Quyidagi rasmda urush yillarida Qo'shma Shtatlardagi ishchi kuchi, qurolli kuchlar va ishsizlikning rivojlanishi haqida umumiy ma'lumot.2
Yil
Jami ishchi kuchi (* 1000)
Qurolli kuchlar (* 1000)
Ishsizlar (* 1000)
Ishsizlik darajasi (%)
1939
55,588
370
9,480
17.2
1940
56,180
540
8,120
14.6
1941
57,530
1,620
5,560
9.9
1942
60,380
3,970
2,660
4.7
1943
64,560
9,020
1,070
1.9
1944
66,040
11,410
670
1.2
1945
65,290
11,430
1,040
1.9
1946
60,970
3,450
2,270
3.9
Urushdan keyingi dastlabki yillarda ichki siyosatda rekonversiya, ya’ni mamlakat hayotini harbiy izdan tinch izga solish muammosi birinchi 0‘ringa chiqdi. Nega shunday bo’ldi? Urush yillarida AQSH qurolli kuchlarida 12 mln kishi xizmat qildi. 1947-yilga kelib ularning sonini 1 — 1,5 mln kishiga tushirish haqida qaror qabul qilindi. Binobarin, 10,5— 11 mln harbiyni ish bilan, uy-joy bilan ta ’minlash zarur edi. Davlat bu m uammoni hal etishga qaratilgan qator muhim qonunlar qabul qildi. Rekonversiyaning yana bir muammosi — bu urush yillarida davlat qurgan zavodlar taqdiri masalasi edi. Davlat ularni qurishga 17 mlrd dollar sarflagan. Urushdan keyin davlat o ‘z mulkini yarim bahosiga boisa ham korporatsiyalarga sotdi. lchki siyosatda mayda va o ‘rta korxonalar ko‘payishiga alohida e’tibor berildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda mam lakatda 9 mln ta shaxsiy firmalar faoliyat koisatdi. Prezident G .T rumen (1945— 1952) 1948-yilda ijtimoiy himoya sohasida quyidagi tadbirlarni ilgari surdi: — ish o ‘rinlarining to ia bandligini ta’minlash; — adolatli m ehnat munosabatlarini joriy etish; — davlat uy-joylari qurish va xaroba kulbalarni yo‘q qilish. Bu yo‘l «adolatli yo‘l» deb nom oldi. G. Trum en davrida qonun asosida minimal ish haqi, sug‘urta nafaqalari tolovlari miqdori oshirildi. Pensiya bilan ta ’m inlanmagan 10 mln fuqaroga pensiya tayinlandi. Kam ta ’minlangan oilalar uchun 800 ming turarjoy qurildi. Kreditga tovar sotish joriy etildi. Bu tadbirlar aholining xarid quvvatini oshirdi. Bular, o’z navbatida, sanoatning iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmog‘ining yanada gurkirab rivojlanishini ta ’minladi. M amlakatda dunyoda yo'q yangi tovar — televizor ishlab chiqarish yo'lga qo‘yildi. Har bir oilaga telefonga ega b o lish imkoni yaratildi. Adolatli m ehnat munosabatlarining joriy etilishi juda katta to ‘siq!arga uchradi. Kasaba uyushmalarining qudrati AQSH Kongressida ko‘pchilik o ‘ringa egabo‘lgan Respublikachilarning g‘ashini keltirardi. Bu holatga barham berish uchun ular «Taft — Xartli qonuni» deb atalgan qonun loyihasini tayyorladilar. Qonun tashkiliy va birdamlik stachkalarining o'tkazilishini taqiqladi. Alohida murakkab mehnat mojarolarini majburiy ravishda arbitrajda hal etish belgilab qo‘yildi. Davlat xizmatchilarining ish tashlash o ‘tkazisli!ari taqiqlandi. T o‘g‘ri, prezident Trum en bu qonunni tasdiqlamagan. Biroq AQSH Kongressi prezident vetosini bekor qila olgan va Taft — Xartli qonuni kuchga kirgan. 1952-yilgi prezident saylovlarida mashhur harbiy qo‘mondon, general D. Eyzenxauer (Respublikachilar partiyasining nom zodi) g‘alaba qozondi. Uning ichki siyosatida o ‘zgacha fikrlovchilarni ta ’qib etish kompaniyasi b oshlandi. Bu kom paniyani senator J. M akkarti boshqardi. U ning rahbarligida AQSH Senati «Amerikaga qarshi faoliyatni tekshirish komissiyasi»ni tuzdi. Komissiya AQSH ning ichki va tashqi siyosati haqida rasmiy nuqtayi nazardan o ‘zgacha fikr bildirganlarni qo‘poruvchilikda aybladi. Komissiya AQSH Konstitutsiyasi ruhiga zid ravishda aybdor deb topilgan kishilarni qamoq jazosiga hukm etardi, jarim a solar yoki ishdan haydash haqida qaror chiqarar edi. To‘g‘ri, AQSH Senati 1954-yilda Makkarti xattiharakatini qoralagan. 50-yillarda negr xalqining o ‘z haq-huquqi uchun kurashi kuchaydi. Bu kurashning rahbari ruhoniy Martin Lyuter King edi. U kurashning kuch ishlatmaslik yo‘lini tanlagan. 1956-yilda AQSH Oliy sudi avtobuslarda oq tanli va qora tanlilar uchun alohida joy ajratishni, maktablarda esa oq tanli va qora tanlilarni ajratib o‘qitishni qonunga zid deb topdi. 1960-yilgi prezidentlik saylovida dem okrat J. Kennedi (1961 — 1963) g‘alaba qozondi. U qisqa muddatli prezidentligi davrida katta ishlarni amalga oshirishga ulgurdi. Chunonchi, J. Kennedi kosmosda AQSHning yetakchi davlat bo‘lishini ta ’minlash maqsadida «Apollon» deb ataluvchi dasturni ilgari surdi. Dasturning maqsadi Amerika raketasini Oyga qo‘ndirishga erishish (bu maqsadga 1969-yilda erishilgan). lqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish uchun ichki bozorni kengaytirishga sarflanadigan xarajatlami ko‘paytirish, minimal ish haqini oshirish, ishsizlik bo‘yicha toianadigan nafaqani to iash muddatini uzaytirish, uy-joy qurilishi koiam ini kengaytirish kabi tadbirlar rejalashtirildi. Bu tadbirlarni amalga oshirish katta mablag' sarflashni talab etardi. Hukum at bu xarajatlarni soliqlarni oshirish hisobiga qoplamoqchi edi. Bu hol hukumatning yirik korporatsiyalar bilan munosabati buzilishiga olib keldi. Bu esa, o ‘z navbatida, demokratlar partiyasida bo‘linishni keltirib chiqardi. J. Kennedi islohoti atrofida kuchli siyosiy kurash boshlandi. O xir-oqibatda J. Kennedi 1963- yilning 22-noyabrida Dallas shahrida otib o’Idirildi. Prezident kimlarning buyurtmasi bilan old irilganligi haligacha nom alum ligicha qolmoqda. Undan so‘ng prezidentlik lavozimini vitse-prezident L. Jonson egalladi. U «buyuk jamiyat» qurish dasturini ilgari surdi va o ‘z oldiga kambag‘allikni ham da irqiy adolatsizlikni tugatish vazifasini qo‘ydi. «Kambag‘allikka qarshi kurash» dasturini amalga oshirish maqsadida kam daromadli oilalarga yordam berish to ‘g‘risida qonun qabul qilindi. Arzon turarjoylar qurish dasturi amalga oshirildi. Qariyalar uchun tibbiy sug‘urta joriy etildi. Kam daromadli oilalarga esa tibbiy xizmat uchun imtiyozlar belgilandi. 1964— 1968-yillar davomida ijtimoiy sohalar uchun 10 mln dollar sarflandi. T o ‘g ‘ri, m am lakatda kam bag‘allikni tugatib bo‘lmadi. Biroq kambag‘allar sonini 36,4 mln kishidan 25,4 mln kishiga kamaytirishga erishildi. Irqiy kamsitishni tugatishga qaratilgan qator m uhim qonunlar qabul qilindi. Negr xalqining kurashi oqibatida irqiy kamsitishning barcha shakllari qonun bilan taqiqlandi. Vetnam urushi AQSH ichki siyosatiga ham katta talafot yetkazdi. 1968- yilga kelib 30 ming AQSH harbiylari halok bo‘ldi. 180 ming harbiy esa yarador bo‘ldi. Ijtimoiy sohaga xarajatlar ajratish keskin kamaydi. Fuqarolar huquqlariga qarshi hujum boshlandi. Urushga qarshi xarajat kuchaydi. Irqiy kamsitishga qarshi kurash ommaviy tus oldi. Shunday sharoitda reaksiya terror yo‘liga o ‘tdi. 1968-yilning aprel oyida Martin Lyuter King o’ldirildi. lyun oyida esa J. K ennedining ukasi, AQSH prezidentligiga nom zod R. Kennedi o’ldirildi. Shu tariqa m am lakatda keskin siyosiy vaziyat vujudga keldi. Shunday sharoitda, 1968-yilgi prezidentlik saylovida respublikachilar partiyasi nom zodi R. Nikson (1969— 1974) g‘alaba qozondi. R. Nikson hokimiyat tepasiga kelgan davrda AQSHni og‘ir iqtisodiy va siyosiy inqiroz qamrab olgan edi. 1971-yilga kelib ishsizlar soni 5 mln dan ortdi. Bu ishga yaroqli aholining 6 foizini tashkil etardi. Og‘ir iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun qator keskin choralar ko‘rildi. Chunonchi, ish haqi va narxlar muzlatildi. Davlat xarajatlari kamaytirildi. Dollarni oltinga almashtirish vaqtincha to ‘xtatildi. M amlakatga olib kelinadigan tovarlar uchun 10 foizlik boj to‘lovlari joriy etildi. R. Nikson prezidentligi davrida aholini ijtimoiy himoya qilish masalasiga ham ko‘proq e ’tibor berildi. ljtimoiy to lo v lar 45 foizga oshirildi. Uni oluvchilar soni esa 30 mln kishini tashkil etdi. Kambag‘allarga ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini talon orqali tekin berish joriy etildi. Agar 1969-yilda bunday im koniyatdan 3 mln fuqaro foydalangan bo‘lsa, 1974-yilda ularning soni 13 mln kishiga yetdi. 1974- yilda 1 soatga toianadigan minimal ish haqi 1,6 dollardan 2,2 dollarga oshirildi. 1972-yilgi prezidentlik saylovida yana R. Nikson g‘alaba qozondi. Biroq uning prezidentligi uzoqqa cho‘zilmadi. Bunga «Uotergeyt ishi» deb nom olgan janjal sabab b o id i. «Uotergeyt» m ehm onxonasida dem okratlar partiyasining qarorgohi joylashgan edi. 1972-yilning 17-iyunida shu qarorgohga eshituvchi apparat o’rnatgan shaxslar ushlangan. Tergov natijasida uni Respublikachilar partiyasi uyushtirganligi m aiu m boiadi. Hatto unda R. Niksonning shaxsan ishtiroki borligi ham aniqlanadi. Bu hodisa AQSH Konstitutsiyasining qo‘pol su ratd a buzilishi edi. 1974-yilning 9-avgustida R. Nikson iste’foga chiqdi va shu yo‘1 bilan im pichmentdan qutulib qoldi. 1976-yilgi saylovda g‘alaba qilgan Prezident Karter davrida ichki siyosatda harbiy xarajatni keskin oshirish izidan borildi. Chunonchi, 1980-yilda harbiy xarajat 130 mlrd dollarni tashkil etdi. Bundan tashqari, inflatsiyani kamaytirish maqsadida ish haqi muzlatildi, ijtimoiy toiovlar kamaytirildi. M amlakatda fermerlar harakati qayta tiklandi. Ular qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi davlat tom onidan ushlab turilishini talab eta boshladilar. Dunyo siyosatida AQSH birin-ketin muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Bu esa hokimiyat tepasiga AQSH qudratini bor koiami bilan namoyish etuvchi shaxsning kelishini zaruratga aylantirib qo‘ydi. 1980-yilda oikazilgan prezidentlik saylovida g‘olib chiqqan respublikachilar nomzodi R. Reygan ana shunday shaxs edi. Hukum atning iqtisodiy siyosati «reyganomika» deb nom oldi. «Reyganomika» ning mazmuni nim alardan iborat edi? — yirik korxonalardan olinadigan soliqlar kamaytirildi; — ijtimoiy sohalarga budjetdan ajratiladigan xarajatlar kamaytirildi; — bankdan olingan kreditlar uchun tolanadigan foizlar miqdori oshirildi; — harbiy xarajatlar keskin darajada oshirildi (u 1980-yildagi 130 mlrd dollardan 1987-yilda 282 mlrd dollarga yetdi); — davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kamaytirildi. lshsizlar soni ikki baravar oshdi. Ayni paytda inflatsiya to ‘xtatildi. 1983- yildan iqtisodiy koiarilish boshlandi. Buning natijasida ishsizlar soni 10 mln kishidan 7 mln ga tushdi. R. Reygan hukumati kasaba uyushmalariga nisbatan keskin siyosat qoiladi. Aeroportlar dispetcherlarining ish tashlashi qo‘pol sur’atda bostirildi. Ularning kasaba uyushmasi tarqatib yuborildi. Ish tashlash ishtirokchilari ishdan bo‘shatildi. 1988-yilgi prezidentlik saylovida yana bir respublikachi — J. Bush g‘alaba qozondi. U R. Reygan siyosatini davom ettirdi. 1992 va 1996-yilgi prezidentlik saylovlarida demokrat B. Klinton g‘alaba qozondi. Bunga uning jamiyatdagi illatlami — kambag‘allik chegarasidan past darajada yashashni (ular AQSH aholisining 12,5 foizini tashkil etardi); turar-joyi yo‘qlarni (12 mln amerikalik uy-joyga ega emas edi), narkom aniya, jinoyatchilik va shu kabilarni — keskin kamaytirish haqidagi va'dalari va bu borada jiddiy o ‘zgarishlarni amalga oshirganligi tufayli erishdi. Soatiga to ‘lanadigan minimal ish haqi 5 dollardan kam boim asligi belgilandi. U bergan va’dalarining barchasini ham bajara olmadi. 1994-yilda AQSH K ongressining har ikki palatasida k o ‘pchilik o ‘rinni egallab olgan respublikachilar B. Klinton taklif etgan qonun loyihalarini rad etish yoiidan bordilar. 2000 va 2004-yillarda AQSHda oikazilgan prezidentlik saylovida respublikachi kichik J. Bush g‘alaba qozondi. J. Bush taiim n i insonparvarlashtirish orqali irqiy kamsitish illatlariga to ia barham berishni o‘z ichki siyosatining asosiy vazifasi deb e’lon qildi. Iqtisodni boshqa davlatlar hisobiga koiarish yo’lini tutdi.3