Кirish: I. Asosiy qism: Moddalarning erish issiqlik jarayonlari va xarakteristikasi


O’z – o’zicha boruvchi va o’z – o’zicha bormaydigan jarayonlar



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə8/22
tarix26.04.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#56436
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Êirish I Asosiy qism Moddalarning erish issiqlik jarayonlari

O’z – o’zicha boruvchi va o’z – o’zicha bormaydigan jarayonlar

Tabiatda mavjud bo’lgan jarayonlar ma‘lum tomonga yo’nalgan bo’ladi, ularni orqaga qaytarish uchun energiya sarflash kerak bo’ladi. Masalan, doimo issiqlik issiq jismdan sovuq jismga o’z – o’zicha o’tadi, turli bosimdagi gazlar o’z bosimini tenglashtirishga intiladi, ishqalanish jarayonlarida ish issiqlikka aylanadi, elektr yuqori potensialdan past potensial tomon o’tadi, idihslarga solingan suyuqlikning sirti tenglashadi, turli bosimdagi gazlar yuqori bosimdan past bosim tomon, ya‘ni bosimlar tenglashish tomoniga boradi va hokazo. Bu xildagi jarayonlar ma‘lum tezlik bilan muvozanat tomon harakat qiladi. Ular «o’z – o’zicha» boradigan yoki musbat jarayonlar deyiladi. Bu xil jarayonlarda sistema ish bajaradi, ya‘ni energiya ajraladi.

Lekin yuqorida keltirilgan jarayonlar teskari yo’nalishda ham borishi mumkin. Bunday jarayonlar ko’p. Masalan, issiqlikni sovuq jismdan issiq jismga o’tkazib (masalan, muzlatgichlarda) issiqlikni ishga aylantirish mumkin. Bu xildagi jarayonlar energitika sanoatida keng qo’llaniladi. Lekin bu xildagi jarayonlar «o’z – o’zicha» bormaydi, ularning borishi uchun sistemaga tashqaridan qo’shimcha energiya berish, ya‘ni sarflash kerak bo’ladi. Ular o’z – o’zicha bormaydigan yoki manfiy jarayonlar deyiladi.

O’z – o’zicha bormaydigan jarayonlarning sodir bo’lishi uchun ular o’z – o’zicha boradigan jarayonlar bilan birgalikda olib borilishi kerak. Masalan, o’z – o’zicha bormaydigan issiqlikning ishga aylanish jarayoni o’z – o’zicha sodir bo’ladigan issiqlikning issiq jismdan sovuq jismga o’tish jarayoni bilan birgalikda olib boriladi. Shunday qilib, o’z – o’zicha bormaydigan jarayonlarning borishi uchun kompensatsiya zarur, ya‘ni ular o’z – o’zicha boradigan jarayonlar bilan birlashtirilishi, tashqaridan energiya sarf qilinishi kerak.




Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin