Kirish I. Bob maktabgacha yoshdagilarning jismoniy (harakal) sifallarini tarbiyalash


Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining shakllari



Yüklə 52,5 Kb.
səhifə6/7
tarix26.01.2023
ölçüsü52,5 Kb.
#81039
1   2   3   4   5   6   7
Norboyev Anvar

1.4.Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining shakllari
Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va jamoat muassasalarida olib boriladi. Davlat muassasalarida — yaslilar, bolalar bog‘chalari; jamoat muassasalarida — mahkamalar, korxonalar, shaxsiy pulli yasli va bog‘chalar tarzida maktabgach yoshdagi bolalar muassasalari sifatida uyushtirilmoqda. Jismoniy tarbiya asosan davlat mu assasalarida amalga oshiriladi.
Davlat muassasalarida jismoniy tarbiya. Bolalar bog‘chasi va yaslidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyasi olib boradi. tarbiyachi mashg‘ulotlarni musikachi, shifokor bilan rejalashtiradi. Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, uni meʼyorini aniklashga yordam beradi.
Yasli va bog‘chalarda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun o‘quv tipidagi mashg‘ulotlar ertalabki gimnastika, fizkultura daqiqalari, chiniqtiruvchi muolajalar, harakatli o‘yinlar ekskursiyalar, sayohatlar, bayramlar, yakkama-yakka va mustaqil mashg‘ulotlar tarzida uyushtiriladi. Bulardan tashqari musiqa darslarida xam jismoniy tarbiyani vazifalarini hal qiladigai jismoniy mashqlar, o‘ynlar va raqslardan vosita tarzida foydalaniladi.
O‘quv tipidagi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari bolalarni harakatga o‘rgatishda asosiy ro o‘ynaydi. Bu mashg‘ulotlar yasli va bog‘chalarining hamma guruhlarida o‘tkaziladi. 1 yoshgacha bolalarda har bir bola bilan ayrim jismoniy mashqlar uqalash bilan qo‘shib olib boriladi.
1-3 yoshgacha bo‘lgan bolalardan yoshi katta bo‘lgan guruhlarda (6-12) haftada 3 marotabadan, 3-7 yoshgacha bo‘lganlarda haftada 1 marta va hamma guruhlar bilan birga o‘tkaziladi. Yoshi katta bo‘lgan sari mashg‘ulotlarning davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashg‘ulotlar 4 qismdan - tashkiliy, tayyorlov, asosiy, yakunloq, qismlariga bo‘lib olib boriladi va ularning har birida o‘zlarining anik vazifalari hal qilinadi. Jismoniy mashqlar osonlashtirilib, «o‘rmonga sayohat”, harakatli va syujetli («O‘rmonga саёҳат» va boshka) shakllarda olib boriladi. tarbiyachi oldin jismoniy mashkdarni tanlab, so‘ngra syujet tanlaydi. Yurish, yugurish, to‘siqlardan oshish, suzish va ochiq havoda bo‘lishi kerak bo‘lgan vaqt hisobiga o‘tkaziladi.
Ertalabki gimnastika yasli va bog‘chalarda ertalabki ovkatlanishdan oldin, bolalar uylarida esa uyqudan turibla o‘tkaziladi. Yaslilarda 2 yoshgacha bo‘lganlarda ertalabki gimnastika individual yoki 5-10 kishiga bo‘lingan guruhlarda, yoshi kattalarda esa bolalarning barchasi bilan birgalikda umumiy o‘tkaziladi. Ertalabki gimnastika xilma-xil yurish, yugurish va turli xil mashqlar bajarish hamda sakrash bilan tugallanadi. Ayrim hollarda mashq syujetiga, ritmiga moslashtirilgan ko‘shiqlar bilan o‘tkaziladi.
Tizimli o‘tkazilgan jismoniy mashqlar asosan bolalarni kuchini, elastikligini mustahkamlaydi, nafas olish, qon aylanish va yurak tomir tizimi ishlarini, organlardagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Bundan tashqari ertalabki gimnastika uyushgan holda yaxshi kayfiyat bilan boshlansa, har kungi bajarilgan jismoniy mashqlarning taʼsir kuchi komatni tutish va jismoniy mashqlarning sog‘likka foydasi haqidagi dastlabki elementar bilimlarni shakllanishiga olib keladi.
Kichik yoshdagilarda jismoniy mashqlar kimlarga yoki nimalargadir taqlid qilish va hayotda uchraydigan syujetlarni o‘z ichiga olishi kerak. Mashqlar 3 dan 6 gacha, yoshi ulg‘aygan sari 8 tagacha bir kompleks bir haftaga mo‘ljallab tuziladi va 3-4 kundan so‘ng kiyinlashtiriladi, 7-12 daqiqa davomida o‘tkaziladi. 6-7 yoshdagilarga esa maktab dasturi materialiga yaqin bo‘lgan jismoniy mashqlar tavsiya qilinadi. Jismoniy mashqlar dozasini uni bajarilish og‘irligiga qarab belgilanadi. Yelka va bo‘yin muskullari mashqlari 6-12 marta, qorin va bel muskullari mashklari 4-8 marta takrorlanadi.
Chiniqtiruvchi muolajalar yasli va bog‘chalardagi kundalik va hayotiy chinqitirishdan tashqari bolalar bilan maxsus havo va kuyosh vannalari, suvda cho‘miltirish orqali chiniqtirishlar kiritiladi. bulardan tashqari yana ayrim protseduralar borki ular jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borilgandagina effekt beradi (Levi Gorinevskaya va A.I. Bikovaning «Bola organizmini чиниктириш» 1962y.).
Jismoniy tarbiya dakikalari rayem mashg‘ulotlarida plastilin bilan ishlash paytida hisob, nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulot uchun 2-3 ta jismoniy mashk tanlanib, ular o‘rnidan turgan, o‘tirgan holda bajariladi.
O‘yinlar ertalab soat 1000-1200 larda va tushlikdan so‘ng o‘tkaziladi. Uni maqsadi bolalarda bizga maʼlum bo‘lgan
jismoniy sifatlarini rivojlantirishdir. Harakatli o‘yinlarni tanlashda bolalarning jismoniy tayyorgarligi, maydon va undagi sharoitga eʼtibor beriladi. Tarbiyachi o‘yinni tanlab olgandan so‘ng uni qo‘llash usuliyatini puxta o‘ylab, so‘ngra o‘tkazadi. Bola uchun notanish o‘yinlarni o‘ynatish ancha kiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. katta yoshdagilarga esa mustakil vazifalar beriladi. o‘yinlar 7-15 daqikagacha davom etadi va 5-7 marotaba qaytariladi. Sayoxat haftada 1-2 marotaba, 2 yoshgacha bo‘lganlarda esa, 1-2 marotaba uyushtiriladi. Unda oldindan boradigan joy, mashg‘ulot ssenariysi tuzilib sharoiti hisobga olinishi va lozim bo‘lgan jixrzlar tayyorlanadi. Yoshiga karab sayoxat muddati 20 minutda 1,5 soatgacha davom etkazish mumkin.
Jismoniy madaniyat bayramlari bayram kunlari (yangi yil, Navro‘z, Mustakillik, Konstitutsiya kunlari)ga bag‘ishlab yoki bog‘chadan maktabga kuzatish, bitiruv kechasi va boshqalar tarzida o‘tkaziladi. Har xil o‘yinlar, rakslar, musiqa bilan bajariladigan jismoniy mashklar bayram dasturi ssenariysiga kiritilishi mumkin.
Jismoniy mashklar bilan individual shug‘ullanish mashg‘ulotlari vrach yordamida bolalar jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotlarda tana tuzilishida nuksoni borlar yoki surunkali hamda, yurak tomir sistemasida kasali borlar shug‘ullanishi uchun qulay imkoniyatlar bor. Uni davom etish muddati kasallarni jismoniy tayyorgarligi darajasiga bog‘lik. Mashg‘ulotlar davomida shifokor maslahati asosiy rolni o‘ynaydi.
Xulosa
Jismoniy mashklar bilan mustakil shug‘ullanish mashg‘ulotlari bolalarga o‘zlari yaxshi kurgan jismoniy mashklar bilan mashg‘ul bo‘lish imkoniyatini beradi. Buning uchun tarbiyachi ularga jihozlangan gimnastika shaharchasi yoki maxsus bolalar maydonchasidek, suzish havzasi, sport jihozlari va anjomlarini tayyorlab ko‘ygan.
Mashg‘ulot paytida tarbiyachi bolalarga rollarni ajratib qo‘yiщi lozim bo‘lgan samarani beradi.
Yasli va bolalar bog‘chasida umumiy ish rejasi tuzilib unda jismoniy tarbiya tadbirlari belgilanadi. Bu bo‘limda jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi yoritiladi va uni bajarilishi uchun anik vazifalar belgilanadi. Vazifalar har xil bo‘lishi mumkin: suzishni o‘rgatish, velosiped, samokat, roliklik konkida yurishni o‘rgatish va boshkalar. Buning uchun oldindan tarbiyachilar oldindan maslahatlashib, basseyn
to‘ldiriladi yoki yaxmalaka otish joyi qilinadi. Tarbiyachi dasturni kvartal, oylar va haftalarga bo‘lib reja tuzadi va o‘sha reja asosida jismoniy tarbiya jarayonini borishini boshqaradi. Rejelashtirishda bolalarning jismoniy tayyorgarligi ehtiborga olinishi shart. Yasli va bog‘chada yiliga 3-4 marta jismoniy tayyorgarligini o‘yishini tizimli hisob-kitob ishlari olib boriladi va jismoniy sifatlarini rivojlanishini nazorati yo‘lga ko‘yiladi. Ana o‘shanga asoslanib tarbiyachi maktabga yo‘llancha olgan bola haqida hisobot yozadi.
Oilada jismoniy tarbiya haqida... (shakllari, vositalari, metodlari, B.A. Ashamarin tahriri ostida o‘quv qo‘llanmasida).

Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin