Kirish I. Bob. Mamlakatimizning yoqilg'i boyliklari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə2/14
tarix16.03.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#88175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O\'zbekistonning yoqilg\'i xomashyo salohiati va uning hududiy tarkibi

Mavzuni maqsadi: Oʻzbekistonda 1913 y.da 13 ming t neft olingan. Oʻzbekistonda gaz sanoatittt tarkib topishi va rivojlanishi tarixi asosan 1953 yilda Qizilqum choʻlida Setalontepa hududida birinchi gaz koni ochilishi bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gazneftli hududlarida katta hajmda ishlar olib borildi. 1956 yilning 17 oktabrda Gazli maydonidagi 600 metrlik quduqsan kuchli gaz favvorasi otilib chikdi. Bu bilan Oʻzbekiston neftgaz sanoatida yangi davr boshlandi. Oʻzbekistonda kumirni sanoat usulida qazib olish 1930y.lar oxirida boshlangan. Kumir Toshkent viloyati Ohangaron vodiysida Angren qoʻngʻir kumir, Surxondaryo viloyatida Shargʻun, Boysuntogʻ toshkoʻmir konlaridan qazib olinadi. 21-asr boshida Oʻzbekiston birlamchi yonilgʻi—energetika manbalari bilan uzini oʻzi taʼminlaydigan davlatlar sirasiga kiradi. 2000 y.da 7533,6 ming t neft (gaz kondensati bilan birga), 56401,1 mln.m3 tabiiy gaz, 2500 ming t koʻmir qazib olindi. Neftni qayta ishlash zdlarida 1,7 mln. t benzin, 1,9 mln. t dizel yoqilgʻisi, 0,4 mln. t kerosin, 1,7 mln. mazut ishlab chiqarildi.
Mavzuni vazifasi:Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neftgaz sanoatining kelgusi taraqqiyoti uchun oʻta muhim boʻlgan noyob inshootlar bunyod etildi. Koʻqsumaloq neftgaz kondensat koni jadal surʼatlar bilan oʻzlashtirildi. Bu yerda 1997 y. 14 iyulda 500 atmosfera bosimda gazni haydash kompressor st-yasi ishga tushiriddi. Koʻkdumaloq konining neft va gaz kondensatini qayta ishlash uchun Buxoro viloyatida yiliga 2,5 mln. t mahsulot ishlab chiqaradigan zamonaviy Buxoro neftni qayta ishlash zavodi kurildi, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi toʻliq taʼmirlandi (2000). Umuman Oʻzbekistonda qazib olinayotgan gazning asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodi va Shoʻrtan gaz kondensati majmuasining oltingugurtdan tozalash inshootlarida qayta ishlanmoqda. Oʻzbekistonda tabiiy gaz 12 ming km dan ziyod magistral gaz quvurlari orqali tashilmoqda va taqsimlanmoqda. Respublikaning gaz uzatish tarmogʻi MDH mamlakatlari yagona gaz tizimiga ulangan. Oʻzbekistonda aholini tabiiy gaz bilan taʼminlashning ishlab chiqilgan dasturi izchil amalga oshirilmokda. Oʻzbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gazning 85% idan xalq xoʻjaligi tarmoklari va aholi ehtiyoji uchun foydalanilmoqda. Uning 15% qoʻshni mamlakatlarga eksport qilindi. Gazning 25% elektr st-yalariga, 10% tarmoqning oʻz texnologiya ehtiyojlariga, 19% sanoatga va 30% dan ziyodi kommunalmaishiy ehtiyojlarga yoʻnaltirilgan. Yo. s. chet mamlakatlardan AQSH, Rossiya, Kanada, GFR va b.da rivojlangan. Yoqilgʻi qazib olishda AKSH jahonda birinchi oʻrinda turadi. Lekin shunga karamay ayrim rivojlangan mamlakatlarda ham energiya xom ashyosi yetishmasligi bilan bogʻliq boʻlgan energetika tangliklari uchrab turadi. 



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin