Ta’lim muassasalari amaliyotchi psixologlarining eng yaxshi ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish bo’yicha yo’riqnoma. Umumta’lim maktablarining, maktabgacha ta’lim muassasalari, “Mehribonlik” uylari amaliyotchi psixologlari orasidan ilg’or, tashabbuskor va ijodkor mutaxassislarni tanlash hamda ularning kasbiy yo’nalishdagi iqtidorlarini, kasbiy mahoratlarini aniqlash, ularning ilg’or ish tajribalarini o’rganish va ommalashtirish psixologlarning kasb mahoratlarini takomillashtirishning eng qulay shaklidir.
Ilg’or ish tajriba bu psixologning o’z faoliyatiga ijodkorona va novatorlarcha yondashib, o’quvchilarga sifatli psixologik xizmat ko’rsatishning yangi yo’llarini izlab topishdir. Ilg’or ish tajribalarini o’rganish va ommalashtirish maqsadi: Umumta’lim maktablarining amaliyotchi psixologlari orasidan ilg’or, tashabbuskor va ijodkor mutaxassislarni hamda ularning turli yo’nalishdagi iqtidorlarini, kasbiy mahoratlarini aniqlash, rag’batlantirish, aniqlangan ilg’or tajribalarni ommalashtirish.
Ilg’or ish tajribalarini o’rganish va ommalashtirishning asosiy vazifalari:
Ish tajribasi o’rganilayotgan psixolog quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- maxsus ma’lumot va yuqori darajadagi bilimga ega bo’lishi;
- turli vaziyatlarda samarali psixologik yordam bera olish malaka va ko’nikmalariga ega bo’lishi;
- o’quvchilar bilan o’tkazilgan psixologik-pedagogik tashxis metodikalari asosida aniq tahlillar va istiqbol rejalar tuza olishi, ularning mavjudligi;
- o’quvchilarni kasb -hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxisga doir yangi yo’nalishdagi izlanishi va o’z psixologik kontsepsiyasiga ega bo’lishi;
- zamonaviy psixologiyaning rivojlanishiga doir fikr va takliflar bera olishi;
- psixologik korreksion mashg’ulotlar jarayonida komp’yuter, internet, elektron pochta tizimi, texnik moslamalardan samarali foydalana olishi;
- mutaxassisligi bo’yicha jahon psixologiyasi ilg’or ish tajribalaridan xabardor bo’lishi;
- ish jarayonida o’ziga xos yutuqlarga erisha olishi, zamon bilan hamnafasligi, mustaqillik mafkurasi va milliy istiqlol g’oyasi, jamiyat hayotining iqtisodiy va siyosiy sohalardagi o’zgarishlardan psixologik jarayonlarda foydalana olishi;
- ijtimoiy hayotda, jamoatchilik orasida ma’naviy-ma’rifiy faollik ko’rsata olishi;
- ma’naviy yangilanish jarayonida jamiyat xavfsizligiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki tahdidlar hamda g’arazli g’oyalarga qarshi keskin kurasha oladigan darajada bilimga ega bo’lishi;
- yangiligi, amaliyotdagi metodikaga qo’shgan yangi usullari;
Ilg’or ish tajribalarni aniqlash o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish bosqichlari asosida amalga oshiriladi. Ilg’or ish tajribani umumlashtirish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
psixolog haqidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi;
o’rganilgan yo’nalish bo’yicha psixologning amalga oshirgan ishlari to’plam holatiga keltiriladi;
psixologning ilg’or ish tajribasiga aniq xulosalar qilinadi;
materiallar kerakli miqdorda ko’paytiriladi; ilg’or ish tajribalar seminar-kengashlarda, pedagogik kengashlarda, tuman metodika uyushmasi yig’ilishlarida muhokama qilinadi.
Ilg’or ish tajribalarini ommalashtirishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
pedagogik kengash, metod birlashma yig’ilishida, anjumanlarda, pedagogik o’qishlarda so’zlab berish;
ilg’or tajriba, tayanch maktablarida, seminarlarda, ijodiy guruhlarda, malaka oshirish kurslarida ma’lumot berish;
ommaviy axborot vositalarida maqolalar va tavsiyalar shaklida berish.
Ilg’or ish tajribani ommalashtirish quyidagi tizimda amalga oshiriladi:
1.Tuman (shahar) miqyosida ommalashtirish.
Tuman miqyosida ommalashtirish uchun maktab pedagogika kengashi qarori, maktab rahbari taqdimnomasi va psixologning faoliyatiga oid hujjatlar, yaratgan yangiliklari haqida ma’lumot tayyorlanib, tavsiyalar tuman o’quvchilarini kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik diagnostikasini metodik ta’minlash kichik guruhiga taqdim etiladi, tavsiya etilgan hujjatlar tuman psixologlari metodik uyushmasi a’zolari tomonidan o’rganiladi va taqdimotlari eshitiladi, so’ng tuman metodika kabineti kengashiga ommalashtirish uchun tavsiya etiladi. Tuman metodika kabinetining kengash yig’ilishining qarori bilan tuman miqyosida ommalashtiriladi;
viloyat miqiyosida ommalashtirish uchun tuman metodika kabinetining qarori, psixologning faoliyatiga oid hujjatlari, tayyorlagan tavsiyalari va tuman metodika kabineti mudirining taqdimnomasi metodika markaziga taqdim etiladi.
2. Viloyat miqyosida ommalashtirish.
Tuman metodika kabinetining metodik kengashi qarori asosida viloyat Metodika markazi qoshidagi O’quv-metodika kengashi a’zolari tomonidan faoliyat o’rganiladi, muhokama qilinadi va Metodika markazi kengashiga ommalashtirish uchun tavsiya etiladi. Viloyat metodika markazi kengashi qarori bilan viloyat miqyosida ommalashtiriladi;
Respublika miqyosida ommalashtirish uchun Viloyat metodika markazi kengashi qarori, o’qituvchining faoliyatiga oid hujjatlar, ilg’or ish tajribalari haqida ma’lumot, tayyorlagan tavsiyalari va VXTB boshlig’ining taqdimnomasi respublika tashxis Markaziga Respublika miqyosida ommalashtirish uchun taqdim etiladi.
3. Respublika miqyosida ommalashtirish.
Respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilg’or ish tajriba Respublika tashxis markazi ta’lim muassasalarida psixologik xizmat bo’limi tomonidan o’rganiladi. Ilmiy metodik kengashida muhokama qilinib, kengashning qarori bilan Respublika miqyosida ommalashtiriladi (trening ishlanmalari to’plam sifatida chop etiladi, targ’ibot-tashviqot maqsadida psixologlar, o’qituvchilar ishtirokida seminarlar tashkil etiladi).
1.2. Mutaxassislik yo’riqnomasi.
Psixologik xizmat “psixologiya” ixtisosligi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lgan psixolog yoki qayta tayyorlashdan o’tib, “amaliyotchi psixolog” malakasiga ega bo’lgan oliy ma’lumotli pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.
Psixologning vazifalari:
bolalarning shaxsiy va ijtimoiy, intellektual rivojlanishi, psixologik salomatligini saqlash uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish va ta’minlashga yo’naltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish;
o’quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi sabablarni aniqlash va ularga psixologik yordam (psixokorreksiya , psixoprofilaktika, reabilitatsiya va tavsiyalar) ko’rsatish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;
turli yoshdagi bolalarning xarakter xusususiyatlari va shaxs sifatlarini inobatga olgan holda ularning qobiliyat, layoqat, bilish va kasbiy qiziqishlarini o’rganish, Korreksiya qilish va rivojlantirish;
6-7 yoshdagi bolalarni psixologik tekshiruvdan o’tkazish va ularning boshlang’ich sinfda ta’lim olishga tayyorgarlik darajasini aniqlashda qatnashish;
o’quvchilarni tashxis qilish va natijalarni ta’lim olish davomida
(1-sinfdan 9-sinfgacha) “Psixologik-pedagogik tashxis daftari” da qayd etib borish;
o’quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) individual, jinsiy va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda korreksion - rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, ularda ijobiy ijtimoiy ustanovkalarni, ta’lim olish, hayotiy va kasbiy o’zligini anglashga tayyorgarlik motivatsiyalarini shakllantirish;
iqtidorli bolalar va o’smirlarning ijodiy rivojlanishi uchun psixologik qo’llab-quvvatlanishini tashkil etish va amalga oshirish;
ijtimoiy va huquqiy xavf omillarining ta’sirini aniqlash, ularning bolalar va o’smirlarga ta’sirini kamaytirish uchun psixologik tashxis tadbirlaridan foydalanish, ijtimoiy muhitda ularning xulq-atvori va muloqotini psixologik-pedagogik Korreksiyalash;
bolalarning ma’naviy-ma’rifiy, intellektual va jismoniy tarbiyasiga ko’maklashish, o’quvchilar (tarbiyalanuvchilar), pedagog xodimlar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning psixologik madaniyatini shakllantirish;
bolalar tarbiyasi, ta’limi va rivojlanishi, shuningdek, ota-onalar va bolalar munosabatlaridagi muammolar bo’yicha ota-onalar yoki qonuniy vakillarga psixologik maslahatlar berish;
bolalar bilan ishlashda samarali natijalarga erishish va o’zining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida mutaxassis psixologlarning ilg’or tajribalarini va ilmiy uslubiy adabiyotlarni o’rganish;
psixologik xizmat, shuningdek, pedagogik jamoaning bolalar tarbiyasi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan tadbirlari bo’yicha ma’muriyatning buyruq va farmoyishlarini bajarish;
o’z faoliyatiga doir hujjatlar va hisobotlarni o’rnatilgan shakllarda yuritish, ta’lim muassasasida tarbiyaviy tadbirlarning ishlab chiqilishi, rejalashtirilishi va o’tkazilishida, shuningdek, maktab, oila, mahalla hamkorligi amalga oshirilishida ishtirok etish;
umumta’lim muassasalarida o’quvchilar soni ko’pligini inobatga olgan holda, psixologik xizmatni amalga oshirishda sinf rahbarlari ham ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun maktab psixologi sinf rahbarlari bilan avvaldan tayyorgarlik ishlarini o’tkazishi kerak.
Psixologlarning asosiy funksiyalari:
har bir yosh bosqichida (bolalik, o’smirlik, yoshlik) shaxsning barkamol shakllanishi va rivojlanishiga ko’maklashuvchi psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratish;
o’quvchilarning intellektual, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi buzilishlar, shuningdek, ularning xulq-atvori hamda muomalasidagi og’ishlarni aniqlash;
o’quvchilar (tarbiyalanuvchilar), ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari, pedagoglar o’rtasida psixologik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida psixologik ma’rifat ishlarini olib borish;
o’quvchilarning qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari va shaxsiy sifatlari, shuningdek, kasb hamda o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida keyingi ta’lim yo’nalishini (akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini) tanlash motivlarini aniqlash bo’yicha tashxis tadbirlari (suhbatlar, anketa so’rovlari, testlar)ni tashkil etish va o’tkazish;
iqtidorli bolalar va o’smirlarni aniqlash, ularning bilimga qiziqishlari, moyilliklari va qobiliyatlarini rivojlantirish, o’quv hamda ijodiy faoliyatga undash uchun zaruriy psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratishda ishtirok etish;
o’quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning darslarni o’zlashtirmasligi, atrofdagilar bilan ziddiyatli munosabatlarda bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy muammolarini aniqlash, ularni ota-onalar yoki qonuniy vakillar, ta’lim muassasalari pedagoglari, mehribonlik uylari tarbiyachilari bilan birgalikda hal etish;
tarbiyasi og’ir, pedagogik qarovsiz bolalar va o’smirlarni psixologik tekshirish, ularning xulqidagi og’ishlarni va ijtimoiy muhitga moslasha olmaslik holatini Korreksiyalash, o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar yoki qonuniy vakillar uchun ularni qayta tarbiyalash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
tarbiyasi og’ir o’smirlar (huquqbuzarlar)ga psixologik tavsifnomalar tayyorlash, ularni voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalarga taqdim etish, komissiya qarorlarini ishlab chiqishga ko’maklashish;
psixologik yordamga muhtoj o’quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning turli toifalari bilan korreksion - rivojlantiruvchi, profilaktik va maslahat tadbirlarni o’tkazish;
«Ishonch qutisi» ishini tashkil etish, o’quvchilar jamoasi va pedagogik jamoada sog’lom psixologik iqlimni yaratish hamda saqlab qolish;
o’z faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha hujjatlarni (rejalar, dasturlar, hisobotlar, ma’lumotnomalar, xulosalar va hokazo) yuritib borish.
Psixologlar o’z funksiyalarini maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalari, mehribonlik uylari pedagogik faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bajaradilar, tarbiyalanuvchilar, o’quvchilar, ularning oilalari haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydilar, beradigan tavsiyalarining asoslanganligi va o’z faoliyati natijalari uchun shaxsan javobgardirlar.
2 BOB Istiqbol va joriy ish rejalari.
2.1.Psixoprofilaktik ishlar
Istiqbol reja bu 5 yillik reja bo’lib, psixologning kelajakda amalga oshiradigan ishlarini o’z ichiga oladi. Joriy reja esa yillik va kalendar rejaga bo’linadi.Yillik reja psixologning bir yillik faoliyatini o’z ichiga oladi. Kalendar reja esa psixologning haftalik faoliyatini o’z ichiga oladi. Psixologik diagnostika −bolalarni maktabgacha ta’lim va maktab yoshi davomida psixologik jihatdan uzluksiz har tomonlama o’rganish, ularning individual - psixologik xususiyatlarini aniqlash, o’qish xulq-atvorlaridagi nuqsonlarning sabablarini aniqlab berishga qaratilgan tadbirlarga doir ish rejasi.