Avgust, Xitoyning “Agricultural Bank of China” banki bilan homkorlik aloqalari o’rnatildi.
Sentabr, 24-26 sentabr kunlari AT “Aloqabank” «ICT Expo-2014» - axborot texnologiyalar milliy ko’rgazmasida faol ishtirok etdi.
Oktabr, 2 oktabr kuni AT “Aloqabank”ning 900 million dona aksiyalari butunlay joylashtirildi.
Noyabr, 22 noyabr kuni AT “Aloqabank” Bosh ofisi, Amaliyot boshqarmasi va filiallari orasida ayollar voleyboli bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi.
2013 Yanvar, 2012 yil yakunlariga ko’ra aholi bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo’yicha tanlov o’tkazildi. Ushbu tanlovda OAT “Aloqabank” Jizzax filialining Markaziy kassasi “Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi jamg’arma/maxsus kassasi” nominatsiyasida ikkinchi o’rinni oldi.
Yanvar, Toshkent shahrida OAT "Aloqabank"ning Shayxontohur minibanki o'z faoliyatini boshladi.
Fevral, Moody’s xalqaro reyting agentligi ochiq aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning E+/B1/B2/Not Prime; «barqaror» reytingini yana bir bor tasdiqladi.
Mart, bank aholiga yangi milliy valyutadagi "Hamyon 2" nomli daromadli jamg'arma omonatini joriy etdi.
Aprel, «Bank EXPO – 2013» - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari yillik milliy ko'rgazmasi yakunlariga ko'ra, OAT “Aloqabank” “Eng yaxshi texnik jihozlangan stend” nominatsiyasi g'olibi, Farg'ona filiali esa "Tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlayotgan eng yaxshi hududiy bank filiali" nominatsiyasi g'olibi bo'ldi.
May, bank 2013 yilning 3-5 may kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar” VI-Respublika yarmarkasida faol ishtirok etdi.
May, 12-13 may kunlari OAT “Aloqabank”ning filiallar, boshqarma va bo'lim jamoalari o'rtasida mini-futbol (futzal) bo'yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqalari bo'lib o'tdi.
May, 24-25 may kunlari OAT “Aloqabank”ning Bosh ofisi, Amaliyot boshqarmasi va filiallar jamoalari o'rtasida ayollar volleyboli bo'yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqalari bo'lib o'tdi.