Кirish: I. Asosiy qism: Moddalarning erish issiqlik jarayonlari va xarakteristikasi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə17/22
tarix26.04.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#56436
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Êirish I Asosiy qism Moddalarning erish issiqlik jarayonlari

Entropiya va ehtimollik

Termodinamikaning asosiy potensiallarini ifodalaydigan parametrlar – temperatura va bosim juda ko’p sondagi zarrachalarning xossalariga bog’liq ravishda o’zgaradi. Masalan, gazlardan iborat sistemaning temperaturasi molekulalarning kinetik energiyasiga, binobarin ularning harakat tezligiga bog’liq. Lekin ayrim molekulalarning tezligi juda katta, ba‘zilarning tezligi esa, aksincha, juda kichik bulishi mumkin.



Shuningdek, gazlar bosimi ham juda ko’p sondagi molekulalarning idish devoriga urilishi impulsi bilan o’lchanadi. Bunda uchta koordinata o’qi bo’yicha harakatlanuvchi molekulalarning soni teng, ya‘ni har qaysi yo’nalishda umumiy molekulalarning 1/3 qismi harakatlanadi deb faraz qilinadi. Kam sondagi molekulaga bu to’g’ri kelmasligi mumkin. Agar sistema 3 molekuladan iborat bo’lsa, shu molekulalarning (uchchalasining) bir tomonga harakatlanish ehtimolligi ancha katta, lekin bir million molekula bo’lsa, hamma molekulalarning bir tomonga harakatlanishi ehtimoldan uzoq bo’ladi. Ana shu bayon etilganlarga asoslangan holda temperatura va bosim statistik tabiatiga ega deyiladi, ya‘ni temperatura, bosim tushunchasi faqat juda ko’p sondagi zarrachalarda iborat sistemalar uchun xosdir.

Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuniga muvofiq, izolirlangan sistemada barcha qaytmas jarayonlarda entropiya oshadi. Ikkinchi tomondan shu sharoitda sistema ehtimoli kam holatdan ehtimoli ko’p holatga o’tadi. Masalan, gaz molekulalarining idish hajmining bir chekkasida to’planib turish ehtimolligi kam hodisa, lekin butun idish hajmiga bir tekis tarqalish ehtimolliligi ko’p xodisadir. Shunday qilib, qaytmas jarayonlarda entropiya ortadi va sistema ehtimolligi kam holatdan ehtimolligi ko’p holatga o’tadi.

Ehtimollik nazariyasi faqat ko’p sondagi tarkibiy zarrachalardan iborat sistemalar yoki ko’p marta qaytariladigan jarayonlar uchun qo’llanilishi mumkin. Shunga ko’ra, ehtimollik bilan bog’langan temperatura, bosim va entropiyalar statistik tabiatga ega, ya‘ni ko’p sonli zarrachalardan iborat sistemalaraga mansub. Shunga ko’ra, termodinamikaning II bosh qonuni ham statistik tabiatga ega va uning qo’llanilishi ham uning statistik tabiati bilan chegaralanadi. Birinchi qonun hamma joyda va har qanday sistemaga qo’llanaveradi, ya‘ni u universaldir. Ikkinchi bosh qonun esa faqat statistik sistemalar uchun qo’llanilishi mumkin.

Fizik kimyo turli fizikaviy eksperimental tadqiqot usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalarning molekulyar mexanizmini mufassal tushuntirib berdi. Fizik kimyo anorganik, organik va analitik kimyo sohasidagi tadqiqotlar uchun xam, kimyoviy texnologiyaij ishlab chiqarish uchun ham nazariy asos boʻdsi. 20-asrning 50— 70-yillarida Fizik kimyoning koʻpgina sohalari tez rivojlandi va molekulalar, ionlar, radikallarning turli fizikkimyoviy jarayonlardagi tabiatini muftassal oʻrganadigan yangi yoʻnalishlar vujudga keldi. Dissotsiatsiya, ionizatsiya va fotoionizatsiya energiyasi tadqiq qilindi. Elektr razryadlaridagi reaksiyalar, quyi trali plazmadagi jarayonlar (plazmalar kimyosi), sirt hodisalarining qattiq jismlar xossalariga taʼsiri (fizik kimyoviy mexanika) muvaffaqiyatli oʻrganildi, polimerlar Fizik kimyosi gazlar elektrokimyosi va boshqa rivojlandi. Oʻzbekistonda Fizik kimyoning rivojlanishida ~Q.U.Usmonov, h.R.Rustamov, N.A.Parpiyev va boshqalarning xizmatlari katta.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin