Kirish i-bob. Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda mashg’ulotlar jarayoninig tasnifi



Yüklə 53,43 Kb.
səhifə1/10
tarix24.09.2023
ölçüsü53,43 Kb.
#147762
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Jismoniy tarbiya vositalari texnikasiga tavsif


Jismoniy tarbiya vositalari texnikasiga tavsif
REJA:

KIRISH



I-BOB. JISMONIY TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA MASHG’ULOTLAR JARAYONINIG TASNIFI.
1.1.Mashg’ulot jarayonining tuzilishi
1.2.Rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati va mazmuni
1.3.Rejalashtirishga qo’yiladigan talablar.

II-BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA JISMONIY MADANIYAT DARSLARINI TASHKIL ETISH USULLARI

2.1. Mashg`ulotlarni rejalashtirish, jismoniy tayyorgarlik vazifalarini hal etish muammolari


2.2.Boshlang’ich sinflarda harakatli o’yinlardan foydalanish tajribasini shakllantirish.
2.3.Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi
XULOSA

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI



KIRISH
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin ma'naviy qadriyatlar, milliy urf-odatlar va an'analar tiklandi. Ayniqsa, jismoniy tarbiya va sport ommaviyligini ko'tarish, jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, xalq milliy o'yinlarini qayta tiklash, sog`lom turmush tarzini shakllantirish va ularning sport mahoratini oshirish bo'yicha ilmiy- nazariy anjumanlar o'tkazildi.
Chunonchi:
1991 yil Jizzax viloyati Forish tumanida xalq o'yinlari, milliy sport turlarining birinchi festivali o'tkazildi. Ana shu munosabat bilan har yili milliy sport o'yinlarini o'tkazish an'anaga aylandi. “O'zbekiston Respublikasida sportchi o'rinbosarlar tayyorlashning oqilona yo'llari” (Toshkent, 1992 yil), “Jismoniy tarbiya va sportda qo'llaniladigan o'zbek tilidagi atamalar” (Termiz, 1993 yil).
O'zbekiston sporti tarixida Milliy Olimpiya qo'mitasining tashkil topishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1992 yil 21yanvarda O'zbekiston Respublikasining “Milliy Olimpiya qo'mitasi” tuzilib, Obid Nazarov “Milliy Olimpiya qo'mitasi”ning prezidenti qilib saylandi. “Milliy Olimpiya qo'mitasi” 1992 yil 3-martda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tarkibiga rasman a'zo bo'lib kirdi. U O'zbekistonda olimpiya g`oyalarini targ`ib qilish, olimpiya o'yinlarida Respublika vakillari ishtirokini ta'minlash, jahon sportchilari bilan do'stona aloqalar o'rnatish va ularni rivojlantirishdek sharafli vazifalarni amalga oshirmoqda. Milliy Olimpiya qo'mitasining 127 a'zosi va 11 faxriy a'zosi bor.
O'zbekiston “Milliy Olimpiya” qo'mitasining tuzilishi
O'zbekiston sportchilari uchun Olimpiya o'yinlari, Osiyo va Jahon birinchiliklari musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatini yaratdi.
1993-yildan boshlab, milliy kurash bo'yicha Amir Temur, AtTermiziy, Bahouddin Naqshband, Pahlavon Mahmud, Mirzo Bobur xotirasiga bag`ishlab Xalqaro turnirlar o'tkaziladigan bo'ldi.
1994-yili Millixammerdagi qishki olimpiadada fristayl - chang`ida akrobotik sakrash bo'yicha vatandoshimiz Lina
Cheryazova “Oltin medal” sohibasi bo'ldi. Muz ustidagi sport raqsida esa Alika Sergiadi va Ya.Razgulaevlar ishtirok etishdi. 1994 yili Xirosimada XXI Osiyo o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi sportchilari 10 ta oltin, 11 ta kumush va 19 ta bronza medalni qo'lga kiritdilar.
1995 yil Toshkentdagi “Yunusobod” tennis kortida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun ikkinchi Xalqaro turnir bo'lib o'tdi. Unga 14 mamlakatdan vakillar tashrif buyurishdi. Fan va texnika olamida turli-tuman ajoyib kashfiyotlar yuz bermoqda. Ijtimoiy hayot sohalarida sodir bo'layotgan voqea- hodisalarni to'g`ri talqin qilishda, murakkab pedagogik jarayonlarning yechimini topishda ko'pinsha ilmiy atamalarni to'gri anglab yetish muhim ahamiyat kasb etadi. “Eng muhimi inson va fuqaroning fikrlash va dunyoqarashi o'zgarmoqda, siyosiy va ijtimoiy ongi, uning umumiy saviyasi to'xtovsiz o'sib 1 deb ta'kidlaydi prezidentimiz I.A.Karimov. bormoqda”
Mana shunday jarayonlarni, yangiliklarni tahlil qilishda, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma'naviy, madaniy, diniy merosimizni avaylab, bilim va ko'nikmalarini yosh avlodga taqdim etishda yangicha mantiqiy fikrlash malakasini shakllantirishda pedagogikaning ahamiyati salmoqlidir. Ijtimoiy voqea-hodisalarni, hayotda sodir bo'layotgan yangiliklarni tushunib olish va uni himoya qilish uchun esa zamonaviy fan bilan tanishish zarur.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, madaniy-ma'naviy va ilmiy hayotimizda ko'plab yangiliklar, umumbashariy jarayonlar bilan bog’liq ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ldi.
Ma'lumki, har bir mustaqil fan o'zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Shu jumladan jismoniy tarbiya fani ham.
“Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari bo'lib, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo'yicha ta'lim
2 muassasalarining faoliyatini uyg`unlashtiradi”.
O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasi (1997 yil
29 avgust)da ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni
  1. Barkamol avlod orzusi., T.Risqiyev tahriri ostida,-T., “Sharq”, 1999y 43-b


  2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi., Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., “Sharq”,1998y 42b


yangi zamon talabi darajasiga ko'tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari “Ta'lim to'qrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Shu munosabat bilan yurtboshimiz


“Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida nutq so'zlab, ta'lim tarbiya tizimida islohotlar o'tkazish zururati va omillarini asoslab berdilar.1
Mustaqillikka erishishimiz munosabati bilan mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ma'lumoti Respublika hukumati va tarmoqning ravnaqi hamda takomili bilan mashg`ul bo'ladigan ixtisoslashgan tashkilotlar zimmasiga tushdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan “Sog`lom avlod uchun” kompleks dasturi ishlab chiqildi va hayotga yo'llanma oldi. Ushbu dasturni rivojlantirishni amalga oshirish maqsadida bir qator hukumat hujjatlari, jumladan 1992 yil jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish qarori Vazirlar Mahkamasining
“Yosh avlodni sog`lomlashtirishni kompleks hal tish haqida” (1994 yil), O'zbekistonda futbolni rivojlantirish muammolariga bag`ishlangan qarorlari (1993, 1995, 1997 yillar) qabul qilinishi mustaqil mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga fuqarolarni sog`lomlashtirish, chiniqtirish, ayniqsa yosh avlodning barkamol bo'lib voyaga etishiga qanchalar katta e'tibor berilayotganini ko'rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27– maydagi “O’zbekiston jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi qarori uzoq muddatli dasturi moxiyatiga egadir. Unda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini ishlab chiqish, “Talaba” sport uyushmasini tashkil etish, ko’p bosqichli sport musobaqalarini o’tkazib berish kabi o’ta muhim va ma’suliyatli vazifalar qo’yilganligi muxim ahamiyat kasb etadi. O’tgan davr talabalar sportida keskin burilish va o’zgarishlar yasashi bilan bir qatorda oliy ta’lim tuzimida jismoniy tarbiya va sport ishlarini tubdan yaxshilishga erishildi. Buning asosi va bosh manbai “Unversiadalar” hisoblanadi.
Respublika hukumatining kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumta’lim davlat ta’lim standartidagi qarorlarini amalda bajarishda jismoniy tarbiya, sportning nazariy va amaliy moxiyatlari o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi turli tadqiqot natijalari va amaldagi tajribalarda isbotlangan.
“Ta’lim to’g’risida”gi (1997 yil) “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi (2000 yil) qonunlari hamda mamlakatimizning Jismoniy tarbiya va sportga aloqador turli qarorlarning (2000,2001,2002,2005 yillarida) amalga oshirishda yangi kuch va faoliyatlarni ishga solmoq zarur.
Tajribali va iqtidorli yosh tadqiqotchilar tomonidan sport mashg’ulotlarini tashkil qilishning xalqaro andozalari, yetakchi murabbiylarning ish tajribalari ham davr talablari asosidagi faoliyatlari izchillik bilan o’rganilmoqda. Olimpiya zaxiralari kollejlari, yangidan tashkil etilayotgan litseylar, sport maktablari, sport klublarining faoliyatlari jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlarning diqqat markazida turibdi.
Maktab o’quvchilarining “Umid niholari”, kasb–hunar kollejlari va akademik litsey o’quvchi–talabalarining “Barkamol avlod” sport musobaqalari hamda oliy o’quv yurtlari talabalarining “Unversiada” sport musobaqalari o’quchi yoshlar vat alabalarning ma’naviy – ma’rifiy boyligi hamda jismoniy kamolotini yanada yuksaltirishga qaratilgan jismoniy tarbiya harakatida yangi burilish yasalmoqda.
Yurtimizda sog’lom turmush tarzini chuqur taxlil qilish, undagi ijobiy tomonlarini targ’ibot qilish, bunda jismoniy tarbiya va sport, sayoxat va xalq milliy o’yinlarining salomatlikni saqlaydigan moxiyatlarini ommaviy axborot vositalari, teliradioda qiziqarli mazmunli qilib yoritilib borilishi ko’pchilikga manzurdir. Shu bilan birgalikda ularni ilmiy – pedagogik jixatdan o’rganish, taxlil qilish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanmoqda. Sportchilarimizning xalqaro sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari ayniqsa maxaliy millat xotin – qizlarining sportda jahonga tanilishida, bu bilan esa yurtimiz shon – shuhratini oshirishdagi say harakatlar yurtimiz yo’l boshchisi va hukumatning bevosita g’amxurligining ulug’vor natijasidir.

Yüklə 53,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin