Kirish dunyo miqyosida aholiga transport xizmati ko‘rsatish, jumladan, yo‘lovchilarni tashishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, yo‘nalishlarda transport vositalarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini optimallashtirish,



Yüklə 24,59 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü24,59 Kb.
#186370
  1   2
Dunyo miqyosida aholiga transport xizmati ko‘rsatish, jumladan-fayllar.org


Dunyo miqyosida aholiga transport xizmati ko‘rsatish, jumladan

KIRISH
Dunyo miqyosida aholiga transport xizmati ko‘rsatish, jumladan,
yo‘lovchilarni tashishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, yo‘nalishlarda
transport vositalarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini optimallashtirish,
haydovchilar mehnati va dam olishi, shahar ichi, atrofi, shaharlararo va
xalqaro tashishlarni tashkil etish, tarif tizimini takomillashtirish, xizmat
sifatini oshirish masalalari, mavjud muammolarning zamonaviy yechimi
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada rivojlangan xorijiy
mamlakatlarda, jumladan, AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya, Singapur,
Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda mazkur masalalarning
yangi ilmiy-texnikaviy yechimlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Jahonda aholiga transport xizmati ko‘rsatish, uning sifatini oshirish,
yo‘lovchilar tashish transporti ishini kompleks yondashuvlarga asoslangan
holda takomillashtirish yo‘nalishlarida keng ko‘lamli tadqiqotlar olib
borilmoqda. Shu bilan birga yo‘lovchilarni tashishning zamonaviy
texnologiyalarini yaratish zarur hisoblanmoqda.
Respublikamizda aholiga transport xizmati ko‘rsatish sifatini
oshirishga qaratilgan, jamoat transporti ishini takomillashtirish
masalalariga yo‘naltirilgan vazifalar ustuvor xususiyatga ega bo‘lmoqda.
Aholiga transport xizmati ko‘rsatish masalalari juda ko‘plab omillar bilan
bog’liq bo‘lib, ularning har biri alohida yondashuv va kompleks hal etishni
taqozo etadi. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «.... aholiga transport
xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini
oshirish va atrof-muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har
tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va
avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish....» 1 masalalari
alohida ta’kidlab o‘tilgan. Bugungi kunda yo‘lovchi transporti oldida
turgan eng dolzarb muammolar – yo‘lovchilarni manzillariga o‘z vaqtida,
xavfsiz, komfort sharoitda, minimal sarf-xarajatlar bilan yetkazish
hisoblanadi. Mazkur muammolarni hal etishda, shuningdek, mamlakat
transport tizimini yanada takomillashtirishda transport sohasida jahon
talablariga mos, yangicha fikrlaydigan, chuqur bilim va ko‘nikmaga ega
kadrlar tayyorlash zarur. Mazkur o‘quv qo‘llanma yo‘lovchi transporti
ishini rivojlangan davlatlar darajasida tashkil eta oladigan kadrlar
tayyorlashga xizmat qiladi.va uning

1-BOB.SHAHAR JAMOAT TRANSPORTI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI.


1.1.SHahar jamoat transporti faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shart-sharoitlari.





Yüklə 24,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin