Korreksion psixologiyaning asosiy tamoyillari. Albatta, xar kanday fan soxasi uziga xos ob’ektga va predmetga va ularga mos keladigan tadkikot yoki amaliy urganish metodlariga, uz tamoyillariga egadir. Psixologik korreksiyada kullaniladigan metodlar va tamoyillar xozirgi zamon psixologiya fani va pedagogika fanida orttirilgan ilmiy, amaliy tajribalar, shakllangan tamoyillar asosida shakllanmokda. Shu bilan birga uz xususiyatlariga ega xamdir. Buning sababi Korreksion psixologiyada kullaniladigan metodlar va tamoyillar fanda biror yangilik ochishdan kura kuprok mavjud bilimlar, metodlar, tamoyillarning amalda samarali kullanilishiga xizmat kiladi. Yuqoridagilardan kelib chikkan xolda, Korreksion psixologiyaning kuyidagi tamoyillarini ko’rsatib utish mumkin:
1. Korreksiya va diagnostika nazariyasi va metodikalarining ilmiy asoslanganligi. Korreksiya va diagnostika ob’ektini yaxlit ravishda genetik va tizimli taxlil kilish, ularni modellashtirish, kullaniladigan metodikalar, kursatkichlarning ilmiy asoslanganligi, olingan natijalar va ularning interpretatsiyasining ishonchliligi, anikligini, validligini puxta ishlab chikilgan metodologik asoslarda ta’minlash. Ilmiy asoslanganlik tamoyili kullanilayotgan metodikalarning etnik, ijtimoiy muxitga, shu jumladan Korreksiya va diagnostika utkazilayotgan ukuv yurti va ukuv guruxiga mosligini talab kiladi. Bu tamoyilga amal kilish psixologlarni turli xil yengil, “kuziga yaxshi kuringan” yoki “kuliga tushib kolgan” metodikalarni bilib-bilmay kullashdan saklaydi.
2. Korreksiya va diagnostikaning izchilliligi va anik yunalganligi. Korreksion psixologiya boshka psixodiagnostikdan farkli ravishda anik yunalishga, anik ob’ektga va maksadga karatilgan. Shu sababli Korreksiya va diagnostika faoliyati (jarayonining) natijalari umumiy xulosalar, abstrakt muloxazalardan emas, balki anik shaxsga (masalan, o’quvchi), anik guruxga tegishli bulishi, Korreksiya va diagnostika natijasida anik xulosa chikarib, kamchiliklarni bartaraf kilish, yordam berishning anik yullarini kursatib berishi lozim.
3. Korreksiya va diagnostika shakl va metodlarining optimalliligi. Kullanilayotgan metodikalar, o’quvchiga yondashish usullarining amaliyotchi psixolog, pedagog yoki pedagog-diagnostga kam kuch va vakt sarflab, o’quvchi xakida muxim, sifatli, katta amaliy akamiyatga ega ma’lumotlar yigishga imkon berishi. Korreksiya va diagnostikaning shakl va metodlarining optimalligini ta’minlash uchun pedagogikada va psixologiyada kup yillar davomida kullanilib kelayotgan, kulay, oddiy va shu bilan birga samarali metodlarini tanlash va kullash zarur.
4. Urganish ob’ekti xakidagi faktlarni yigish, bayon kilish va tugri yulga solishning birligi. Urganilayotgan ob’ekt xakida ma’lumotlar yigish, ularni pedagoglarga kursatish va Korreksiya va diagnostika jarayonida urganilayotgan o’quvchiga yoki ukuv-tarbiya jarayonini takommillashtirishda, kamchiliklari bartaraf kilishda, ukuv yurti raxbarlariga, pedagoglarga ma’lum psixologik, pedagogik yordamlar berish, tugri yulga solish, kullab-kuvvatlash funksiyalarning birgalikda olib borilishi.
5. Korreksiya va diagnostikaning ketma-ketliligi va uzluksizligi- Korreksiya va diagnostikaning boskichma-boskich amalga oshira borib, ukuv jarayoniga, o’quvchining uzlashtirishiga xalakit berayotgan sabablarni ochish, olingan natijalardan keyingi boskichlarda, ukuv-tarbiya jarayonida uzluksiz foydalanishda yuzaga chikadi.
6. Korreksiya va diagnostika metodlari va jarayonlarining kulayligi va ommobopligi. Korreksiya va diagnostika metodlarining oddiyligi, pedagoglar, amaliy psixologlar, ukuv yurti raxbarlari, tekshiriluvchi uchun kulayligi, ularda Korreksiya va diagnostikaga nisbatan kizikish, intilish uygotishga xizmat kilishini ta’minlovchi tamoyil.
7. Korreksiya va diagnostikaning xar tomonligiga (kompleksliligi). Bu tamoyil o’quvchi shaxsini, uning individual-psixologik xususiyatlarini, ruxiy jarayonlarning rivojlanganlik darajasini, ukuv faoliyatining boshka xususiyatlarini urganish uchun tanlangan metodlar va metodikalar o’quvchini bir butun xolda, xar tomonlama urganish, ta’riflash, yondoshish imkonini berishda yuzaga chikadi. Diagnostik metodikalar bir-biri bilan boglik bulishi, bir-birini tuldirish bu tamoyilning asosiy talablaridan biridir.
8. Korreksiya va diagnostikaning o’quvchi rivojlanishining kelajagini, okibatlarini oldindan kura olish (prognoz kilish) imkoniyati bera olishi. Xar kanday psixologik- Korreksion psixologiya o’quvchining kechagi yoki bugungi kundagi rivojlanish darajasini, ukuv jarayonining tashkil kilinganlik darajasini kursatib berish bilan cheklanib kolmasligi lozim. Diagnostik jarayonda urganilayotgan ob’ektning “kelajagi”, ertangi kuni xam, tarakkiyot tendensiyalari, xam ma’lum omillar ta’sirining okibatlari ochib berilishi kerak. Shu xoldagina, prognoz moxiyatidan kelib chikkan xolda ta’lim-tarbiya jarayonida yul kuyilayotgan xatolar, o’quvchi tarakkiyotidagi kuzga tashlangan kamchiliklarni bartaraf kilish, tugri yulga solish imkoniga ega bulamiz. Shu sababli Korreksion psixologiya metodlarining prognostik bulishi eng muxim talablardan biridir.
Psixologiya tadqiqot metodlari psixik xodisalarni urganishga ob’ektiv karashni ta’minlabgina kolmay, balki shaxsning psixik jarayonlari va xususiyatlari nima uchun va kanday yuzaga keladi, kanday rivojlanadi va kanday uzgarib boradi degan savollarga xam javob bermogi kerak Psixologiya metodlari amaliyot bilan boglanmogi , ya’ni amaliy jixatdan juda muxim masalalarni xal etish uchun yarokli bulmogi zarur.Masalan: korreksiyada bolaning psixik tarakkiyoti urganilar ekan, uning psixik tarakkiyotining asosiy konuniyatlarini va asosiy xissiyotlarini aniklash va tuzatish bolaning xuddi shu tarzda psixik tarakkiy etish sabablarini bilib olish xamda sinchiklab urganish asosida maktab va oilada bola tarbiyasi va ta’limi protsesslarini tobora takomillashtirish uchun muayyan bir usullarni belgilash kerak. Umuman psixologiyaning asosiy metodlari -kuzatish va eksperiment metodlaridir. Xususiy metodlar suxbat metodi, anketa, faoliyat maxsuli va protsessini taxlil kilish, test va ularni kullash metodologiyasi va boshka metodlar xam kiradi.