Kirish Chiziqli fazolar


Chiziqli funksional normasi. Qo’shma fazo. Chiziqli funksionallarning sust yaqinlashuvi



Yüklə 34,99 Kb.
səhifə5/6
tarix18.08.2023
ölçüsü34,99 Kb.
#139765
1   2   3   4   5   6
Kirish Chiziqli fazolar

2.2 Chiziqli funksional normasi. Qo’shma fazo. Chiziqli funksionallarning sust yaqinlashuvi
Aytaylik, E normalangan fazo va f undagi uzluksiz chiziqli funksional bo‘lsin. Quyidagicha aniqlangan ‖𝑓‖ = son, ya’ni |(𝑥)| qiymatlarning birlik shardagi aniq yuqori chegarasi bo‘lgan son f funksionalning normasi deyiladi.
1 - misol. 𝑅 da 𝑓(𝑥) = 𝑥 funksional normasini hisoblang.
‖𝑓‖ = = ≤ ≤ |𝛼| = |𝛼|. Demak, ‖𝑓‖ ≤ |𝛼|. Agar 𝑥 = 1 bo‘lsa, u holda (𝑥) = 𝛼 va ‖𝑓‖ = |𝛼| bo‘ladi.
2-misol. 𝐶[𝑎, 𝑏] fazoda aniqlangan 𝑓(𝑥) = chiziqli funksionalning normasini hisoblang.
‖𝑓‖ = = ≤ ≤ 𝑏 − 𝑎,
𝑥 ≡ 1 bo‘lsa, 𝑓(𝑥) = 𝑏 − 𝑎 tenglik o‘rinli bo‘ladi. Demak, ‖𝑓‖ = 𝑏 − 𝑎.
Chiziqli funksionallar uchun qo‘shish va songa ko‘paytirish amallarini quyidagicha kiritamiz.
Aytaylik, E biror chiziqli fazo, 𝑓1 va 𝑓2 undagi ikki chiziqli funksional bo‘lsin. Ularning 𝑓1 + 𝑓2 yig‘indisi va  songa ko‘paytirish amallari, ixtiyoriy 𝑥 ∈ 𝐸 uchun 𝑓 (𝑥)  𝑓1(𝑥) + 𝑓2(𝑥) va 𝑓 (𝑥)  𝑓1(𝑥)
munosabatlar bilan aniqlanadi.
Bu tengliklarni tushunarli bo‘lishi uchun
(𝑓1 + 𝑓2)(𝑥)  𝑓1(𝑥) + 𝑓2(𝑥) va (𝑓1)(𝑥)   𝑓1(𝑥) kabi yozamiz. Demak, 𝑓1 + 𝑓2 va 𝑓1 lar ham chiziqli funksionallardir. Bu amallarga nisbatan chiziqli funksionallar to‘plami chiziqli fazo hosil qilishi ravshan.
Shuningdek, E normalangan fazodagi 𝑓1 va 𝑓2 funksionallarning uzluksizligidan 𝑓1 + 𝑓2 va  𝑓1 larning uzluksizligi kelib chiqadi. Kelgusida, E da aniqlangan barcha uzluksiz chiziqli funksionallar fazosini E* orqali belgilaymiz va u E ga qo‘shma fazo deyiladi. Aytaylik E normalangan fazo bo‘lsin.
4-ta’rif. Agar E dan olingan {𝑥n} elementlar ketma-ketligi va ixtiyoriy f uzluksiz chiziqli funksional uchun {(𝑥n)} sonlar ketma-ketligi 𝑓(𝑥0) ga yaqinlashsa, ya’ni 𝑓(𝑥n) → 𝑓(𝑥0) munosabat bajarilsa, u holda {𝑥𝑛} ketma-ketlik 𝑥0 elementga sust yaqinlashadi deyiladi. Bu holda 𝑥0 element { n } ketma-ketlikning sust limiti deyiladi.
4-teorema. { n } ketma-ketlikning sust limiti yagona bo‘ladi.
Isbot. Aytaylik, ixtiyoriy f uzluksiz chiziqli funksional uchun {(𝑥n)} → 𝑓(𝑥0) va {𝑓(𝑥n)} → 𝑓(𝑦0) bo‘lsin. U holda (𝑥0) = 𝑓(𝑦0), bundan 𝑓(𝑥0− 𝑦0) = 0 bo‘ladi. Agar 𝑥0≠ 𝑦0 deb faraz qilsak, u holda Xan-Banax teoremasi natijasiga ko‘ra E da shunday 𝜑 uzluksiz chiziqli funksional mavjud bo‘lib, 𝜑(𝑥0− 𝑦0) ≠ 0 bo‘ladi. Bu esa ixtiyoriy f uzluksiz chiziqli funksional uchun (𝑥0− 𝑦0) = 0 ekanligiga zid. Demak, 𝑥0= 𝑦0.
Quyidagi tasdiq o‘z-o‘zidan ravshan.
5-teorema. Agar { n } ketma-ketlik 𝑥0 ga sust yaqinlashsa, u holda bu ketma-ketlikning ixtiyoriy qism ketma-ketligi ham 𝑥0 ga sust yaqinlashadi.
Sust yaqinlashishdan farq qilish uchun 𝐸 fazodagi normaga nisbatan yaqinlashishni kuchli yaqinlashish deyiladi. Ravshanki, kuchli yaqinlashishdan sust yaqinlashish kelib chiqadi.
6-teorema. 𝑅n fazoda sust yaqinlashish kuchli yaqinlashish bilan ustma – ust tushadi.
Isbot. Sust yaqinlashishdan kuchli yaqinlashish kelib chiqishini ko‘rsatish yetarli. Aytaylik, 𝑅n fazoda 𝑒1, 𝑒2, … , 𝑒n ortonormal bazis va {𝑥k } ketma-ketlik (bu yerda ) biror 𝑥 ∈ 𝑅n elementga (bu yerda ) sust yaqinlashuvchi bo‘lsin. 𝑅n fazoda quyidagicha aniqlangan 𝑓j chiziqli funksionalni qaraymiz:

U holda teorema shartiga ko‘ra 𝑘 → ∞ da quyidagi munosabatlarni yozishimiz mumkin:
= → = , 𝑗 = 1, 2, … , 𝑛.
ya’ni { } ketma-ketlik 𝑥 elementga koordinatalar bo‘yicha yaqinlashadi. Demak, 𝑘→ ∞ da

ya’ni { } ketma-ketlik 𝑥 ga kuchli yaqinlashadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, sust yaqinlashishdan kuchli yaqinlashish kelib chiqadi.
𝐻 Gilbert fazosida ixtiyoriy uzluksiz chiziqli funksional skalyar ko‘paytma ko‘rinishida ifodalanishi hamda skalyar ko‘paytmaning uzluksizligidan quyidagi tasdiqning o‘rinli ekanligi kelib chiqadi.
7-teorema. 𝐻 Gilbert fazosida { } ketma-ketlik biror 𝑥 elementga sust yaqinlashuvchi bo‘lishi uchun ixtiyoriy 𝑦 ∈ 𝐻 elementga nisbatan ushbu ( ,𝑦)→(𝑥, 𝑦) munosabat bajarilishi zarur va yetarli. Endi 𝑙2 fazoda sust yaqinlashishni qaraymiz. Ma’lumki, 𝑙2 fazoda ortonormal bazis sifatida ushbu 1=(1, 0, 0, … ), 𝑒2= (0, 1, 0, … ) vektorlar sistemasini olish mumkin. 7-teoremadagi 𝑦 sifatida 𝑒i larni olsak, biror { } ketma-ketlikni 𝑥 ga sust yaqinlashishidan quyidagi munosabatlar kelib chiqadi:
(i)= ( , 𝑒i ) → (𝑥, 𝑒i) = 𝑥(i) , 𝑖 = 1, 2, … (3)
ya’ni sust yaqinlashuvchi ketma-ketlik koordinatalar bo‘yicha ham shu elementga yaqinlashuvchi bo‘ladi. Shunday qilib, 2 fazoda sust yaqinlashish koordinatalar bo‘yicha yaqinlashish bilan teng kuchlidir. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, 𝑙2 fazoda sust yaqinlashish kuchli yaqinlashishdan farq qiladi. Masalan, {𝑒k} ketma-ketlik 𝑙2 fazoda nol vektorga sust yaqinlashadi, chunki ixtiyoriy 𝑦 = (𝑦1, 𝑦2, … , 𝑦n, … ) ∈ 𝑙2 element uchun
(𝑦, 𝑒k) = 𝑦k → 0, 𝑘 → ∞.
Ammo ixtiyoriy 𝑛 uchun ‖𝑒k‖ = 1 ↛ 0, ya’ni {𝑒k} ketmaketlik nolga kuchli yaqinlashmaydi.
8-teorema. {𝑥𝑛} ketma-ketlik 𝑥0 elementga sust yaqinlashishi uchun
1) {‖𝑥n‖} ketma-ketlik chegaralangan;
2) chiziqli kombinatsiyasi 𝐸* da zich bo‘lgan biror uzluksiz chiziqli funksionallar to‘plamidan olingan ixtiyoriy 𝑓 funksional uchun 𝑓(𝑥n) → 𝑓(𝑥0) bo‘lishi zarur va yetarli.
FOYDALANILGAN ADABIYORLAR

Yüklə 34,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin