingi yillarda bitta oliygohga imkoniyat bo'lgan bo'lsa 2019-yildan uchta oliygohga 2020-yildan esa bu imkonyat beshtaga yetganligi abiturentlar uchun katta yangilik bo'ldi. Albatta bu tadbirlar abiturentlarni o'ylab ularning imkonyatini oshirish va o'qishga qiziqishini jadallashtirishga katta turtki bo'ldi. Yangi ta'lim to^risidagi qonunda ko'rsatilgan yana bir o'zgarish bu bolalarning maktabga chiqishidagi yoshi burungi 6-7 yoshdan qatiy 7 yosh deb belgilanishini ko'rsatish mumkin.
XULOSA
Prezidentimizning xalqga qilgan murojatnomasida aytib o'tgan muhim gapini keltirib o'tmoqchiman. Murojatnomada jumladan shunday diyiladi. Maktab tizimida o'qituvchi degan nomni qadrini ko'tarish uchun uning ma'naviy va moddiy ta'minotini oshirish buning uchun esa ularga to'lanadigan oylik ish haqini oshirish, xususan, bir tumandan boshqa tumanga borib ishlaydigan o'qituvchi xodimlar uchun ularga oylik ish haqining 50% hisobida, boshqa viloyatga borib ishlasa 100% miqdorida ustama haqlari belgilanishi murojatnomada Prezidentimiz tomonidan ta'kidlab o tildi. Maqolam so'ngida shuni misol qilib keltirmoqchimanki ilm o'rgangan kishi hech qachon yutqazmagan yutqazmaydi ham. Zero, xalqini, jonajon vatanini, mehribon Ota-onasini yaxshi ko'rgan, ardoqlagan inson aslo ertangi kelajagi uchun qayg'urmay qolmaydi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, komputer texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi.
Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.
Umumta’lim maktablariga joriy yilda 10-sinfga o‘quvchilar qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi.
Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarning fikrlarini inobatga olish, ular bilan «ochiq eshiklar» kuni kabi tadbirlar tashkil qilib, turli uchrashuvlar o‘tkazish zarurligini alohida ta’kidladi.
2016/2017-o‘quv yilida umumta’lim maktablarini tamomlagan 466 mingdan ortiq o‘quvchining 288 mingi, ya’ni 60 foizdan ziyodi 10-sinfda o‘qishni davom ettirmoqda.
Yig‘ilishda yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga munosib avlod bo‘lib voyaga yetishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ulug‘ ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nomidagi chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi. Mazkur maktab faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ushbu sohalarda kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, ularning yetuk va zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi.
Ushbu maktablarning asosiy vazifasi etib yuqori malakali va bilimdon o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birga, chet tilini o‘qitishga ham usutvor ahamiyat qaratish zarurligi belgilangan. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilishda hududlar imkoniyati va salohiyatini o‘rgangan holda, 8-9-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ta’limning keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar yaratadi. Endilikda umumta’lim maktablarida bitiruvchilarni 50 ga yaqin kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga, korxona-tashkilotlarga biriktiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish va kafolatlangan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.
Prezidentimiz soha rahbarlariga bu borada joylarga chiqib qaysi hududga qanday soha bo‘yicha mutaxassislar zarurligini o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi.
Yig‘ilishda ta’lim muassasalari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga bo‘ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ta’lim tizimi, xususan, oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishiga bo‘ladigan test sinovlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, bunda rivojlangan davlatlarda sinovdan o‘tgan eng ilg‘or tajribalarga alohida ahamiyat qaratish, test sinovlarining ochiqligini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
O'zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarini jadal suratlar bilan izchil rivojlantirishdan iborat. Bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda tarmoqlar uchun chuqur bilim va amaliy ko'nikmalarga ega salohiyatli yosh kadrlarni tayyorlash alohida o'rin egallaydi.
Ushbu maqsad — inson kapitalini yuksaltirish O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining eng muhim, uzviy qismlaridan biridir. Bu yo'lda uzluksiz ta'lim tizimini har tomonlama rivojlantirish, uni malakali va amaliy tajribaga ega bo'lgan shijoatkor mutaxassislar bilan ta'minlashga qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Islohotlar jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil etilib, qadamma-qadam hal qilib kelinmoqda. Keyingi davrda ta'lim tizimini rivojlantirish masalalarida Prezidentimizning qator muhim farmon va qarorlari qabul qilindi. Xususan, shu yil 21 iyunda imzolangan “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi va “Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarorlari mamlakatimizda ta'lim sifatini oshirish, yangi, xalqaro miqiyosda e'tirof etilgan ta'lim dasturlarini va pedagogik texnologiyalarni joriy qilish hamda respublikaning barcha hududida malakali pedagog kadrlarni tayyorlashni samarali yo'lga qo'yishga qaratilgan.
Toshkent davlat pedagogika universitetini ilg'or xalqaro talablar asosida transformatsiya qilishni ko'zda tutuvchi Prezident qarori bilan 2022 — 2026 yillarda ushbu oliygohni kompleks rivojlantirish dasturi va uning maqsadli ko'rsatkichlari tasdiqlandi. Ushbu dasturga asosan universitetning ixtisoslik kafedralariga malakali xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi. Professor-o'qituvchilar tomonidan olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarni sifat jihatdan yangi darajaga ko'tarish uchun tegishli choralar ko'riladi. Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi joriy qilinadi va universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilib, talabalarni o'qishga qabul qilish, o'quv dasturlarini tanlash va to'lov kontrakt tizimi parametrlarini aniqlashda katta erkinliklar yaratiladi.
Bu ishlarning amalga oshirilishi universitetning bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini vakolatli xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda akkreditatsiyadan o'tkazish hamda ta'lim muassasasini oliy ta'lim tashkilotlarining nufuzli xalqaro reytinglariga kiritish imkonini beradi. Qaror bilan 2023 yildan boshlab dunyodagi eng nufuzli mingtalikka kiruvchi universitetlar bilan hamkorlikda 3 ta yo'nalishda qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil etish belgilangan. Bunday dasturlar universitet bitiruvchilariga hamkor xorijiy universitetning diplomini olish imkon beradi.
Qarorga muvofiq, universitet tuzilmasida ta'lim jarayoniga ilg'or texnologiyalarning tatbiq etilishi, pedagoglarning kasbiy rivojlantirilishi va ta'lim tizimi mutaxassislarini qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikning yo'lga qo'yilishi ushbu oliygohga mamlakatimiz ta'lim sohasini ilmiy-metodik jihatdan ta'minlab beruvchi yagona markaz sifatida faoliyatini qaytadan tashkil etishga imkon beradi va mamlakatimizning to'ng'ich pedagogika markazi degan nomini yana bir bor tasdiqlaydi.
Pedagog kadrlarni tayyorlashni butun O'zbekiston bo'yicha samarali tashkil etish va hududlardagi yuqori malakali pedagog kadrlarga bo'lgan real talablarni to'la qondirish maqsadida Prezidentimizning qarori bilan mamlakatimizda 10 ta yangi pedagogika oliygohi — Urganch, Namangan, Guliston, Samarqand, Andijon, Buxoro, Termiz va Qarshi shaharlarida pedagogika institutlari, Jizzax va Chirchiq shaharlarida esa pedagogika universitetlari tashkil etiladi. Ushbu yangi oliygohlar faoliyati joylardagi mavjud universitet va institutlarning pedagogika ta'lim sohalaridagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari asosida yo'lga qo'yiladi.
Pedagogika sohasidagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish uchun ularning ta'lim dasturlari xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda qaytadan ko'rib chiqiladi va ta'lim dasturlarining halqaro standartlar klassifikatorlari va baholash dasturlariga mosligi ta'minlanadi. Pedagogik oliy ta'lim muassasalari o'rtasida akademik mobillikni joriy etish maqsadida ularning o'quv rejalari va ta'lim dasturlari bir-biriga moslashtiriladi. Bunday yondashuv butun respublika bo'yicha bir xil standartlarda mutaxassis tayyorlashga, professor-o'qituvchilar, stajyor va doktorantlar uchun akademik almashuvlarga keng imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, qaror bilan talabalarning amaliy malakalari va pedagogik tajribasini shakllantirish maqsadida bakalavriatning 2-4 bosqichida o'qiyotganlarga haftaning 4 kuni oliygohda nazariy bilimlar olish, 2 kuni esa bevosita maktabgacha ta'lim tashkilotlari yoki umumta'lim maktablarida amaliyot o'tish tartibi belgilangan. Bunday yondashuv, shubhasiz, pedagogika oliygohlarini bitirib chiqayotgan mutaxassislarning nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko'nikmaga ham ega bo'lishi va darslarni yuqori pedagogik saviyada bera olishini ta'minlaydi.
Pedagogika oliygohlarida ta'lim sifatini oshirish maqsadida ularni zamonaviy o'quv va ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta'minlash, professor-o'qituvchilarni ilg'or xorijiy universitetlarga stajirovka va doktoranturaga yuborish chora-tadbirlari belgilangan. Shuningdek, ta'limning barcha bosqichida uzviylik va uzluksizlikni yaratish uchun Pedagogik ta'limni rivojlantirish bo'yicha respublika kengashi tashkil etiladi. Bunday Kengash mamlakatimizdagi uzluksiz ta'lim tizimining turli bo'g'inlaridagi barcha o'quv dasturlarining o'zaro uyg'unlashishini ta'minlaydi.
Muxtasar aytganda, Prezidentimizning ta'lim sohasini chuqur isloh qilish va sifatini tubdan oshirish, uni xalqaro tajriba asosida yangidan tashkil etishga qaratilgan ushbu ikki qarori tizim uchun yuksak malakaga ega shijoatli kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqadi. Shu bilan birga, yangi O'zbekiston bunyodkori bo'lmish yoshlarimizga eng ilg'or ta'lim dasturlari asosida chuqur bilim olib, kelgusida mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga hissa qo'shadigan etuk mutaxassislar bo'lib ulg'ayishi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O’zbekiston Milliy axborot agentligi
2 LEX . uz
3 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
4 Gazeta. Uz
5 Kun. uz
Dostları ilə paylaş: |